Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
 
CXCI 
Bu kitobda taxallus o 'zgartirishning uzrini aytish 
Kichik yoshligimdanoq menga she'r yozish sohasida ajib xayollarga berilish nasib 
etgan. She'rning qaysi bir turida asar yozgan bo'lsam, ular turkiy tilda nihoyasiga yetar 
edi. 
Har bir kishi biron ish qilgan bo'lsa, u bajargan ba'zi ishlarda o'zining bir belgisi 
bo'ladi. Qo'yiladigan shu belgi yo muhr, yo yorliq, yoki tamg'a shaklida bo'lishi mumkin. 
Sahifalarni ziynatlovchilar yoki she'r yozuvchilar uchun taxallus qo'yish yozuvchining 
tamg'asi vazifasini o'taydi. Sir ahh qaysi varaqqa she'r bitgan bo'lsa, u o'sha nishon 
(taxallus) bilan imtiyoz topadi. O'qigan kishilar ularni bir-biridan ajratib, bu Sa'diyniki 
yoki Nizomiy qalamiga mansub va yo buni Xusrav Dehlaviy yozgan, bu Jomiy asaridir, 
deyishadi. 
Men esa turk tilida asar yozishga kirishib, shu tilda iste'dodim va qalamim tufayli 
she'rlar bunyod etdim. Iste'dodim buluti o'zidan durlar sochganida she'rlarimda "Navoiy" 
taxallusini qo'lladim. Jahon bo'stonida o'z maqsadimga erishdim, baxtiyor kishilar 
she'riyatimdan kuy, navo topib, bahramand bolishdi. Forsiy she'riyatda ham qalam 
surib, nazmning turli nav'larida asarlar yozdim. U ma'nolardan menga fayz yetgach, 
she'riyatim, "Foniy" taxallusi bilan belgi topdi. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
106
Mana endi "Lison ut-tayr"ni yaratib, unda har xil qushlar bilan birgalikda parvoz 
qildim. Bunda shunday navo tuzdimki, uni ham "Navoiy" taxallusi bilan tugatsam, 
maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki navo qilish qushlar tilining sayrashiga xosdir. Bu 
ularning dilkash afg'oni va hazin dostonlaridir. Yana, bu doston ham turkiy uslubda edi, 
shu sababli unda "Navoiy" taxallusi qo'llansa, o'rinli bo’lar edi. 
Bu asarda nima uchun "Foniy" taxallusi qo'llaganimni bilmoqchi bo'lganlar uchun 
sababini aytaman: mening bu asarni yozishdan ko'zlagan maqsadim asl manbaga qaytib 
borishni tasvirlashdan iborat edi. Bunda esa foniy bo'lmasdan turib, ish nihoyasiga 
yetmaydi, shu sababli ushbu asarim ham "Foniy" taxallusi bilan tugallandi. 
Ikkinchi sabab shuki, ma'nolar egasi bo'lgan Shayx qushlar tilidan doston aytib, 
qushlarni sayr ettirdi va ularga yetti vodiydan uchib o'tishni belgilab berdi. O'z asarida 
qushlarga ko'p azob-uqubat chektirtirib, ularni eng so'nggi — Fano vodiysiga qo'ndirdi. 
Men keltirgan bu ikki tanosib bir-biriga mos bo'lib, she'rimda bu taxallusni 
qo'llaganimning sababi ham shundandir. Agar bunda "Foniy" taxallusini qo'ygan bo'lsam, 
yuqoridagi tanosiblar asosida ish ko'rdim. Agar birov sabab istab, so'ragudek bo'lsa, 
sharh qilgan so'zlarim unga javob uchun yetarlidir. Bunday ishlarni niyat qilgan kishi 
uchun zamona dorilomon bo'lmog'i kerak. Zamon Dorosi adolati joriy bo'lmasa, zamon 
tinch bo'ladi, deb xayolingga ham keltirma. 
Kimki bunday ishlarni amalga oshirmoqni niyat qilsa, zamona tinchimas ekan, o'z 
maqsadiga erisha olmaydi. Sen zamon Dorosining adolati barqaror bo'lgandagina 
zamona tinch bo'lishi mumkin deb gumon qil. 
CXCII 
Islom podshosining duosi va kechirim so'rash adosi 
U shunday bir kishiki, uning borlig'idan zamonaga tinchlik yog'ilib turadi. Xalq doimo 
uning saxovat va ehsoniga shukr aytib kelgan. Bif'kishi sharq va g'arbning hukmdori 
shoh Abulg'ozjy Sulton Husayndir, uning ehsoni abadiy boisin! 
Men uning sifatlarini, xulqini va marhamatini, adolat va insofini qanday qilib maqtay 
olaman! Agar men kabi yuz ming she'r yozuvchi ming yil davomida qog'oz sahifalarini 
uning sifatlari bilan to'ldirsa, shunda ham uning vasfining mingdan biri aytilmagan, balki 
yuz mingdan biri aytilmagan, balki yuz mingdan biri yozilmagan bo'ladi. 
Uning madhiyasi va duosini shu bilan tamomlab, qolgan gaplarimni qush tili bilan 
davom etayin. U davron bog'idagi shunday bir qushki, uning hamrohi doimo saodat 
bo’lsin! U saltanatning yuksak osmonida sayr qilib yursin va baxt bog'ida o'ziga oshyon 
qursin! Bu baxt, izzat va davlat uning boshi uzra doimo hashamatli soyabon bo'lib 
tursin! Uning adolatli bo'stonida yuz tuman qush hech qachon zulm toshidan ozor 
chekmasin! Hukmi to abad davron aro barqaror boisin! Barcha insonlar va jonlar uning 
amriga bo'ysunsin! Davlatining dushmanlari unga tobe' bo'lishsin! U hammaning 
gunohidan o'tib, xalqqa himoyachi boisin! 
CXCIII 
Bu nazm tarixini aytish va tavba qilib, kechirim so'rash 
Men xilvat bir joyda qalamimni yo'nib, o'zimning bu dilkash yozuvlarimni naqsh 
qildim. Payg'ambarlar boshlig'i
Batho tarafdan Yasribga tomon yo'lga tushgandan so'ng 
to'qqiz yuz to'rt yil o'tganda ulusning ko'ngliga o't soluvchi ushbu asar maydonga keldi. 
Men bu dostonni xuddi shu yil boshlab, shu yil nihoyasiga yetkazdim. To'g'rirog'i, bir-
ikki oy bu ish bilan yaxshiroq shug'ullanib, yuqoridagi sharhni vujudga keltirdim. 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə