Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

 Taloq turlari
Dinimizda taloq qilish erning haqqi. Lekin erga qachon xohlasa, istaganiday taloq qilaverish 
ixtiyori berilmagan. Taloq chorasiz qolgandagina ishlatilishi kerak. Qachon, qanday ishlatilsa
shariatga muvofiq bo‘lishi ham bildirilgan. Shuning uchun fuqaholar taloqni ikki turga bo‘lganlar. 
1) Sunniy — shariat ko‘rsatmalariga muvofiq taloq; 
2) Bid’iy — shariat ko‘rsatmalariga xilof taloq. Bid’iy taloq qilgan kishi gunohkor bo‘ladi. Sunniy 
yuq ikki narsa: taloq qilingan vaqtga va taloqning adaga bog‘liq bo‘ladi. 
Vaqtga bog‘liq bo‘lgani, taloq qilingan vaqtda ayol hayzdan pok bo‘lishi hamda shu pokliqda er 
ayolga yaqinlik qilgan bo‘lishi lozim. Adadga bog‘liq bo‘lgan taloq esa, ayolning pok holida, ga 
yaqinlik qilmasdan bir taloq qilmoqdir. Chunki bir yuq raj’iy, ya’ni idda tugamay, nikohsiz qaytadan 
yarashish mumkin bo‘lgan taloqdir. Bir taloq qilganidan so‘ng, taxminan uch oyga yaqin vaqt ichida er 
taloq qilgan ayoli bilan, uning roziligidan qat’i nazar, nikohsiz yarashish huquqiga ega. Mazkur 
muddat o‘ylash, har tomonni mulohaza qilish uchun berilgan. Pushaymon bo‘lsalar, darhol yarashishi 
mumkin. Agar taloq qiluvchi yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilmay, ayolini hayz holatida yoki taloq 
adadini bittadan kirib, ikki, uch yo uchdan ko‘p taloq qilsa, unday taloq "bid’iy", sunnatga xilof bo‘lib, 
taloq qiluvchi gunohkor bo‘ladi. Bunda albatta taloq tushadi. Er-xotin janjallashib turishganida er 
"ket", "yo‘qol", taloqsan" kabi lafzlarni taloq niyati bilan aytsa, taloq chiqadi. Er hazil qilib, o‘ynab 
"taloq", desa ham taloq bo’ladi. 
Hanafiy mazhabida mast kishining hamda birov tomonidan taloq qilishga majbur qilingan kishining 
ham gapi taloq hisoblanadi.Agar er birovga xotinini taloq qilishni vasiyat qilsa o’zidan noib qilsa, u 
holda vasiyat qilingan va noib tingan kishi er nomidan taloq qilishi mumkin.


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Salohiddin Muhiddinning "Islomda oila, nikoh va taloq masalalari " kitobi asosida tayyorlandi.
 


Nurul Izoh 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə