|
Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com docProtagorni 411 yilda dahriylikda ayblashdi, uning «Tangrilar haqida» deb nomlanuvchimumtoz faylasuflar hikmati ziyouz comProtagorni 411 yilda dahriylikda ayblashdi, uning «Tangrilar haqida» deb nomlanuvchi
kitobi yoqib yuborildi, o‘zi o‘lim jazosiga hukm etildi. Ammo hukm bekor qilinib, Protagor
avf etildi va Afinadan badarg‘a qilindi. Protagor 410 yilda Janubiy Italiyadan Sitsiliyaga
ketayotib, Messin bo‘g‘ozida suvga cho‘kib halok bo‘ldi.
Uning quyidagi asarlari ma’lum:
«Tangrilar haqida», «Bahs ilmi», «Narsalarning
ibtidoiy tartibi to‘g‘risida», «Davlat to‘g‘risida», «Buyuk so‘z», «Mohiyat haqida» va
boshqalar.
* * *
Irlandiyaning «Xeyn end sone» deb ataluvchi kema qatnovi birlashmasining tamg‘asida qo‘l panjasi
va uch tomchi qon suvrati tasvirlangan.
Bu belgi zamirida Protagor uchun muammo hisoblangan «masala»ning mohiyati aks etgan tarixiy
voqea yotadi.
Aytishlaricha, bir odamning ikki o‘g‘li va bisotida bittagina kemasi bo‘lgan. U ana shu kemani qaysi
o‘g‘liga meros qilib qoldirishini bilmay boshi qotadi. O’ylay-o‘ylay oxir-oqibat, ikki o‘g‘liga bir xil shart
qo‘yadi. Ya’ni, qaysi biri kemaning yon chekkasiga birinchi bo‘lib qo‘lini tekkizsa, kema o‘shanga nasib
etishini ma’lum qiladi. Belgilangan kuni ikki o‘g‘il ikki qayiqqa o‘tirib, kema tomon zo‘r berib eshkak
esha boshlaydilar... Akasi ancha ilgarilab ketganini ko‘rgan kenja o‘g‘il boltani olib, bir qo‘lining
panjasini chopadi. So‘ng kesilgan panjani kema tomon uloqtiradi. Natijada kema zukko kenja o‘g‘ilga
nasib etadi...
* * *
Inson barcha narsalarning: mavjud narsalarning mavjudligini va nomavjud narsalarning
nomavjudligini belgilovchi omildir.
* * *
Mana bu naql faylasuf Protagor tafakkurining mevasidir: «Timsoh bir ayolning bolasini o‘g‘irlab
ketdi. Onaizor timsohdan jigarbandini qaytarib berishini o‘tinib so‘radi.
Shunda timsoh:
— Mayli, bolangni qaytarib beraman. Faqat bir shartim bor. Sen menga haqiqatni aytishing kerak!
— dedi.
Ayol bir oz o‘ylanib, dedi:
— Lekin, baribir, sen menga bolamni qaytarmaysan.
— Demak, so‘zingdan ko‘rinadiki, haqiqatni aytish-aytmasligingdan qat’i nazar, bolangni
qaytarolmayman. Negaki, agar sening hozirgina og‘zingdan chiqqan so‘zlar haqiqat bo‘lsa, unga
muvofiq bolangni senga qaytarmasligim kerak. Bordi-yu, so‘zlaring haqiqatligini inkor etsang ham
farzandingni qaytarib berolmayman. Chunki sen mening shartimni bajarmagan bo‘lasan!»
* * *
Protagor shogirdi Evatl bilan shartnoma tuzadi. Bu shartnomaga muvofiq Evatl o‘zi olib borgan sud
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |
|
|