Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   111
 
CLXXXII 
Tamsil 
Namrud Alloh taolo Xalilini o'tda kuydirish uchun o'z palaqmonini sozladi. Tog'-tog' 
qilib taxlangan o'tinga olov yoqishib, uning alangasini ko'kka yetkardilar. Ishq ko'chasida 
Alloh dalili hisoblangan Xalilillohni bu o't tomon palaqmonga solib otishdi.
Shu payt yuqoridan hukm bo’lib, uning oldiga Jabrail yetib keldi. Xalil o'tga yetishgan 
chog'ida Jabrail unga shunday dedi: 
— Ey Xalil! Sen bu payt o'zingda nimaga ehtiyoj sezyapsan? Qanday lutf-ehson 
ko'rsatilishini xohlaysan? Sen nima desang, o'shani muhayyo qilay, nimani istasang, 
shuni amalga oshiray. 
Xalil unga shunday dedi: 
— Menga o'tni qismat etgan ehtiyojim nima ekanligini ham o'zi biladi. Hozir senga 
iltimos qiladigan hech qanday ehtiyojim yo'q! 
Barcha holatda ham o'zingga muhtoj et! Mening nasibamni kishilarga ehtiyojsiz qil! 
 
CLXXXIII 
Hayrat yo 'li adosida munojot 
Ey dargohingda aql hayron qolib, hayrat vodiysida sargardon bo'lgan! Nimaiki sendan 
o'tgan bo'lsa, u senga hayron, hayratobod ichra volayu sargardon. Sening zoting bobida 
barkamol aql ham hayratga tushadi. Zotinggina emas, balki har bir sifatlaring bobida u 
lol qoladi. Dastgohingdagi har bir eshilgan ip aqlning bo'yniga hayrat arqoni bo'lib 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
102
bog'lanadi. Ilm va aql egalari yaratuvchilik qudratingga lol, ulardan har birining har dam 
hayrati ortadi. 
Ushbu hayrat maslagida qo'limdan tutib, bu hayratlanish ichra yo'limni ko'rgazgil! 
Hayrat ichra meni sargardon qo'ymasdan, osongina o'z vasling sari tortgil! 
 
CLXXXIV 
Tamsil 
Bir kamtar va xoksor oshiq bor edi. U bir toshmehr ishqiga mubtato bo'ldi. Bu g'amda 
qanchalik o'rtanmasin, unga diydor ko'rishmoq davlati nasib etmas edi. O'z vaqtini 
hijron g'amida vasl yodidan ko'p armon chekish bilan o'tkazar edi. Uning ranj tortishi va 
zorligi haddan oshib, jismiga bemorlik yuzlandi. Chunki uning ko'ngli endi sevimli 
yoridan butunlay umidini uzgan, shu tufayli jonida qayg'u o'ti mahkam o'rnashib olgan 
edi. U o'ziga o'zi shunday der edi: 
— Yo Rab! Mening murodim shuki, navnihol hursifatli sarvim qoshimga kelsayu men 
uning yuzini bir ko'rsam, unga ko'nglimdagi g'amimdan bir-ikki og'iz so'z aytsam! 
Xalqning oshiq holiga rahmi kelar, kishilar uning mehrsiz dilbarini zulm qilmaslikka 
chorlab, ko'p nasihat qilishar edi. 
Nihoyat ma'shuqani g'amgin oshiq yoniga keltirdilar, bu bilan go'yo uning huzuriga 
umrini boshlab kelgandek bo'ldilar. Nozanin oshiq ko'nglini talon-toroj qilgancha kirib 
keldi va xastaning hojatini chiqarmoqchi bo'lib: 
— Ko'nglingda qanday gaping bo'lsa, aytgin,— dedi.
Oshiq uning yuziga hayrat bilan ko'z tikkancha qoldi. Uning till hayronlikdan lol bo'lib, 
tani zaiflikdan behollikka yuzlandi. Hayrat uning hushini boshidan uchirib yubordi. O'z 
dardini aytmoqchi bo'lgan oshiq shu tarzda gung bo'lib, xomush qoldi. Hushiga kelganda 
yori allaqachon ketib bo'lgan edi. Bundan oshiqning kasalmand taniga mushkil holat 
yuzlandi. Hayratdan bu notavon zaif bir so'z ayta olmasdan jonini topshirdi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə