Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
98
bilmaganliklari sababli qush tili bilan forscha yozilgan bu asarni tushunish iqbolidan 
mahrum qoldilar. Ulardan ko'pchiligining qo'li qushdan holi bo'lmasa-da, lekin ularga 
qush tili tushunarli emas edi. 
Men yozu qish Attor do'konidan qand va shakar olish bilan shug'ullandim, balki bu 
do'konda to'ti yanglig' makon tutib, shakar ushatar edim. U qush tili bilan menga neki 
xitob qilgan bo'lsa, men unga xuddi to'ti kabi javob qaytarar edim. Yo'q, balki uning pok 
ruhining gapga chechan qushi Arsh bog'idan kelib, mening ko'nglimga o'rnashib 
olgandek edi. U menga qush tili mushkillarini hal etib, bu takallumda ustodlik qilar edi. 
Shu tariqa men u kalom ichra kamolotga erishib, mazkur asarimni turkiy tilda yozdim. 
Go'yo mastligidan yoqimli sayrayotgan qush kabi ko'p kuylarimni turkona sozga 
hamohang qildim. Qaysi bir qush, balki ming xil dost on kuylovchi bulbul deb aytgin, 
uning har bir dostonida yangi bir ohang mavjuddii. Lekin uning bu dostonlari gul 
shavqidan bitilgan bo'lib, undagi nolayu afg'onlar ham shuni vasf etishga bag'ishlangan 
edi. Men o'sha ming xil nola chekuvchi bulbuldurnan. Har bir fig'onimni bir dostonimda 
jo qilganman. Ushbu gulshan ichra mastonavor qadani qo'yib, kuylarimni baland 
pardaiarda ijro etdim. Mening bu kuylarimni eshitgan har qanday sayroqi qush ham 
ulardan qusur topa olmas edi. Shayx ruhidan menga madad yetishib, bu bulbul sayrashi 
cheksiz bo'ldi. Har bir kiski bu mutanosiblikka ko'z tashlasa, unga Qaqnus qushini 
o'xshjktgan bo'lar edi. 
 
CLXXIV 
O'zining shayx ruhi madadidan unga o'xshatma qilganligiga Qaqnus tamsili 
Qaqnus degan bir ajoyib qush bor emish. U Hindiston mulkida maqom tutgan bo'lib, 
o'sha yerda sayr qilar ekan. Bu qushning shakli kelishgan, gavdasi ham baquvvatdir. 
Uning har bir parida o'zgacha naqshlar va ranglar jilva qiladi. U shunday ajoyib ko'rinishi 
bilan birga, ajib bir tumshuqqa ham ega. Tumshug'ida bir talay teshiklar bor. Agar u 
jonga huzur baxsh etuvchi dilkash bir navo tuzmoqchi bo'lsa, tumshug'idagi har bir 
teshikdan yangi bir kuy taraladi. Agar u biror kuy chalsa, bu kuyni eshitgan kishi 
hushidan ajraladi. U juftsiz holda o'zi tanho yashaydi. Hech bir qush unga teng kela 
olmaydi. U kishilar oyog'i yetmaydigan olis bir o'rmonda maskan tutib, bir daraxt 
boshida o'tiradi. Bir kun Fisog'urs o'sha yerdan o'tayotganida, uning unlari qulog'iga 
chalinibdi. U bu kuydagi turli sadolarni eshitib, ulami ajratgan holda musiqa fanini kashf 
etibdi. 
Qaqnus o'rmonda juda uzoq yillar hayot kechirib, umrini o'tin yig'ish bilan o'tkazadi. 
Bu o'tinlardan, ular xoh ho'l, xoh quruq boisin, behad ulkan bir xirmon hosil bo'ladi. 
Umri poyoniga yetgach, u necha yillardan buyon jamlangan xirmoni ustiga chiqib, bir 
xushnavo kuy tortadi, nihoyatda hazin ohangda dilkash bir navo bilan sayraydi. Bu kuyni 
eshitgan o'rmondagi barcha qushlar va vahshiy hayvonlar uning atrofida yig'iladilar. 
Uning mungli nolasi ularga qattiq ta'sir etib, ko'pchiligi xastahol bo'lgancha halok bo’ladi. 
Uning bu kuylari nihoyasiga yetgach, oxirida bir ajib o'tli navo tortadi. Bu navodan o'zi 
yiqqan ulkan xirmonga o't tutashib, u turgan manzil va maskan olov ichida qoladi. Bu o't 
falakka bayroq tortgancha osmonu falakka ko'tarilib, xirmon go'yo xashakka chaqmoq 
tushgandek lovillab yona boshlaydi. Bu o'tinlar yongan sari Qaqnusning o'zi ham ular 
bilan birga yonib, parlari xuddi yaproqlardek o'rtanadi. Nihoyat, uning ham o'zi, ham 
yiqqan o'tinlari kulga aylanadi. Bu yong'indan yuz tuman zarra bir butun bo'lib 
birlashadi. 
Bu kullar bir tog' bo'lib uyulgach, uning ichida bir qaqnusbachcha — Qaqnus bolasi 
bekinib yotadi. U asta-sekin qimirlab kul ichidan bosh ko'taradi, keyinchalik turli-tuman 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə