Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
93
Shunday bir joyda siz na borsiz, na yo'qsiz, balki borligingiz yo'qligingizdan ham kamdir! 
Bunday behuda so'zlarni aytmasdan, tezda orqangizga qaytinglar. Agar yana biror 
gapingiz bo'lsa, qaytayotgan paytda aytib ketinglar! 
Bu so'zlarni eshitgach, qushlarning hushi boshlaridan uchib, ularga ojizlik yuzlandi, 
hatto tillari gapga aylanmay qoldi. Hammalari bir-birlarining pinjiga kirib, umidsizlik 
o'tida yona boshladilar. Ular o'zlariga o'zlari shunday der edilar: 
- E voh! Zoye ketgan mehnatlarimizga ming afsus! Tortgan shuncha shiddatlarimizga 
ming afsus! 
Agar shoh shunday oliy dargohga ega bo'lsa, biz kabi bir necha xaroblar uning oldida 
qanday ko'rinish beradi? U bizdek faqirlarni nazariga ilarmidi? Hayf shuncha umid bilan 
harakat qilganlarimiz! Hayf abadiy davlatga erishamiz deb qilgan orzularimiz! 
Qushlarning barchasi chuqur qayg'uga, cheksiz hasrat va armonga giriftor bo'ldilar. 
Ular: 
- Biz kabi g'amli, orzu va umidlaridan yiroq tushgan bir guruh bor ekanmi?! - deya 
xitob qilishdi. 
 
CLXVII 
Qushlarning fanoga erishishdan umidsizlikka tushib turganlarida, Hidhudning to'g'ri 
yo'l ko'rsatganligi tufayti ularda quvvat hosil bo'lgani 
Shunda Hudhud ularga dedi: 
- Ey bechora, xonumonu mulkidan ovora bo'lgan to'da! 
Shoh marhamatidan noumid bo'lmang, chunki uning sifatlaridan bittasi karam 
ko'rsatishdir. Agar uning visoliga erishish qiyin bo'lsa, ishqida o'lmoq ham yaxshi ishdir. 
Biz bu iqbolni qo'lga kiritib, bugun uning dargohiga yetib keldik. Shu saodatning o'zi 
ham biz uchun oliy martabadir. Endi uning ishqida barchamiz halok bo'lsak ham mayli. 
Bu so'zlarni eshitgan qushlarning barchasi yuraksizlik izhor qilib, Hudhudga shunday 
deyishdi: 
- Ey hikmatshior! Biz o'z oldimizga duch kelgan barcha balolarga sabr-toqat ko'rsatib, 
sening hamma buyrug'ingni qabul etdik! Sen qayerda qanot urgan bo'lsang, biz sendan 
ayrilmadik. Nimaiki amr etgan bo'lsang, qarshilik ko'rsatmadik. Ammo vasl chog'i bizga 
ayriliq g'ami yuzlandi. Bu sen aytgan so'zlarga to'g'ri kelmaydi-ku! 
Hudhud ularga shunday dedi: 
- Siz tushkunlikka tushmang va bundan aslo ozor chekib, ranju uqubat tortmang! Biz 
bu yo'lga qadam qo'yib, yuz xil balo-qazoni chekishga jazm etgan mahalimizda bizning 
bundan maqsadimiz shohga erishmoq va uning dargohiga yetishmoq edi. Endiki biz bu 
maqsadga yetib, uning dargohiga yo'l topgan ekanmiz, o'zingizni asl maqsaddan yiroqda 
deb gumon qilmang. 
Agar oshiq o'z ishqida haqiqiy kainolotga erishgan bo'lsa, uning uchun hijron ham, 
visol ham teng hisoblanadi. Chunki yorning xohishi oshiq uchun orzu etilgan narsa bo'lib, 
u nimani istasa, o'sha ma'qul sanaladi. Yor vaslini qo'lga kiritmagan bo'lsangiz siz uchun 
uning yodi bilan yashash yetarli emasmi?! Har bir kishi yor yodi bilan jon bersa, uning 
bu o'limi mangu hayot bilan tengdir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə