Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
2.
 
Kichik biznes korxonalari boshqaruv tuzilmalarining tashkiliy 
turlari. 
 
Vakolatlar, huquqlar, vazifalar va javobgarlik nuqtai nazaridan kichik biznes 
korxonalari boshqaruv tuzilmalarning quyidagi tashkiliy turlari mavjud: 
1.
Chiziqli; 


42 
2.
Chiziqli-funksional; 
3.
Loyihalanadigan va matritsali; 
4.
Venchur va firma ichki innovatsiyali. 
Boshqaruvni chiziqli tashkil etish bevosita lavozim vazifalarini shu tariqa 
taqisimlash asosida kuriladiki, bunda har bir xodim firma oldida turgan vazifalarni 
bajarishga eng ko‘p darajada yo‘naltirilgan bo‘ladi. Chiziqli tuzilma qo‘l 
ostidagilarga bevosita ta’sir ko‘rsatishni amalga oshirishni va tadbirkor rahbarda 
barcha boshqaruv vazifalarini jamlashni nazarda to‘tadi. Barcha vakolatlar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (chiziqli) belgilanadi. 
Ular yuqori boshqaruv bug‘inidan qo‘yi boshqaruv bug‘inlariga qarab 
o‘zgaradi. 
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi afzalliklari: 

Tadbirkor rahbarning yakka boshchili, bunda xodimlarning ish 
natijalari uchun shaxsan javobgarligi qoidasiga qat’iy rioya etiladi; 

Xodimlar o‘z rahbarlaridan bir-biriga zid va o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan 
ko‘rsatmalar olmaydilar. Tadbirkor o‘z harakatlari bilan butun mas’uliyatni bir o‘zi 
zimmaga oladi; 

Qarorlar qabul qilishning operativligi; 

Axborot tushunish va undan foydalanishning soddaligi; 

Zarur 
intizomning, 
mavjudligi 
boshqarishning 
puxtaligi 
va 
tejamkorligi va ularni saqlash turishning mumkinligi. 
Chiziqli tuzilmaning kamchiliklari: 

Moslashuvchan emasligi, kattikligi, korxonaning bundan keyingi 
o‘sishga mos kelmasligi; 

Boshqaruv usulining byurokratik, tanxo hukmronlikka asoslangan 
bo‘lishi mumkinligi; 

Tadbirkor o‘z ishida, albatta, yuqori malakali (professional) bo‘lishi 
va barcha masalalarni tushunishi, bilishi kerak, bu esa odamlarning ko‘pligi va ular 
harakteri turli xil ekanligi bilan g‘oyat katta qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Amalda chiziqli tuzilma yakka tartibda egalik qilishda va xodimlar soni kam 
bo‘lgan kichik korxonalarda qo‘llaniladi. 
Boshqaruv tuzilmasini chiqizli-funksional tashkil etish o‘z ichida ham 
chiziqli, ham funksional boshqaruv elementlarnini mujassamlashtiradi, ya’ni 
chiziqli boshqaruv maxsus yordamchi xizmatlar bilan mustaxkamlanadi.
Mazkur tuzilmaning kamchiliklari: 

Chiziqli va funksional xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar; 

Tadbirkorga funksional xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish 
qiyinrok bo‘ladi. 
Loyihaviy va matritsali boshqaruv tuzilmalari. Loyihaviy tuzilma maxsus 
loyihani ishlab chiqish va unga rahbarldik qilishda qo‘llanadi. 
Loyihaviy tuzilma – bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan 
vaqtinchalik tashkilotdir. U funksional bo‘linma ichida tashkil etiladi. Muayyan 
loyihani amalga oshirish uchun tuplangan turli sohalarning yuqori malakali 
mutaxassislari uning a’zolari hisoblanadi. 


43 
Matritsali tuzilma loyihaviy tuzilmalarning rivoji (takomili) hisoblanadi. U 
taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo‘yicha va mahsulot bo‘yicha taqsimlashning 
uygunlashuvidir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə