Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar
Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi, uylanish aslo mumkin 
bo‘lmagan ayollar. Ikkinchisi, vaqtincha uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar. 
Birinchi qismga uch xil: 1) tug‘ishganlik sababli; 2) uylanish sababli; 3) emish sababli uylanish 
mumkin bo‘lmagan ayollar kiradi. 
Niso surasining 23-oyatida shunday deyiladi: 
"Sizlar uchun onalaringiz, opa-singillaringiz, 
ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringning qizlariga... 
uylanishlaringiz harom qilindi" (mazmuni).
Emizish (razo’) sababli uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar: 
1.
Bolani emizgan ayol va u ayolning asli — onasi, onaning onasi, ular ayolga ona tomonidan 
bo‘lsalar ham, ota monidan bo‘lsalar ham baribir. 
2.
Kishining o‘zidan bo‘lgan qizi emizgan qizga, xotini emizgan razo’iy (bir kishining ayoli 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
birovning farzandini go‘dakligida emizsa, emizgan ayol emgan bolaga nisbatan ona kabidir) qiziga, 
ular qanchalik pastga cho‘zilib ketsalar ham, uylanish harom. 
3. Kishini emizgan ayol va uning qizlariga, ular qanchalik pastga qarab cho‘zilib ketsalar ham, 
uylanish mumkin emas. 
4. Kishi xotinini emizgan razo’iy onasi (tuqqan emas) va u onaning onasiga uylanishi mumkin 
emas. 
Imomi A’zam mazhabida razo’ sobit bo‘lish vaqti va emgan sutning miqdori belgilanmagan. Bir 
marta emsa ham razo’ sobit bo‘ladi. Ammo emgan bola tug‘ilganidan boshlab, to ikki yarim yoshga 
kirgunicha, ya’ni o‘ttiz oy muddat ichida bir marta emsa ham razo’ sobit bo‘lib, emizgan ayol emgan 
bolaga ona hukmida bo‘ladi. 
 Vaqtincha uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar
1.
Bir kishi bir vaqtda opa-singlisi yoki ayol bilan ammasini yoki ayol bilan xolasini nikohida olib 
turishi mumkin emas. Ammo opasi vafot etsa, uning singlisiga uylanishi mumkin. 
2.
Uch taloq qilgan xotinga bo‘lsa, u boshqa er bilan doim birga yashashni niyat qilib, turmush 
qilishi hamda u bilan sahih er-xotinlik davrida jinsiy aloqa qilgan bo‘lishi lozim. Ikkinchi eri o‘lsa yoki 
taloq qilsa, iddasi chiqqanidan so‘nggina birinchi eri bilan yana qayta turmush qurishi mumkin. 
3.
Birovning nikohidagi ayol
 
va iddasi tugamagan yoki eri vafot etgan ayol. 
Taloq qilingan yoki eri vafot etgan ayollar erlaridan homila bor-yo‘qligi aniq bo‘lgunicha ma’lum 
muddat boshqa turmush qurmay turishlari shart. 
4.
Mushrika ayol (butparast) to musulmon bo‘lmagunicha. Ahli kitob bo‘lgan yahudiy, nasroniy 
ayollarga uylanish mumkin. Ammo musulmon ayollarning boshqa dindagi odamlarga turmushga 
chiqishlari mumkin emas. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə