Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

 Qiyomat kuni
Qiyomat kuni Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlarda va boshqa yerlarda chirigan va 
har tarafga tarqalgan jasadlar Alloh taoloning kudrati bilan tiriklik vaktidagidek bo‘ladi. Alloh taolo 
hammadan ilgari Isrofilni, alayhissalom, tiriltirib, unga ikkinchi marta sur chalmoqni amr qiladi. 
So‘ngra har bir jasadga o‘zining joni kiradi. Shundan so‘ng qabrlarning usti ochilib, hamma go‘yo 
uyqudan uyg‘ongandek bo‘lib, tiriladi. Qabrlardan yer ustiga chiqadi. Hammalari Mahshar maydoniga 
jam bo‘ladi. Mahshar maydoni bandalarning dunyoda qilgan ishlari hisob taftish qilinadigan joydir. 
Har bandaga nomai a’mollari berilib, dunyoda qilgan amallari o‘zlariga ma’lum shnadi. Har kimning 
amallari adolat va to‘g‘rilik mezon va tarozusi bilan o‘lchanib, hisob qilinadi. Kimning jannatga va 
kimning do‘zaxga kirishi tayin tanadi. Mahsharda bandalarning amallarini Alloh taolo tarafidan 
buyurilgan farishtalar hisob va taftish qiladilar. Hamma jahannam ustiga qurilgan sirot ko‘pridan 
jannat tarafga o‘tmoqni orzu qiladi. Imonli, solih kishilar va gunohlari avf qilingan mo‘min bandalar 
g‘oyatda tezlik bilan o‘tib jannatga kiradilar. Sirot ko‘prigdan o‘tolmagan kishilar jahannamga 
tushadilar. 
Jannat va do‘zax
Jannat ne’matlarini til bilan aytib va qalam bilan yozib tamom qilib bo‘lmaydi. Jannatga tushgan 
har bir mo‘min bandaga eng katta baxt Alloh taoloni ko‘rmoqdir. Alloh taoloning bandalarga qanday 
ko‘rinmagi bizlarga ma’lum emas. Ammo Alloh taoloni jannatda ko‘rishga erishmoq lozim va 
vojibdir. 
Jahannam g‘oyatda qabohatli va mashaqqatli yerdir. Unga egan odamlar o‘t-olov bilan va boshqa 
har xil narsalar ham azoblanadi. 
Gunohkor banda
 
Islom dinining haqligiga va mo‘minlar ishonishi lozim bo‘lgan masalalarga dil bilan e’tiqod qilgan, 
lekin tilni saqlayolmay gunoh amallar qilgan kishi mo‘minlik va musulmonlikdan chiqmaydi, ammo 
fosiq va gunohqor bo‘ladi. Alloh taolo xoxlasa, fazl aylab har gunohni afv qilishi mumkin. Ammo 
zolimning zulmini mazlum bo‘lgan kishi bo‘lsa, xohlasagina, Alloh afv qilishi mumkin. Alloh taolo 
dunyoda tavba maqbul bo‘ladigan vaqtda, chin yus bilan tavba qilgan kishining gunohlarini 
kechirmakni va’da qilgan. Payg‘ambarimizning, alayhissalom, va boshqa solih kishilarning shafoatlari 
sabab bo‘lib, ko‘pchilikning gunohlari afv qilinmog‘i ham ehtimoldir. payg‘ambarimiz Muhammad, 
alayhissalom, gunohkorni shafoat qiluvchidirlar. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə