Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
92
aql uning kengligini idrok qilishga ojizlik qilardi. Butun osmon hatto u yerdagi oddiy bir 
xasdan ham kichikroqdir. U yerda ehtiyojsizlik bulutidan jala yog'ar; momaqaldiroq 
dahshatli gumburlab, tez-tez chaqmoq chaqilib turardi. Go'yo olamga balo to'foni 
yog'ilib, osmonni ofat chaqmog'i kul qihb yuborgandek edi. Bu yerda yetti ko'k bir 
hovuch tuproqcha, jannatda o'sadigan sidra va to'bi kabi daraxtlar esa xas kabi qadrsiz 
edi. 
Qushlarning barchasi o'z holiga hayron qolishib, ojizlikdan zoru parishon bo'ldilar. 
Ular bu yerda yuzta yorqin quyosh ham zarraning yuzdan biricha qadrsiz turishini 
ko'rdilar. Bundan ularning qanot-quuriqlariga ot tutashib, o'z hollariga cheksiz nadomat 
bilan "vo hasrato" auta boshladilar. 
- Biz o'ttizta xomxayol qush ko'ngliniizga bo'lishi mumkin bo’lmagan ish savdosi 
tushib, jonimizga har doim o'lim vahimasidan qo'rquv yopishib, bu yolni bosib o'tish 
uchun ulkan mashaqqatlarni boshdan kechirdik. Umrimizni o'tkazib, oh, shu maqsadga 
erishdikmi'' Bu darsoh shunday azim va qo'rqinchli ekanki, bu yerda bizpa na son bor 
ekan, na salmoq! 
Ular shu so'zlarni aytib, boshlaridan dud chiqaza boshlashdi. Bu hol sarsonlikda ovora 
bo'lgan qushlarning ko'nglini buzib, har damda yangi bir umidsizhkka yuz burdirar edi. 
Xullas, ovora va sargashta qushlar o'z g'amlariga chora topa olmay, uchish uclu'n 
qnvvatlari, og'ir dard tufayli qo'nish uchun toqatlari qcimagan bir paytda nogoh parda 
orqasidan izzat elchisi go'yo davlat qushi kabi ularning oldiga yetib keldi. U bu yuz balo 
ipi bilan bog’langan va hayratda qolgan xasta qushlar to'dasini ko'rib, ularning holini 
so'rashga mayl ko'rsatdi va shunday dedi: 
- Hoy, bu to'da qanday jamoatdir?! Bu ming baloga mubtalo bo'lib, balodan bo'lak 
bahra tonmaganlar kim ekan? Bu parishonhol va sargardon, qadru qiymatda tuproq 
bilan teng bo'lganlar kim bo'ldi? Bu xil tahqirlarga mahkum bo'lib, bu haqoratdan ko'ziga 
hech narsa kn'rinmaganlar kim?! 
Qushlar unga shunday dedilar: 
- Biz xor va zor bo'lgan, behuda ish qiluvchi ojiz va bee'tibor bir guruhrniz. Shell istab 
chiqdik va bu yo’lda jonimizni turli azoblarga giriftor qildik. Shunchalik ko'p mashaqqat 
tortib, uning datgohiga yetishni orzu etgandik. Biz shohi bo'lmagan bir qo'shin edik. 
Agar qo'shinda shoh bo’lmasa, u qanday qo'shin bo'ladi? Umr bo'yi yo’lda mashaqqat 
tortib, yuz tuman turli xorliklar ko'rib, ana shu tarzda necha yuz ming bu yo'lga mansub 
bo'lgan to'da (ular shunchalik ko'p ediki, bundan inson aqli ojiz qolardi) shu yo’lga kirib, 
halok bo'lishdi. Bu dargohga faqat biz o'ttizta qushgina yetib keldik. lstagimiz Simurg' 
bizga shoh bo'lib, barcha yaxshi-yomonimizdan xabardor boisin edi. Agar bizning bu 
taklifimiz shohga ma'qul tushsa, bizdek bir necha zoru asir uning qulligini bajonidil qabul 
etar edik! 
Elchi qushlarning bu so'zlarini eshitib, ularga shunday dedi: 
- Ey gumroh to'da! Sizlar aqlsizlikka oshno bo'lib qolibsiz! Sizlar oshuftahollikka 
tushib, dimog'ingizga puch xayollarni keltirmoqdasiz. Shu ahvolda qaysi tilingiz bilan 
shohning nomini zikr qilmoqdasiz? Nechuk bu fikr ko'nglingizga yo'l topa qoldi? 
Sizlar hech narsaga arzimaydigan, balki undan ham past turadigan bir guruhsiz. Shoh 
esa sizlarning bu poyma-poy andishangizdan yuksakda turadi. O'zingiz hech narsaga 
arzimaysiz-u, yana qizishib, bekordan-bekorga hovliqasiz! Go'yo o'zingizni mayjudman 
deb tasavvur qilasiz! Sizda aslida na son bor, na hisob bor va na vujud! Borman deb 
tuhmat qilasiz, ammo yo'qsiz! Ko'nglingiz xomxayol bilan to'la, muddaoin-gizning 
barchasi amrimaholdir! 
Bu yer shunday muazzam joydirki, hatto bunda yuz ming quyosh ham kichik bir zarra 
kabi nur socha olmaydi. Bu yerda yuz ming quturgan fil bir o'lik pashshadek gap! 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə