Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
107
Kechalari turli mashg'ulotlardan bo'shagan paytlarimda bir-ikki soat vaqtimni bu asarni 
yozishga bag'ishladim. Doim shu tarzda g'ayrat bilan ish tutib, boshlaganlarimni 
tugallashga muvaffaq bo'ldim. 
Yo Rab! Ushbu ajoyib, dilni sehrlovchi sho'xning vaslini menga nasib etding! Endi uni 
ham el ko'ziga sevimli qil, barcha ko'ngillarga yoqimli et! Garchi unda ifoda etilgan 
maqsadni bilib olish qiyin bo'lsa-da, lekin qush tilini el ko'ngliga ayon qilgil! Kimki undan 
muddao hosil qilib, marhamat yuzasidan Foniyni ham duo qilsa, uning duosini ham 
inobatga olgin va ikkalamiz o'rtamizda turgan pardani olib tashlagil! 
Agar tab'imga bir oz xato yoki nuqson yuzlangan bo'lsa va undan qalamimga sahv 
yoki xalal yetgan bo'lsa, yo Rab, o'zing muruvvat ko'rsatib, barchasining gunohidan o't, 
yomon yozuvlarim uchun o'zing yorlaqagin! Ey karam egasi! Qanday parishon so'z 
aytgan bo'lsam, barchasi uchun tavba qilib, sendan ulug' ezgulik tilayman. 
 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
108
KO'NGILLAR HAMROZI 
Galaktikamizning yer shari degan jahonida odamlar olami, hayvonlar olami, 
hasharotlar olami va boshqa olamlar bor. Shu olamlar orasida bolalarga ko'proq yaqini 
qushlar olami desak xato qilmaymiz. Shuning uchun bo'lsa kerakki, 9—10 yoshlardagi 
Alisher Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" ("Qush nutqi") nomli dostonini juda yoqtirib 
qoldi va muttasil shu doston mutolaasi takroriga ruju' qildi va butun boshli dostonni yod 
oldi. 
Hamma asarlan dostonlar, devonlar ham Alisher Navoiy uchun bir bo'ldi-yu, "Mantiq 
ut-tayr" ham bir bo'ldi. U "Xamsa" dostonlariga javob yozdi. Kamol Xo'jandiy, Hoftz 
Sheroziy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarg'azallariga 
tatabbu'lar bitdi. "Mantiq ut-tayr" esa, unga umrbod yo'ldosh bo'ldi. Uning bosh g'oyasi 
— vahdati vujud (vujud yagonaligi) va tajalliy (asl moyaning olamdagi zuhuroti) Alisher 
Navoiy ma'naviy hayotining mag'zini tashkil etdi. Buni atroflicha tadqiq etishni "Lison ut-
tayr" falsafasini tushuntirishdan boshiagan ma'qul ko'rinadi. 
"Lison ut-tayr" dostonidagi bosh qoliplovchi hikoya: jahon qushlarining yig'ilishib 
martaba va fazilatlariga ko'ra joy talashishlari voqeasidan tortib, qushlarning Hudhud 
yo'lboshchiligida Simurg'ni izlab yetti vodiydan (Talab, Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, 
Hayrat, Faqru Fano) o'tishlari va Simurg'ni topolmay, Simurg'ni izlashga chiqqan si 
murg' (o'ttiz qush)ning o'zi ekanligini bilishlarida ham; dostondagi Shayx San'on qissasi 
va o'nlab hikoyalaridan chiqadigan xulosa ham bitta: olam - borliq Allohning zuhuridan 
iborat-dir. Qushlar (odamlar) Simurg'ni izlab (ya'ni Allohga yetishish uchun) yo'lga 
chiqadilar. Alloh izlashga umr sarflaydigan darveshlar yetti riyozat bosqichidan (Talab, 
Ishq, Ma'rifat, Istig'no, Tavhid, Hayrat, Faqru Fano) o'tadilar va ruhga aylangach, Alloh 
bilan qovushadilar. Go'yo Alloh — quyoshdir, olamdagi barcha narsa va odamlar - uning 
nur zarralaridirlar. Tug'ilish — zarraning quyosh-dan uzilib, nurga aylanib ketishi; o'lim 
esa —zarraning asliga qaytib quyosh bag'riga yetishidir.
Riyozat bosqichlarining ma'nosi nima?
So'fiy (Alloh jamoli shaydosi, ya'ni Alloh fidoyisi) talab yo'liga kiradi. Allohni topishni 
istaydi. U talabda shunchalik izchil va fidoyiki, muttasil Alloh yodi bilan band bo'ladi. 
So'ng "Alloh nima?" degan masalani hal etishga urinadi va Alloh haqida bilim hosil qiladi. 
Allohning husn va ma'no jihatdan mislsiz vujud ekanligini bilgach, u o'zining oliy tilagiga 
yetib, qanoat hosil qiladi. So'fiyga husn va ma'no jihatdan Alloh o'zi kifoya qiladi. 
Allohning hamma sohada tengsiz va yakkavu yagona ekanligi unga kashf bo'ladi. Borliq, 
barcha go'zalliklar va eng yuksak aql-tamiz faqat Allohda va undangina yog'ilishi, uning 
asllarning ash, o'zaklarning o'zagi, moyalarning moyasi ekanligi; faqat u hamisha borligi, 
yakka-yagona ekanligi so'fiyni hayratga soladi. Bu hayrat shunchalik kuchliki, endi uning 
aqlida, ko'nglida va ko'zida faqat Alloh jilvalanadi va o'sha jilvadan hayratlanish ni-
hoyasiga yetmaydi. Shu hayrat manbai uchun u hamma narsadan: boylik, davlat, 
kishilar, o'zligidan voz kechadi: Alloh fidoyisi o'z izlanishlarining cho'qqisi^ yetib jisman 
Alloh uchun faqirlikni tan olib, fano bo'ladi. Ya'ni so'fiylik istilohi bilan aytsak, Alisher 
o'ziga ikkinchi taxallus qilib olgan so'z - tasavvufda eng oliy kamolot bosqichiga yetgan 
kishidir. 
Dostondagi ana shu bosh falsafiy masala Shayx San'onning sevgi qissasida qisqaroq 
bo'lsa-da, yaqqol ifodalangan. Majnun al-haq, ya'ni Alloh devonasi nomi bilan mashhur 
bo'lgan hikoyada esa, Allohning odam uchun o'zi bilmasa ham mehribonligi, uning 
g'amini yeyishi aks ettiriladi. 
Tasavvuf ta'limoticha, olam: yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, hayvonlar, qushlar, 
kapalaklar va boshqajami narsalar Allohning zuhurotidan iborat. Go'yo Alloh o'z 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə