Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111
 
CLXXVI 
Tamsil 
Bir tolib murid Ka'bani ziyorat qilish uchun yo'lga chiqdi. Bistom shahrida uni Boyazid 
uchratdi. U shayx bilan uchrashuvga musharraf bo'ldi. U yerdan o'tib, yana Ka'ba tomon 
yo'l oldi. 
Bu xom kishiga haj qilish muyassar bo'lgach, u orqasiga qaytdi va yana Bistom 
shahriga yetib keldi. G'ofil solik salom bajo keltirib, pir xizmatiga sarfaroz bo'ldi. 
Shayx uni ko'rgach, shunday dedi: 
— Ey yo'lovchi! Vasl istab qancha vodiy va dargohlarni bosib o'tding. Allohning uyi 
haqida bizga biron nishona ayub ber! 
Ogoh murshid shu so'zlarni aytgach, u: 
— Ko'rgan uy nihoyatda oliy bo'lsa-da, ammo uy egasidan holi edi! — deb javob 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
100
qaytardi. 
Shunda xabardor shayx hojiga dedi: 
— Ey talabdan aslo xabar topmagan kishi! Axir uy egasi yo'lda sening hamrohing, har 
qadam qo'ygan yo'lingda ogohing edi-ku! Seni o'z uyiga yetkazgan ham — o'sha! Olib 
borgan va qaytarib kelgan ham uning o'zi! Senda buni fahmlash uchun farosat 
yetishmas edi. Shuning uchun garchi tolib bo'lsang ham, sening bu harakating 
nuqsonlidir. 
Yo Rab! Meni bu talabda komil etgil! Matlubimdan sira g'ofil qilmagil! Intilishimda 
Mmki hamrohlik qilsa, u hamrohdan menga ogohlik bergil! 
 
CLXXVII 
Ishq yo 'li haqida munojot 
Ey ko'ngilni ishqidan ravshan qilib, hajr tikanzorini gulshan etgan! Ishqing o'tidan oy 
va quyoshga yorug'lik yetishadi, shuning uchun ham ulardan tunu kun nur yog'ilib 
turadi. Ishqing chaqmog'i jonlarga o't soladi, shu'lasidan obodu vayronlarga o't tushadi. 
Ishqing jonni o'rtaguvchi bir otashin yulduz bo'lsa, uning siri pok bir gavhardir. Jonimga 
o'sha yulduzdan nur yetkaz! Ko'nglimni ishqing bodasi bilan mast qil: bundan men xuddi 
mayparast kabi mast bo'lay! Bu may bilan meni behush ayla! Aqlim o'rtadan 
ko'tarilgach, meni faslingga vosil et! 
CLXXVIH 
Hikoyat 
Omir qabilasidagi Qaysni ishq mag'lub etgach, uning aqli hushi ishq aro jinnilikka yuz 
tutdi. U Layli ishqida shunchalik mag'lub ediki, go'yo istovchi uyu, bu esa istalgandek 
edi. U bu ishqqa shunchalik qorishib ketgan ediki, bunda u xuddi mutlaq Laylining 
o'zginasi edi, ya'ni ishqda Layli bilan bir butunlikka erishgan edi. 
Kunlardan bir kun birov undan: "Oting nima?" - deb so'radi. U: "Layli",- deb javob 
qildi. 
— Buni qanday isbot qilasan?- debdi boyagi kishi. 
— Kimningki zoti Layli bo'lsa, buni isbotlab o'tirishga hojat yo'q! Garchi bu senga 
shak bo'lib tuyulsa ham, menga aniqdir!- deb javob berdi u. 
Bunday oshiqlikka yuz ming ofarin boisin! 
Meni ham ishq o'tiga yondirgil! Ishq yagonaligi ichra meni ham ma'shuq etgil! Unda 
ishqqa cho'mishni menga qismat etki, o'zligimga bo'lgan munosabatim butkul uzilsin! 
Ishq aro Foniyni nobud aylagil, so'ngra ishqing birla mavjud aylagil! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə