4610 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzi" hisobvarag’i ustav kapitaliga qo’yilmalarga oid xo’jalik yurituvchi sub’ekt muassislari bilan barcha turdagi hisob-kitoblar haqida ma’lumotlarni jamlaydi. Hisobvaraq aktiv va debetli saldogagina ega bo’lish mumkin. hisobvaraq debet buycha muassisning xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldidagi ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzi, kreditida esa – haqikatda kelib tushgan qo’yilmalar aks ettiriladi. qo’yilmalar kiritilgan takdirda 4610-hisobvaraq sal’doga ega bo’lmaydi.
Muassis tomonidan mebel kiritilgan. Mazkur holatda quyidagi buxgalteriya yozuvlari kayd etiladi:
0140 – "Mebel va ofis jixozlari" hisobvarag’i debeti.
4710 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha mulkdor qarzlari" hisobvarag’i krediti. Muassis tomonidan ma’lum mahsulot ishlab chiqarish (sotish) uchun patent kiritilgan: 0410 – "Patent, litsenziya, nou-xaular" hisobvarag’i debeti.
4710 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha mulkdor qarzlari" hisobvarag’i krediti.
Muassislar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo va TMZlar kiritilgan:
1010 – "Xom ashyo va TMZlar" hisobvarag’i debeti.
4710 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha mulkdor qarzlari" hisobvarag’i krediti. Muassis sotish uchun tovarlar kiritgan:
2910 – "Tovarlar" hisobvarag’i debeti.
4710 – "Ustav kapitaliga badallar bo’yicha mulkdor qarzlari" hisobvarag’i krediti.
Bunda pul ko’rinishida bo’lmagan barcha aktivlar (moddiy va nomoddiy) haqikiy bozor narxlariga yo’naltirilgan qiymat bo’yicha Ustav kapitaliga kiritilishi lozim.
Muassislardan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar olinganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt keyingi oydan boshlab amortizatsiyani hisoblashi kerak, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt mol-mulk solig’i to’lovchisi hisoblansa, u holda ikki yillik imtiyozli muddat tugashi bilan ushbu vositalar qiymati mol-mulk solig’i to’lanadigan bazani oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |