5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari schyoti»
Debet
|
Kredit
|
Saldo – N boshlang’ich qoldiq
|
|
5010 - Inkassatorlarga kassadagi 5020 - naqd pullarning topshirilishi:
|
Pul mablag’larining hisoblashish schyotiga kelib tushishi 5110
Pul mablag’larining valyuta sch.yotiga kelib tushishi 5210
Pul mablag’larining boshqa maxsus schyotlarga kelib tushishi 5530
|
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan inkassatsiya qilinayotgan pul o’tkazmalarini amalga oshirayotganda ushbu mablag’larning holati va harakati ustidan nazorat qilish, ya’ni yo’ldagi va o’tkazmalardagi pul mablag’larining tegishli joylarga banklar yoki oluvchilarga borib etguncha nazoratini tashkil qilish uchun alohida 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyoti qo’llaniladi. Bu schyotda milliy va xorijiy valyutalarning o’tkazilishi yuzasidan ya’ni, aloqa bo’limlariga topshirilgan, lekin tegishli manzildagi oluvchilarning schyotlariga borib tushmagan yo’ldagi o’tkazmalarning holati va harakati ustidan nazorat o’rnatiladi. 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyotidagi tegishli summalarni o’tkazish uchun bank muassalarining pattalari, aloqa bo’limlarining pattalari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar asos bo’lib xizmat qiladi.
Tegishli bankdagi pul mablag’lari schyotlaridan bank ko’chirmalari olingandan keyingina ushbu mablag’lar 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyotining kreditidan tegishli 5110, 5210, 5510, 5520, 5530, 6310, 6710 va boshqa schyotlarning debetiga o’tkaziladi.
Xorij valyutasidagi yo’ldagi o’tkazmalar 5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyotida ushbu o’tkazmalarning turlari bo’yicha hisobga olib boriladi.
5710 - «Yo’ldagi o’tkazmalar» schyoti bo’yicha analitik hisob har bir o’tkazmaning turi bo’yicha alohida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |