Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111
 
CLXXIII 
Shayxning vasfi va o 'zining unga payravlik qilgani tavsifi 
Ey Foniy! Yana bir go'zal asar yozib, qushlar tilini ajoyib yo'sinda sharhlab berding. 
Qushlar tiliga yo’l topganlardan biri Sulaymon payg'ambar edi. Keyin vaziri Osaf 
undan ta'lim olib, qushlar tilini o'rgandi, ammo bu tildan u hech kimni xabardor etmadi. 
Bu ikkalasidan o'zga kishi buning uddasidan chiqmadi, boshqa odamlar qush tilini 
bilmaganliklari uchun uning fahmiga yetmas edilar. 
Tez aylanuvchi falak shitob bilan oradan bir necha ming yilni o'tkazib yubordi. 
Shundan so'ng chaqqon sayr etuvchi, chechan nutq aytuvchi va o'tkir aqlli omadi 
yurishgan bir qush maydonga chiqdi. Uni qush dema, balki fano Qofining anqosi de, 
barcha qushlar tilining donosi de! U bu yo'lning boshlovchisi va avliyolar qiblasi bo'lib, 
ko'ngh to'g'ri yo'l ko'rsatish uchun ziyolangandir. U haqiqat sirlarini kashf etishda 
farid
1
— yagona va tengi yo'qdir, nutqidan haqiqat ahli bahramand bo'ladi. Bu kishi irfon 
ahlining yo'l ko'rsatuvchisi, ma'rifat bozorining Attoridir. 
U bu gulshan ichra paydo bo'lganida go'yo qushlar ham nutqni undan o'rgangandek 
bo'ldilar. Uning qush tili bilan gapirishi Osafdan ham, hatto Sulaymondan ham ortiqroq 
edi. Chunki ular qush tilini bilgan bo'lsalar-da, lekin bundan elga biron-bir naf yetmadi. 
Haq Attor tilini biyron qilgani uchun "Mantiq ut-tayr" dostoni oshkor bo'ldi. Bu til izohini 
to'la-to'kis bayon etib, ilohiy sirlarni sharhlab berdi. Boshlanish va tugallanish haqida 
chiroyli so'zlar xazinasidan ko'plab gavharlar sochdi. Bu gavharlar bilan zamona 
cho'ntagini to'ldirdi, barcha kishilar undan bahramand bo'ldilar. Xazinadagi tilsim 
ochilgach, har gadoga bu gavharlardan muayyan ulush tegdi. Asarini ko'pchilikka quyosh 
kabi oshkor etib, so'zlaridan Jamshid jomi kabi sado chiqardi. Kimki labtashna bo'lsa, bu 
maydan unga ichirdi. O'zgalar bu haqda so'z aytishdan ojiz qoldilar. Qush tili bilan 
shunday kalom surdiki, uning bu so'zlari xuddi to'tiyi go'yo so'zlari kabi barchaga 
manzur va ma'qul bo'ldi. 
U yozgan asarni forsiy tilni biluvchi xalqlar fahm etib, undagi barcha yashirin 
nozikliklardan xabardor bo'ldilar. Ammo sodda, bechora turklar bu tilni yetarli darajada 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə