Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
96
o'ziga xush yoqqan bu so'zlarni aytib turganida, uning oldiga oy yuzh dilbar yetib kelib, 
u aytgan so'zlarni pana joydan turib eshitdi. So'ngra yurib uning qoshiga keldi va 
shunday dedi: 
- Sen aytgan bu ta'riflar men uchun kinoyadan beshqa narsalar emas. Men ulardan 
nihoyatda or qilaman. Qomatimni sarv deb aytding, ammo sarv mening qaddim kabi 
xirom eta oladimi?! Yuzimni gul deding, lekin qaysi gulda men kabi yuz balolik ko'z va 
qosh bo'ladi! Ko'rinishimni tovusga qiyos qilding, qachon tovus elning aqlu hushini 
olibdi?! Yurishimni qirg'ovulga o'xshatding, ammo qay bir qirg'ovul kishilar qatliga sabab 
bo'la olgan?! 
Oy yuzli go'zal g'azab bilan bu so'zlarni aytib, unga xitob etdi. Oshiq unga javob 
qaytarishdan ojiz bir holga tushdi: 
-
Men xato qilib qo'ydim, bundan nihoyatda sharmandaman, shunday bo'lsa-da, seni 
vasf etuvchi bir gunohkor bandaman!
Oy ko'rinishli bu so'zlarni eshitib, shu zahotiyoq: 
- Jahondan vujudingni yo'q qilib yuboraman!— deya unga g'azab qildi. 
Devona o'zini yerga tashlagancha zor yolvorib, shunday dedi: 
- Ey husni bilan parilar va hurlarga oriyat keltirgan. Men sen to'g'ringda nima so'z 
aytgan bo'lsam, ularning barchasi senga bo'lgan muhabbatim tufaylidir, ixlosim va 
do'stligim tufaylidir. Ularda hech qanday shikoyat, o'rinsiz ta'na-dashnomlar va 
kinoyalardan asar ham yo'q. 
Ammo seni maqtab, vasf etishda kamchilikka yo'J. qo'yibman: buni tan olaman. Endi 
o'zing marhamat ko'rsatmasang, holim xarob bo'ladi. Men aytgan bu so'zlarni 
nodonlikka yo'ysang, ularning barchasini jaholat va bilmaslikdan deb hisoblasang. 
Chunki uyat men telbani halok qilmoqda, agar sen ham o'ldirmoqchi bo'lsang, bu endi 
menga og'ir zahmat bo'lib tushadi! 
Telba o'z nuqsonini bo'yniga olib, uzrxohlik qilgach, parivash ham lutf ko'rgazib, 
uning qonidan kechdi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə