Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
105
harorat yetsa, uni Shayx nafasidan deb bilsin va bu asardan fayz topib, o'z murodi 
maqsadiga erishsin. Bunda bizni ham u bilan bir qatorda ko'rib, ko'ngli ikkilik sari mayl 
qilmasin. 
CXC 
Tamsil 
Bir tolib kishi ko'ngliga ishtiyoq tushgan holda qiynalib, shahar oralab ketib bormoqda 
edi. Ko'chada yiqilib yotgan devorni ko'rdi. Uning atrofida kishilar to'planib, mojaro 
qilmoqda edilar. Chunki odamlar bu katta ko'chadan o'tib qaytishar, bugun esa devor 
yiqilib, ular o'tadigan yo'lni berkitib qo'ygan edi. Odamlar: 
- Yo Rab! Endi qaysi tomondan o'tamiz? E voh, buni endi kim imorat qiladi? Kim bu 
devorni qaytadan urishga kirishadi?! - deyishardi. 
Shu tariqa birmuncha muddat yo'l tamoman bekilib qolib, barcha kishilar yo'ldan o'ta 
olmay, ojiz qolishdi. 
El ichida ana shu xil iztirob va chorasizlik bo'lib turgan paytda ular qoshiga umidvor 
tolib yetib keldi. Bu holatni ko'rgach, ko'ngliga xush yoqib, faryod chekkancha, hayajon 
bilan o'zidan ketdi. El uning bu holatidan taajjubga tushib: "U bekordan-bekorga, 
asossiz ravishda chinqirib, o'zidan ketdi",- dedilar. U hushiga kelgach, istak va maqsad 
dashtida ovora bo'lgan bu bechoradan hol-ahvol so'radilar. U shunday dedi: 
— Men bu yerda to'planib turgan kishilami ko'rdim, ammo ularning nima uchun 
yig'ilganliklarini bilmadim. Lekin avvallari bu tomondan o'tayotganimda devorga bir 
nazar tashlab o'tar edim. U doim bu tomonga qiyshayib borar edi. Mana bugun u yiqilib 
ham tushibdi. Bu oddiy jonsiz tuproq bu xil sifat ko'rsatib, oqibatda o'zi istagan tomonga 
yiqilib tushibdi. Men esa o'zimdan noumid bir holdaman, istagan maqsadimdah ham 
behad yiroqdaman. Devor menga bu ramzni oshkor etgach, men umidsizga ham umid 
yuzlandi: haq meni qayoqqa boshlasa, o'sha yoqqa mutlaq yo'llasin! Mening asosiy 
murodim faqru fanoga erishmoq edi, bu mushkilni menga Haqning o'zi oson qildi. 
Bugun menga shunday baxt yor bo'lib, beixtiyor shu holatga tushdim. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə