|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com docmumtoz faylasuflar hikmati ziyouz comwww.ziyouz.com
кутубхонаси
20
PARMENID
(Taxminan miloddan avvalgi 540 yilda tug‘ilgan. Vafot etgan sanasi noma’lum)
Yunon faylasufi Parmenid janubiy Italiyada istiqomat qiluvchi aslzoda, boy-badavlat
xonadonda dunyoga keldi. U faylasuf Ksenofan va Pifagorning izdoshi Aminiydan saboq
olgan.
* * *
Hamma narsaning asosida ikki ibtido — olov va yer yotadi.
* * *
Yo‘qlikning mavjudligi haqidagi fikr xatodir.
* * *
Borliq mushtarak, uzluksiz, yaxlit, bo‘linmas va bir jinsli voqelikdir.
* * *
Yo‘q narsalarning borligini hech qachon isbotlab bo‘lmaydi. Tadqiqotning bu yo‘lidan fikringizni
qaytaring. Chunki yo‘qlikni na anglab va na ifodalab bo‘ladi. Yo‘qlik yetib bo‘lmas voqelikdir.
* * *
Ko‘pincha: «Biz o‘z kamchiliklarimizni ko‘ramiz», — deyishadi. Shunday savol tug‘iladi: qanday qilib
nimanidir emas, aynan kamchilikni ko‘rish mumkin? Kamchilik so‘zi yo‘q narsani ifodalaydi. Axir,
mohiyatan, bu so‘z mavjud bo‘lmagan narsani yoki nomavjudlikning o‘zini anglatadi-ku!
Aslida yo‘q narsani qanday ko‘rish mumkin?! Demak, ko‘rayotganlarimiz biz uchun ko‘rinmish
sifatida kam, yetarli emas. Biz ko‘proq yoki boshqacharoq ko‘rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud
bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni xohlaymiz.
Demak, qat’iy qilib aytganda, biz nafaqat ko‘rmaymiz — axir «nomavjudlik»ni qanday ko‘rish
mumkin — balki ko‘rganlarimiz bilan kelisha olmaymiz.
* * *
Qarama-qarshilik haqiqatga nomuvofiqdir.
* * *
Na o‘tmish va na kelajak mavjud. Chunki o‘tmish endilikda yo‘q, kelajak esa hali yetib kelmagan.
* * *
Bema’ni ma’ruzalarga quloq osma.
* * *
Parmenid Suqrot bilan uchrashib, ko‘p suhbatda bo‘lgan. Bir kuni u yosh Suqrotga shunday
maslahat beradi:
— Fikrlashga intilish maqtovga juda loyiq ishdir. Ammo sen ko‘pchilik quruq safsata, deb
hisoblaydigan fikrlar ustida bosh qotirishga intil! Aks holda, haqiqatni qo‘ldan boy berib qo‘yasan.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |
|
|