Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   111
 
CLXXXV 
Tavhid yo'li adosida munojot 
Ey zotingga pok birlik musallam bo'lgan! Vahdat ahli sening otingni zavq bilan tilga 
oladilar. Har kishini azaldan yakka qilib yaratding, ajralish va yolg'izlanishni bunga bo’ls 
qilding. 
Kimki agar o'zligidan butkul qutulgan bo'lsa, o'z oldingda o'shaning tavhidini yaxshi 
sanading. Kimgakim tavhidm ochib bergan bo'lsang, uni madh etib, hatto kufr bilan ham 
do'stlashtirding. Kimni vahdat sari boshlagan bo'lsang, unda faqat sen qolib "u" va 
"bu"larni inkor qilding. 
Yo Rab! "sen" va "o'zlik" shirkatini mendan yo'qot va meni sof birliging sari yetkar! 
Menda "mcnlik"dan nishon qo'yma, meni hamma narsadan etak silkitib, o'zligmgda 
yo'qotib yubor!.. 
CLXXXVI 
Tamsil 
Bir kecha chin'oshiq shoh Mahmud o'rnjdan turib, Ayoz(xos mahrami va quli, so'ng 
nadimi - Abu Najm (1057-y.v.e.)ning nima bilan mashg'ul ekanligini bilmoqchi bo'ldi, 
Garchi bu fursatda Ayoz uyg'oq bo'lsa-da, ko'zlarini yumub, hiyla bilan o'zini uxlaganga 
solib, taxt poyiga yostiq qo'yib yotar edi. Shoh Mahmud uning boshiga yetib keldi. U bir 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
103
dam uning husniga nazar tashlab, o'zidagi shavq o'tiga chora topmoqchi bo'ldi. U behad 
zavq-shavq bilan unga boqdi, ishq uni boshqacha tusga kiritdi. Shoh mahvashiiing 
oyoqlariga o'zini tashlab, shavqqa to'lgan holda ko'zlarini Ayozning tovoniga surta 
boshladi. Ayoz esa uzrxohlik bilan oyog'ini tortib olmas edi. 
Shoh nozanin uyg'oq ekanligini bildi. Unga shunday dedi: 
— Ey Ayoz, sendan jonimda dog' hosil bo'lmoqda! Mendagi senga bo'lgan shunday 
muhtojlikni ko'rib, nega bunchalik beandoza noz qilding? Nega oyog'ingni yig'ib, 
o'rningdan turib o'tirmading? Bizga mehr izhor aylab, biron so'z demading? 
Shunda gulyuzli Ayoz dedi: 
- Ey sohibnazar shoh! Menda u dam “menlik”dan asar bormidi? Menda u dam 
"menlik" batamom yo qolgan bo'lib, biron kishiga uzr aytish uchun majol ham qolmagan 
edi. U dam Ayoz yo'q edi, faqat shoh bor edi, ham unga oshiq, ham unga suyukli edi.
(
Vahdat kimga bunday g'avg'o solsa, unda sultondan Ayozning farqi bo'lmaydi. U birlik 
olamidan xabar topadi. "Menlik" va "senlik"dan unda asar ham qolmaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə