Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/184
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#159823
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com

Nitsshe falsafaga hozir ham qo‘llanib kelayotgan quyidagi ilmiy tushunchalarni kiritdi: 
«Hokimiyatga intilish», «Barcha qadriyatlarni qayta baholash», «Odamlarning yangi 
nasli», «Mallarang dog‘ulilar», «Oliy inson».
 
Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. U o‘z aniq-ravshanligi 
bilan sirli, tushunarsiz darajada tushunarli bo‘lgan yagona faylasuf edi. 
* * * 
Kimdir bizdan uzr so‘ramoqchi bo‘lsa, bu ishni o‘ta mohirona bajarmog‘i kerak. Aks holda, biz 
o‘zimizni aybdordek noqulay his etamiz. 
* * * 
Har qanday haqiqat – egri. Chunki vaqtning o‘zi ham bir doiradir. 
* * * 
Men kitoblarimni doim butun jismi jonim va hayotim ila yozdim. Sof ruhiy muammolar neligini esa 
bilmayman. 
* * * 
Inson ham xuddi daraxtga o‘xshaydi. Daraxtlar yuksaklik, yorug‘lik sari qanchalik ko‘p intilsalar, 
ildizlari yer qa’riga, qorong‘ulikka – tubanlik tomon shunchalar chuqurroq kirib boraveradi. 
* * * 
Mangulikka daxldor bo‘lish uchun ba’zan hayotni qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. 
* * * 
Axloqiylik majburiyatni keltirib chiqaradi. Keyinchalik u odatga aylanadi, undan so‘ngroq esa u 
ixtiyoriy itoatkorlikka va nihoyat, tabiiy maylga aylanadi. 
* * * 
Inson o‘zga kishi oldida ayblariga iqror bo‘lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o‘zga kishi uning 
ayblarini yodida saqlab qoladi. 
* * * 
Mukammal ayol odamzotning komil erkakdan ko‘ra oliyroq turidir. Ammo ularning soni komil 
erkaklarga nisbatan kamroq. 
* * * 
Shunday qoida mavjudki, biz uning vositasida insonning hayotini tortib olishimiz mumkin. Biroq 
insondan uning o‘limini tortib olishga imkon beruvchi qoida mavjud emas. 
* * * 
Shuhratparast odam uchun o‘zgalarning fikri emas, balki o‘zining boshqalar fikri to‘g‘risidagi 
mulohazasi muhimroqdir. 
* * * 
Olijanoblik xushfe’llik va haddan ortiq ishonuvchanlik omixtasidir. 
* * * 
Hamdardlik dard chekishdan ko‘ra azobliroqdir. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
219
* * * 
Isyon – qul uchun shon-shavkat. 
* * * 
Sen uni o‘z tarafingga og‘dirmoqchimisan? U holda uning huzurida o‘zingni dovdirayotgandek tut. 
* * * 
Har qanday jiddiy mehnat axloqimizga ta’sir o‘tkazadi. Diqqatimizni topshirilgan ishni bajarish 
uchun jamlashga bo‘lgan urinishimizni ruhiy olamimizga tashlangan toshga o‘xshatish mumkin. Tosh 
kelib tushgach, birinchi doira kichik bo‘ladi, keyingilari esa o‘z-o‘zidan kattalashib boradi. 
* * * 
Iztirob haqiqatga erishishning eng tezkor usulidir. 
* * * 
Bu olamda faqat uch narsa menga yupanch bo‘la oladi: mening Shopengauerim, Shuman va 
yolg‘izlikdagi sayrlar. 
* * * 
Biz nimani izlaymiz? Xotirjamlik, baxtnimi? Biz qanchalar dahshatli va jirkanch bo‘lmasin, haqiqatni 
izlaymiz. 
* * * 
Qachonlardir hamma narsa o‘z nihoyasiga yetadi. Shunda – menga ko‘rish nasib etmaydigan olis 
kunlarning birida — kitoblarimni qo‘lga olib ochishadi va o‘z o‘quvchilarim paydo bo‘ladi. Men ana shu 
muxlislarim uchun yozishim, shular uchun asosiy g‘oyalarimni nihoyasiga yetkazishim kerak. Hozir 
kurasholmayman – mening hatto dushmanim ham yo‘q. 
* * * 
Meni yaxshi o‘qishni o‘rganing! 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə