Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Qurbonlikka oid hukmlar
Qurbonlik qilish Imomi A’zam va Imem Muhammadga ko‘ra, vojib, Imom Abu Yusufga ko‘ra, 
sunnatdir. 
Muqim, hojati asliyadan ortiqcha mollarining qiymati zakot nisobiga yetgan kishi
 
o‘z hisobidan 
qurbonlik so‘yadi. Xotini, bola-chaqasi uchun qurbonlik qilishga majbur emas. Ularning mulklari 
bo‘lsa, o‘zlari alohida qurbonlik qiladilar. Biroq boy ota balog‘atga yetmagan farzandlari nomidan 
qurbonlik qilishi kerak degan olimlar ham bor. 
Qurbonlik uchun qo‘y, sigir, tuya kabi hayvonlar so‘yilishi mumkin. Yetti kishi birgalikda katta 
bosh hayvon so‘yishlari ham mumkin. Ularning bari musulmon va boy, qurbonlik qilish niyatida bir 
joyga to‘plangan bo‘lishlari kerak. Ulardan biri kofir yoki uyiga go‘sht olib borish uchun sheriklik 
qilgan bo‘lsa, bu yetti kishining qurbonligi joiz emas. Bu yetti kishi teng sherik bo‘lishlari shart. 
Oralaridan hatto bir kishining hissasi yettidan bir 
Bundan kam bo‘lsa, qurbonlik joiz emas. Ikki yoki uch kishi yeriklikda qurbonlik qilishlari ham 
mumkin. 
Qurbon hayitining birinchi kuni hayit namozidan so‘ng shitning uchinchi kuni shomgacha 
qurbonlik qilish mumkin

Kishiga qurbonlik qilish vojib yo vojib emasligi ging ayni o‘sha paytdagi 
ahvoliga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Masalan, hayitning uchinchi kuni quyosh botay deganida boy bo’lib, 
qurbonlik qilishga qodir kishi darrov qurbonlik qilishi lozim. Xuddi shu paytda mol-mulkidan ajralib 
zlgan kishi, hayitning ilk kunlarida bu ishga qodir qilgan bo‘lsa ham, unga jonliq so‘yish vojib emas. 
Belgilangan muddatda qurbonlik qilolmasdan, vaqtini o‘tkazib borgan kishi qurbonlik hayvoni yo 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
uning qiymatini kambag‘al kimsaga sadaqa qilib, qarzidan qutuladi. 
Olti oylik qo‘zi, besh yashar tuya, ikki yillik mol (sigir), tug‘ilishda shoxsiz bo‘lgan katta-kichik 
hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin. Bir yoki ikki ko‘zi ko‘r, tik turolmaydigan darajada kuchsiz, 
so‘yiladigan joygacha yurib yurolmaydigan darajada nimjon hayvonlar qurbonlik qilinmaydi. Chunki 
Alloh taolo oyati karimada: "Molingizning sizlarga eng qimmatlisidan Alloh uchun fido 
qilmaguningizcha, ehson qilguvchilardan bo‘la olmaysiz" (mazmuni) deb amr etgan. 
Qurbonlik go‘shtining bir qismini o‘zi oilasi bilan :a, uchdan bir qismidan kam bo‘lmaganini 
kambag‘allarga, bir qismi esa boy qo‘shnilarga ham tarqatiladi. Oilada shchilik bo‘lsa, qo‘shnilarga 
tarqatmay, go‘shtini to‘liq 1 oy ichida ishlatishi ham mumkin. Qurbonlik so‘yuvchi hayvon terisini 
vaqf muassasalariga berishi mumkin yoki o‘z ehtiyoji uchun ishlatishi mumkin. 
Jonliqni egasi so‘yishi juda fazilatlidir, buni eplay olmasa, o‘riiga vakil qo‘yadi. Faqat musulmon 
bo‘lmagan kishiga so‘ydirmaydi. Qurbonlikni "Bismillahi Allohhu akbar (Ulug‘ Alloh nomi bilan)" 
deb Allohning ismini zikr qilib so‘yadi. 
"Shu maqsadim amalga oshsa, shu xil hayvonni qurbonlik qilaman", deb va’da qilish nazr deyiladi. 
Berilgan va’dani bajarish vojibdir. Nazr yo shu ishim hal bo’lsa, falon payt shu xil jonliq so‘yaman" 
kabi ma’lum bir payti aniq yoki "shu ishim amalga oshsa, shunaqa jonliq so‘yaman" kabi payti noaniq 
bo‘lishi mumkin. 
Vaqti ma’lum nazrning vaqti kelsa, bajarilishi kerak. Vaqgi noma’lum bo‘lgan nazrlar sabab 
bo‘lgan ishlar amalga oshganida qilinishi kerak. Nazr qilinadigan hayvon qurbonlikka joiz bo‘lgan 
hayvonlardan bo‘lishi lozim. Bunga ko‘ra, nogiron hayvon va tovuq, xo‘roz kabi qurbonlik 
qilinmaydigan hayvonlar nazr qilinmaydi. Nazr qilingan go‘shtdan nazr qiluvchi ham, oila a’zolari 
ham yemasligi kerak. Zakot berish joiz bo‘lmagan kishilarga (yaqin qarindoshlar: ota-ona, farzand) 
berish mumkin. Go‘shtidan albatta kambag‘allarga tarqatish kerak. 
 


Nurul Izoh 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə