Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Namozning vojiblari
Namozning o‘n sakkizta vojiblari bor: 
1. Fotiha surasini o‘qish. 
2. Farz namozlarining ikki rakatida, vitr vojib va nafl (sunnat) namozlarning barcha rakatlarida, 
Fotiha surasidan so‘nt qisqa bir sura yoki uchta qisqa oyat o‘qish. 
3. Farz namozlarning birinchi va ikkinchi rakatlarida qiroat qilish. Farz namozlarning ikki rakatida 
qiroat qilish farz bo‘lsa, birinchi va ikkinchi rakatda qiroatni qilish vojib. 
4. Fotiha surasini zam suradan avval o‘qish. 
5.
Sajdada peshona bilan birga burunni yerga tekkizish. 
6.
Har rakatning ikkinchi sajdasini namozning boshqa rukniga o‘tmasdan avval qilish. 
7.
Namozning ruknlarini itmi’non bilan (o‘rinlatib, shoshmay) ado etish. 
8.
Uch va to‘rt rakatli namozlarda qa’dai uula — oldingi qa’dani bajarish. 
9. Oldingi qa’dada tashahhud o‘qish. 
10. Oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish. 
11. Dastlabki qa’dada tashahhud o‘qigach, darhol uchinchi rakatga turmoq. 
Izoh: Birinchi tashahhuddan so‘ng, uchinchi rakatga turmasdan, namoz ruknlaridan birini bajara 
oladigan miqdorda kechiksa, farz bo‘lgan turishni kechiktirgani uchun sahv sajdasi qilish zarur. 
Faqihlar, kishi birinchi tashahhuddan so‘ng, "Allohumma solli ‘ala Muhammad... "desa, farzni 
kechiktirgan hisoblanadi va sahv sajdasi qilishi lozim deganlar.
12.Namoz so‘ngida salom berish. 
13.Vitr namozida Qunut duosini o‘qish. 
14.Hayit namozida vojib takbirlarni aytish. 
15.Barcha namozlarni "Allohu akbar" bilan boshlash. 
16.Hayit namozining ikkinchi rakatida ruku takbirlarini aytish. 
17.Jamoat bilan o‘qilgan jum’a, hayit va Ramazonda tarovih, vitr namozlarining har rakatida
bomdod, shom hamda xufton namozlarining dastlabki ikki rakatida jahran (baland ovozda) qiroat 
qilish. 
18.Jamoat bilan o‘qilgan peshin va asr namozlari-ning barcha rakatida, shom namozining uchinchi 
hamda xufton namozining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida, kunduzi o‘qilgan xufya nafl (sunnat) 
namozlarning har rakatida xufya, faqat o‘zi eshitadigan darajada qiroat qilmoq. Yolg‘iz namoz o‘qigan 
kishi imom jahran o‘qiydigan (bomdod, shom va xufton) namozlarida nafl namoz.o‘qigan kishidek, 
xohlasa xufya, xohlasa jahran qiroat qiladi. 
Xufton namozining birinchi va ikkinchi rakatlarida zam surani tark qilgan kishi, uchinchi va 
to‘rtinchi rakatlarda Fotihadan so‘ng jahran zam sura o‘qiydi, ammo faqatgina Fotihani tark etgan 
bo‘lsa, oxirgi rakatlarda uni takrorlamaydi. 


Nurul Izoh 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə