Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   111
CLXXXVH 
Faqru fano yo 'li adosida munojot 
Ey fano ahli sening vaslingga erishgan bolib, ular vasl ishratgohiga daxldorlar! Kimki 
sendan abadiylikka erishmoqchi bo'lsa, u o'zini foniy qilsa, bunga yetishadi. Har bir kishi 
o'zligini yo'q qilmasdan turib, bu fanoning fanosini bilmaydi. Bunday kishi visoling 
maqsadiga imkon topa olmay, bu fanolardan baqo nihoyasiga erisha olmaydi. 
Yo Rab! Foniyga shunday yo'qlikni nasib etki, bundan u abadiyat xazinasidan o'ziga 
tegishli boylik topsin! Avval uning borlig'ini o'zingda yo'qot, so'ngra bu yo'qlik ichra 
borliq yarat. Bu borliqda uning ishi tamom bo'lib, sening visolingni topsin, vassalom! 
CLXXXVIII 
Tamsil 
Bir komil kishi hojatini chiqarmoqni so'rab, Allohga shunday munojot qildi: 
— AIloh, pok zotingga shunday borliq mujassam bo'lganki, unga fanoni ko'rish imkoni 
yo'qdek. Sening zotingga erishmoq yo'lida vujudimni yo'qlikka chiqarsang. Unda vujudlik 
rangi sira yo'l topmasdan, sening vaslingni mushohada etishdan o'zga hech narsa 
qolmasin! Mening bu foniy vujudimdan asar istagan uni boqiy vujudidan topa olsin. 
"Menlik" va "senlik" oramizdan ketib, oradan "men" yo'qolib, faqat "sen" qolgin. O'zaro 
"sen"-"men" deb nisbat berish yo'q bo'lgach, men sendan visol topayin! 
CLXXXIX 
Bu kitobni nazmga solishda o 'z munosabatini bildirish 
Bu hodisa hamon yodimdan ko'tarilmaydi: bolalik chog'imda maktabga qatnab yurgan 
kezlarim edi. Bolalar yerga muk tushganlaricha, har tarafdan bir saboqni egallash uchun 
un chekar edilar. Ular saboq og'irligidan qiynalar, "Kalomulloh"ni takrorlashdan ozor 
tortar edilar. Ustod xotirani mustahkamlash
zehnni o'tkirlash va savodimiz ravon boisin 
uchun she'r o'qitar edi. Ba'zan nasrdan "Guliston"ni mutolaa qilsak, goho "Bo'ston" kabi 
she'riy asarlarni o'qir edik. 
Bu paytda mening qiziquvchan ta'bim Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoniga 
ko'ngil qo'ygan edi. Men bu asarni takror-takror o'qir, yosh ko'nglim undan bahra 
topmoqda edi. Ta'b unda yozilgan so'zlarga oshno bo'lgach, boshqa asarlarni o'qishga 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə