Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
iqtisodiy statistika

 
3. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari 
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim 
iqtisodiy ko‘rsatkichdir. Korxonalarda mehnat unumdorligi ma’lum vaqt ichida 
ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulot 
hajmini shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtga bo‘lib topiladi. 
Bu ko‘rsatkichning teskarisi bo‘lib ma’lum miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan vaqt (mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt) 
sifatida ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari har bir xodimga to‘g‘ri keladigan 
(yoki ishchiga) ishlab chiqarilgan mahsulot ham xodimning (ishchining) o‘rtacha 
mehnat unumdorligini bildiradi. 
Bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmatlar)natural (kg, 
metr, kabi), shartli natura va qiymat o‘lchovdagi ko‘rsatkichlari qo‘llanishi 
mumkin. 
Natura 
ko‘rsatkichlarida 
mehnat 
unumdorligini 
aniqlash 
va 


118 
o‘zgarishlarini o‘rganish yaxshi, ayniqsa narxning ta’siri bunda bo‘lmaydi, lekin 
chegaralangan chunki mehnat unumdorligini natura ko‘rsatkichda faqat bir xil 
(tur)dagi mahsulot ishlab chiqarishda aniqlash mumkin. 
Mehnat unumdorligini (V) natura o‘lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdorini (G) ja’mi sarflangan vaqtiga (T) bo‘lib topamiz. 
V = 
Т
G



Mehnat unumdorligi qiymat o‘lchovida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini 
(
Σ
qp) sarflangan vaqtga bo‘lib topiladi. 
V =
Т
qp


; ularning indeksi 
Ularning davrlar bo‘yicha o‘zgarishi ya’ni dinamik indeksi. 
Jv = 
Vo
V1

1
1
1
Т
p
q


:
Т
o
p
q


o
o

Mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt kishi-minut, kishi-soat, kishi-
kunlarda ifodalanishi mumkin. 
Mehnat unumdorligi o‘rganilganda yuqoridagi ko‘rsatkichlarga asosan: 
natural usulda: a) sarflangan vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, 
misol 1 soatda terilgan paxta, tayyorlangan non mahsuloti; b) bir xodimga to‘g‘ri 
keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot, misol bir terimchiga to‘g‘ri keladigan 
terilgan paxta, bir xodimga to‘g‘ri keladigan non mahsuloti (kg, tonna); v) bir 
ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. Shartli natural va 
qiymat o‘lchovlarida ham bu ko‘rsatkichlar aniqlanadi va o‘rganiladi. Statistikada 
bu ko‘rsatkichlar holati o‘rganilib qolmasdan, korxonalarda mehnat unumdorligi 
qanday o‘zgarayotganligi aniqlash uchun, ularning dinamikasi ya’ni ma’lum vaqt-
davr mobaynida (oy, chorak, yil) o‘zgarishi ham aniqlanadi va o‘rganiladi. Mehnat 
unumdorligi dinamikasi iqtisodiy indekslar yordamida o‘rganiladi. Bunda 
o‘zgaruvchan va doimiy tarkibli indekslar, hamda tarkibiy o‘zgarishlar (siljishlar) 
indekslaridan foydalaniladi. Natijada mehnat unumdorligiga ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot hajmi va uning tarkibi o‘zgarishning, hamda narx o‘zgarishining ta’siri 
aniqlanadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə