Psixologiya” fakulteti “ijtimoiy-iqtisodiy fanlar”



Yüklə 262,48 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#146985
  1   2   3
IQTISOD NAZARYASI



O’zbekiston Resbuplikasi Oliy va O’rta Maxsus
ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali
PSIXOLOGIYA” fakulteti
IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR” kafedrasi
Iqtisod nazaryasi” fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: O’zbekistonda milliy valyutaning muomilaga kiritilishi.

Topshirdi: 431-22 guruh talabasi Fozilova Dildora
Qabul qildi: Saitov Siroj


Jizzax-2022
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
2. O‘zbekiston milliy valutasi - so‘m haqida 8 ma’lumot.
3.Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash.
4..Xulosa.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY VALYUTASINI JORIY ETISHGA OID TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF—870-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “So‘m” muomalaga chiqarilishini va 1994-yilning 1-avgustiga qadar so‘m-kuponlarning muomaladan to‘liq yig‘ishtirib olinishini ta’minlasin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 1-iyuldan boshlab mahsulotlar (ishlar)ga so‘m-kuponlarda bo‘lgan amaldagi narxlarning barcha turlari va xizmatlarning tariflari belgilangan yaxlitlash qoidalarini hisobga olgan holda 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbati bilan qaytadan hisoblab chiqiladi. Bunda tovarlarning qayta hisoblab chiqilgan chakana narxlari va xizmatlarning tariflari narxnomalarda albatta aks ettirilishi hamda xaridorlarga ko‘rinadigan joyga qo‘yilishi shart.
3. Respublikaning bank muassasalari 1994-yilning 1-avgustigacha mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning schyotlariga so‘m-kuponlarni qabul qilish va qo‘shib qo‘yishni 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” qilib belgilangan kurs bo‘yicha “So‘m” hisobida amalga oshirsinlar.
4. Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha yuridik shaxslar mazkur Tartib talablariga ko‘ra narxlarni qaytadan belgilasinlar hamda buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritsinlar.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
davlatlararo hisob-kitoblar savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida imzolangan hukumatlararo Bitimga muvofiq yuritiladi;
so‘m-kupon hisobida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasida yuridik kuchga ega bo‘lgan kontraktlar (shartnomalar), savdo, moliya, kredit hamda boshqa bitimlar yuzasidan majburiyat va talablar 1994-yilning 1-iyulidagi holatiga ko‘ra 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbatida qaytadan hisoblab chiqiladi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi navbatdagi savdoga qadar “So‘m”ning xorijiy valyutalarga nisbatan almashish kursi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra tasdiqlangan va 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbat bilan qaytadan hisoblab chiqilgan so‘m-kuponning almashish kursiga asosan belgilanadi.
Keyinchalik “So‘m”ning almashish kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida o‘tkaziladigan navbatdagi savdo natijalariga qarab belgilaydi.
7. Aloqa muassasalari 1994-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy shaxslarga ichki va tashqi pul o‘tkazish bo‘yicha pul mablag‘larini “So‘m” bilan to‘lasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyun,
307-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 307-son qaroriga


Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə