Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/184
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#159823
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com

www.ziyouz.com
кутубхонаси
46
Aflotun bilim insonning avvalgi hayotida ko‘rganlari va orttirgan tajribalarini eslashi ekanini ta’riflab 
shunday degandi: «Kohinlar inson ruhi barhayot ekanini ta’kidlaydilar. Ruh yerdagi hayotni tark 
etganidan so‘ng, — buni odatda o‘lim, deb ataydilar, — yana qayta tug‘iladi va hech qachon o‘lmaydi. 
Shuning uchun inson hayotini taqvodorlikda, ezgulik bilan o‘tkazmog‘i darkor. Basharti ruh barhayot 
ekan, u qayta-qayta tug‘ilaveradi. Yerda va o‘zga olamlarda hamma ilmlardan, voqealardan boxabar 
bo‘lib, komillashib boraveradi. Natijada olamda u bilmaydigan hech qanday ilm qolmaydi. Bu ilmlar 
insonning ezguligi, saxovati va boshqa shu kabi yaxshi sifatlari evaziga yodga tushadi. 
Modomiki, tabiatda hamma narsa bir-biriga aloqador va ruh hamma ilmlardan boxabar ekan, inson 
birgina narsani eslay olsa, qolganlarini ham dadillik va g‘ayrat bilan izlab topib, bilib oladi. Zero, 
izlamoq va bilmoq eslamoqning aynan o‘zidir. 
* * * 
Aflotun muhabbat haqida shunday degandi: «Menimcha, odamlar muhabbatning asl qudratini 
anglab yetmaganlar. Agar ular buni tushunganlarida edi, sevgiga atab ulug‘vor ibodatxonalar va 
mehroblar qurib, qurbonlik keltirgan bo‘lardilar. Lekin birinchi galda bajarilishi lozim bo‘lgan bu 
vazifalarni hozirgacha hech kim ado etmadi. Axir, Eros — eng insonparvar ma’buda. U odamlarga 
yordam beradi, shuningdek, insoniyatni dardu alamlardan forig‘ etib, buyuk saodatga noyil etadi». 
* * * 
Turfa odamlarning turlicha fikr yuritishi natijasida hamfikrlik yo‘qoladi va natijada har bir odam 
boshqa bir odamdan uning fikrlash tarzi uchun nafratlana boshlaydi. 
* * * 
Hech kim avvalgi amallarini qaytarmaydi. Chunki tez orada yaxshi kunlar kelishiga ishonadi. 
Insonning o‘zligidan tuban ketishi johillikdir, o‘zlikdan yuqori bo‘lmoq esa donolikdir. 
* * * 
Kulgisiz jiddiy narsalarni anglab bo‘lmaydi. Umuman, idrokli bo‘lishni istagan inson qarama-
qarshilikni faqat qarama-qarshilik yordamidagina anglab olishi lozim. 
* * * 
Shoir — agar u haqiqiy shoir bo‘lishni istasa, shunchaki fikr emas, afsonalar yaratmog‘i lozim. 
* * * 
Har qanday savolga javob berish mumkin, faqat u to‘g‘ri berilsa bas. 
* * * 
O’taketgan johillik u darajada dahshatli ayb emas, katta yovuzlik ham emas. Noto‘g‘ri yo‘naltirilgan 
bilimdonlik va boylik unga nisbatan xavfliroq va jazoga loyiqdir. 
* * * 
Tafakkur yagona munosib tangadir. Faqatgina ana shu tangaga hamma narsani almashish 
mumkin. Shunda mardlik, odillik, mulohazakorlik — bir so‘z bilan aytganda, ezgulik — soxtalikdan 
forig‘ bo‘ladi. Bu ezgulikka huzur-halovat, qo‘rquv va boshqa narsalar xoh yo‘ldosh bo‘lsin, xoh 
bo‘lmasin, u doimo tafakkur bilan hamqadamdir. 
* * * 
Yaxshi inson hayotlik chog‘ida ham, o‘limidan so‘ng ham zavol topmaydi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
47
* * * 
Har bir ruh ezgulikka intiladi va bu yo‘lda har narsaga tayyor turadi. Ruh ezgulikning mavjudligini 
his etadi, uni izlaydi, ammo uning qaerda ekanini anglashga kuch-quvvati yetmay qiynaladi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə