Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

 
 Sahobalar
Sahobalar mo‘min va musulmonlik holida Payg‘ambarimiz Muhammadni, alayhissalom, ko‘rib va 
u kishiga uchrashib, mo‘minlik holida vafot qilgan kishilardir. 
Sahobalarning afzali avval hazrat Abu Bakr Siddiq, so‘ng hazrat Umar ibn Xattob, so‘ng hazrat 
Usmon ibn Affon, keyin Hazrat Alidir, roziyallohu anhum. Shuning uchun ular Rasulullohning, 
alayhissalom, chahoryorlari deb ataladilar. 
 Ahli sunna val-jamoa


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
 
Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, barcha sahobalari vafot etganlaridan so‘ng, Islom ahli 
e’tiqodda 73 firqaga bo‘lingan. Ammo mashhurlari uch firqadir. 
Ular quyidagilar: ahli sunna val-jamoa, shi’alar va mo‘‘tazila firqasi. 
Ahli sunna val-jamoaning e’tiqodi haqdir. Bizlar ahli sunna val-jamoa e’tiqodidamiz. 
Payg‘ambarimiz Muhammad, alayhissalom, o‘zlari va sahobalari din va shariat hukmlariga qanday 
e’tiqod qilgan bo‘lsalar, ahli sunna val-jamoa ham shunday e’tiqod qiladilar. 
Ahkomi sharif
 
Qur’on oyatlari va hadisi sharifdagi shariat hukmlarining ba’zilarini arabchani komil bilgan 
kishigina bilishi mumkin. Ammo shariatning barcha hukmlarini to‘g‘ri bilish uchun mujtahid bo‘lish 
kerak. Mujtahid bo‘lmagan kishilarning oyatlardan va hadislardan hukmlar chiqarishlari mumkin 
emas. 
 Mujtahidi mazhab
 
Arabiy tilning ma’no va sirlarini chuqur bilib, g‘oyatda komil olim bo‘lib, oyat va hadislarning 
hikmat va sirlarini yaxshi bilganidan so‘ng komil ijtihod bilan din masalalarining har qaysisini fikr va 
andisha qilgan kishi mujtahid bo‘ladi. Mujtahid bo‘lmagan va mujtahidlik martabasiga yetmagan 
kishilar maishatda ham, ibodatda ham bir mujtahidning mazhabiga tobe bo‘ladi. Har masalada shu 
mujtahidning mazhabi bilan amal qiladi. 
"Mazhab" so‘zi istilohda mujtahid olimning shariat kmlarida oyat va hadislardan ijtihod bilan fikr 
qilib, glagan yo‘li degan ma’noni anglatadi. Mashhur mujtahidlar to‘rt kishidir. Birinchisi, Imomi 
A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahmatullohi alayh; ikkinchisi, lomi Shofe’iy Muhammad ibn 
Idris, rahmatullohi alayh; uchinchisi, Imomi Molik ibn Anas, rahmatullohi ayh; to‘rtinchisi, Imomi 
Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh. Ushbu mujtahidlarning mazhablari ko‘p masalalarda bir-biriga 
muvofiqdir. Muxolif bo‘lgan sunnat-oid masalalari ham bor, lekin ko‘p emas. 
Bizlar Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining mazhablaridamiz. Maishat va ibodat hukmlarining 
har qaysida shu mazhabga ko‘ra amal qilamiz. Musulmonlarning jam yarmi Imomi A’zam Abu Hanifa 
mazhablarida bo‘lsa , qolgan uch imomning mazhablarida bo‘lgan musulmonlar ham bor. 
Imomi A’zamdan boshqa bu uch imomning mazhablarida o’tganlarning musulmonliklarida kamlik 
yo‘q. Har mazhab ikkinchi mazhab ahlini o‘ziga do‘st va yaqin tutmog‘i zim. Bir-birlarini dushman 
tutmaklari aslo durust emas. Chunki musulmonlar bir-birlariga qarindosh va birodardirlar. 
 
"Ibodati islomiya " kitobidan qisqartirib olindi.
 


Nurul Izoh 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə