Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
azobda o‘tkazibdilar. O’n birinchi kunga o‘tar kechasi hokimning tushiga janob Rasululloh, sollallohu 
alayhi va sallam, kiribdilar. Payg‘ambarimiz hokimga: "Mening sunnatimni tiriltirib, dunyoga 
yoyayotgan zotni zindonga olib qilishdan qo‘rqmaysanmi?" deb tanbeh berdilar. Hokim tong otishi 
bilanoq, shaxsan o‘zi zindonga kirib, Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, uzr so‘rab, u zotni ozod 
qildi. 
Zindondan ozod bo‘lganlaridan keyin imomimiz Kufani tark etib, Makkai mukarramaga ketadilar 
va bu muborak shaharda o‘n yillar davomida istiqomat qildilar. Bu zotning hayotlaridan yana bir nuqta 
— yetmish yillik hayotlarida ellik besh marta haj ibodatini ado qilganlar. Demak, Imomimiz nafaqat 
Kufadagi, balki Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi ulamolarning suhbatlaridan ham 
bahramand bo‘lganlar. 
Bizlarga ming yillar davomida Imomi A’zam mazhabida ta’limot berildi va shunga binoan bu 
ta’limotga ota-bobolarimiz amal qilib keldilar, biz ham amal qilmoqdamiz. Alloh taoloning 
buyruqlarida qoim bo‘lib, Imom A’zamning mazhablarida bo‘lishimiz har birimiz uchun bir xayriyat
yaxshilik ekanini yaxshi anglab olsak, hammamiz uchun ham foydali bo‘ladi. 
Abu Yusuf va Imom Muhammad (ularni "Sohibon" deyishadi) hamda Imom Zufar kabi ko‘plab 
zabardast olimlar Imomi A’zamdan fiqh ilmini o‘rganadilar. 
Abu Hanifaning "Al-Fiqh al-akbar", "Usmon al-Buiyga taqdim etilgan risola, "Al-olim va al-
mutaallim", 'Ar-Raddu alal-Qadariya" kabi asarlari mavjud. 
Imomi A’zam hijriy 150 yili yetmish yoshlarida Bag‘dodda vafot etganlar. 
Abu Hanifa shahardagi Hizaron qabristoniga dafn s.ilinadi. Olimning Bag‘doddagi masjidi 
mashhurdir. Masjidning juda qimmatli va noyob kitoblarga boy bo‘lgan sutubxonasi mavjud. 
Allohtaolo mazhabboshimiz hazrati Imomi A’zam Abu Qanifaga, rahmatullohi alayh, ulug‘ rahmati 
ila marhamat qilsin! Islom diniga va bizga qilgan beqiyos xizmatlari uchun ul zotga eng go‘zal tuhfalar 
in’om aylasin. Omin! 
"Imomi A’zam 
— 
buyuk imomimiz " kitobidan olindi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə