Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   111
 
CLXXI 
Hikoyat 
Bu yo'l ahliga yetakchilik qilganlardan biri Xoja Abdulloh Ansoriy shunday degan edi: 
— Kishi sozini rud ohangiga moslab, bu ohang ichra bir yoqimli qo'shiq aytsa, biroq 
bu kuyi va qo'shig'idan maqsad Allohni yodga olish bo'lsa, ey, pok e'tiqodli, bilgUki, 
uning bu ishi g'aflat ohangj bilan Qur on tilovat qilishdan yaxshiroqdir. 
Agar qo'shiq va nag'mada ogohlik mavjud bo'lsa, bu toat vaqtidagi gumrohlikdan 
yaxshiroq sanaladi. 
 
CLXXII 
O'z kamchiliklarini afv etishni yolvorib so'ramoq va gunohlaridan o'tishni iltimos 
etmoq 
Ey g'oyibdan barchaga hukmdor saxiy Haq! Barcha saxovat ahlining mavjudligi sen 
tufaylidir. Sening lutf va ehsoningga poyonu had yo'q, muruvvat va in'omlaring son-
sanoqsizdjr. Seni vasf etib har neki yozgan bo'lsam, garchi ular jozibali bo'lmasa-da, 
sendan kechirim so'rayman. Faqat men emas, balki necha buyuk allomalar vasfing 
haqida yillar davomida qalam suisalar, ular ham insof bilan o'z ojizliklarini bo'yinlariga 
olishlari lozim bo'ladi. 
Mendek bir oshuftahol devona Foniy agar sen haqingda bir necha so'z aytgan bo'lsa, 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
97
uning xato va nuqsonlarini karam yuzasidan avf qil, yozgan yaxshi-yomon yozuvlari 
uchun kechir. Men nima haqida qalam surgan bo'lsam, sendan yozdim, sendan o'zga 
haqida so'z yuritmadim, menga shuning o'zi yetarlidir. Ortiq yoki kam degan bo'lsam 
ham sendan dedim, chin yoki yolg'on aytgan bo'lsam ham sendan aytdim. 
Sening sirlaring menga qanchalik ayon bo'lgan bo'lsa, ularni qush tili bilan bayon qilib 
berdim. 
Bu dam xuddi chala so'yilgan qushdek o'zimni yo'qotib, qush tili bilan senga 
yolvormoqdaman. Chunki barcha qush ham shirin so'z aytish, nozik ma'no va 
chechanlikka ega bo'lavermaydi. Agar bulbul lutf bilan ajoyib dostonlar aytsa, qarg'a 
yoqimsiz kuylarni haddan oshiradi. Bas, shunday ekan, barcha qushning kuylashi dilga 
xush kelavermaydi, barcha qushning nag'masi dilkash bo'lavermaydi. 
Men ular tilidan so'z aytdim, albatta, barcha qushning sayraslii bir maqomda 
bo'lmagan. To'ti va shorik(mayna) odamga o'xshash gapira olsalar-da, har birining nutqi 
o'zgachadir. Ular sayrashida tafovut mavjud bo'lib, biri haq haqida so'z aytsa, ikkinchisi 
but haqida so'z deydi. Birida shak bo'lsa, yana birida din mavjud. 
Ammo Foniyning kufru din bilan ishi yo'q. Chunki u har nima aytgan bo'lsa, sen 
tufayli aytdi! Sen uning xatolariga pardapo'shlik qilgin, toki u ham fano bazmida bir 
qultum may icha olsin! Unga fano jomini nasib etganingda, baqo iqbolini bermoqlikni 
ham unutma! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə