|
Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com docRASUL SALLALLAHU ALAYHI VASSALLAMNING SHAFOATXOHLIGIFarididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)RASUL SALLALLAHU ALAYHI VASSALLAMNING SHAFOATXOHLIGI
Allohi ahad Ahmadi mursalni toabad har ikki olam xojasi deb tanladi. Yo Rasululloh,
juda ham ojizu dardmandman, qo‘limda yel (shamol), boshimda tuproq (sochib)
turibman. Kimsasizlarga har nafasda qo‘mak etuvchi sensan, ikki olamda sendan boshqa
odamim yo‘q. Men g‘ambodaga bir nazar sol, men bechora ishining chorasi (iloji)ni qil.
Garchi gunoh bilan umrim zoe’ qildim, lekin tavba qildim, uzrimni Parvardi-gordan so‘ra.
Kecha-qunduz yuz motam ichraman, shoyad gunohlarimni shafoat qilsang. Sening
eshigingdan shafoat yetsa, men osiyga toat mehri yetab kelsa (koshki). Ey
shafoatxoNhim, kunlarim tunday. Lugf qilib, shafoat sha’mini yondirgin. Toki parvonaday
sening jam’ing aro, sham’ing aro qanot qoqib yetab kelsam. Kimki sening sham’i
jamolingni ko‘rsa, paryuna kabi jon taslim etadi. Jon diydasi (ko‘zi) uchun sening
chehrangni ko‘rish kifoya, ikki olam uchun sening rizoying kifoya.
Dilim dardining dorusi sening mehring, jonimning nuri sening yuzing quyoshidir.
Eshigingda jonimni tutib turibman, tilimningtig‘i (ta’rifi) gavharini ko‘r. Tilim-dan
to‘kkanim har bir gavharni, yo‘lingda jon qa’ridan to‘kkanman. Jonimningdengizi sendan
nishona bergani uchun jondan gavhar to‘kaman. Mening jonim sendan nishona
topgandan keyin mening nishonim nishonsizlik bo‘ldi. Ey oliyguhar, bir qur menga
boqsang deb umidvorman. Shu nazar bilan meni mahv etsang, abadiy nom-
nishonsizlikda tutib tursang. Bu gumonu shirku fikrlardan meni poklasang, ey pok zot.
Gunohlardan yuzimni qora qilmasang, otdoshligim-ning haqini saqlasang'. Men sening
yo‘lingda ado bo‘lgan go‘dakman, mening gardim qora suvday ko‘lmakka o‘xshab
turibdi. Bu qora suv hamlasidan qo‘limni tutib yo‘lga boshlasang, degan umiddaman.
Dostları ilə paylaş: |
|
|