Usullari va tavsiyalar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#134338
  1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-muassasalarida-musiqa-o-qitish-usullari-va-tavsiyalar



MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MUSIQA O‘QITISH 
USULLARI VA TAVSIYALAR 
 
Iqlas Erkinovich Xojanov 
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 
Annotatsiya
: Bu maqolada berilgan metodik tavsiyalar va musiqiy material 
maktabgacha ta’lim muassasalari - bolalar bog‘chalarida bo‘lajak musiqa 
rahbarlarining zamon talablari asosida musiqiy mashg‘ulotlami olib borishiga 
qaratilgan. Maqolada ilmiy, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan 
tanishtirib, ularda uslubiy ko‘nikma hamda malakalarni tarkib toptirishda yaqindan 
yordam beradi. 
Kalit so‘zlar
: preschool educational institutions, general education school, 
teaching method, art and culture, school music science, methodical recommendations 
MUSIC TEACHING METHODS AND RECOMMENDATIONS IN 
PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS 
 
Iklas Erkinovich Khojanov 
Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 
 
Abstract
: Methodological recommendations and musical material given in this 
article are aimed at conducting musical training of future music leaders in preschool 
educational institutions - kindergartens based on the requirements of the time. the 
article introduces the complex of scientific, scientific-theoretical and practical 
knowledge, and closely helps in finding methodological skills and professional 
content in them.
Keywords
: national school, general education school, bakshi, jirov, ala Moynak 
school, teaching method, art and culture, school music 
 
Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi ekan, 
demak, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishni aynan maktabgacha ta’limdan boshlash 
lozimligi ko‘p bora uqtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-
son “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”1 gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ko‘plab samarali 
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari yangidan 
rekonstruksiya qilindi, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurildi, zamonaviy 
1 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.05.2019 yildagi 391-son 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
463
http://oac.dsmi-qf.uz


jihozlar bilan ta’minlandi, ta’lim-tarbiya berish jarayoni jadallashdi, yangi o‘quv 
dasturlari ishlab chiqildi, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim 
tashkilotlariga jalb qilish samaradorligi oshirildi. Buning hammasi kelajak avlodning 
yaxshi ta’lim tarbiya olishi uchun.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning musiqiy didini shakllantirishda 
musiqani ongli ravishda idrok etish ko‘zda tutiladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy tarbiyaviy ishlar bolalarda bog‘cha 
yoshidan boshlab olijanob fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar 
bog‘chalarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar yosh avlodni ma’naviy jihatdan 
yetuk, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishishida xizmat qiladi. Musiqa 
mashg‘ulotlari jarayonida kichkintoylar hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali 
idrok etib boradilar. Ular yoshiga mos musiqiy asarlar tarbiyalanuvchilarda unutilmas 
taassurotlar qoldiradi, ma’naviy dunyosini boyitadi. Bolalar bog‘chasida amalga 
oshiriladigan mehnat, hisob, atrofimizdagi olam kabi konkret mashg‘ulotlarda 
bolalarning abstrakt flkrlash, mantiqiy xotira kuchi kabi qobiliyatlari o‘sib borsa, 
musiqa mashg‘ulotlarida obrazli flkrlashi, nutq madaniyati, musiqiy uquvi
go‘zallikni his eta olish qobiliyati rivojlanib boradi. 
Turli uslublardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqiy mashg‘ulot 
kichkintoylarda badiiy nafosat zavqini uyg‘otadi, musiqaga qiziqishini o‘stiradi. 
Musiqa mashg‘ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, 
zamon talabiga mos ravishda olib borish bugungi kun bo‘lajak musiqa rahbarlari 
oldida 
turgan 
dolzarb 
vazifalardan 
hisoblanadi. 
Bu 
vazifalarni 
musiqa 
mashg‘ulotlarini o‘qtishga doir metodik tavsiyalar, mashg‘ulotlaming reja 
namunalari, bog‘chalarda o‘tkaziladigan ertaliklar, bayramlar, tadbirlar senariylari 
batafsil yoritilgan ushbu usuldan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin, 
deb o‘ylaymiz. 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə