O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli



Yüklə 125,93 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü125,93 Kb.
#152392
388-2-39-Q 23



2023 - yil 21 - noyabr 388-2-39-Q/23 Peshku tuman hokimligi
Buxoro viloyati hokimining 2023-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 457-2-0-Q/23-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
Buxoro viloyati hokimining 2023-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 457-2-0-Q/23- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:

  1. Buxoro viloyati hokimining 2023-yil 17-noyabrdagi 457-2-0-Q/23-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qilinsin.

  2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
Ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv-moddiy bazasini 2024-2028-yillarda bosqichma-bosqich mustahkamlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanganligi inobatga olinsin.

  1. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Ochilov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi (U.Jumayev), tuman mudofaa ishlari (M.Uzoqov), maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (X.Zikrillayev)ga tumanda yangi quriladigan ta’lim muassasalarining loyiha oldi hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


1
e-qaror.gov.uz 388-2-39-Q/23

fanining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash nazarda tutilishini ta’minlasin;
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, qurol saqlash xonalarini texnik qoʻriqlashni tashkil etish hamda oʻquvchi-yoshlarning harbiy poligonlarda amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish xarajatlarining mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab berilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
4. Mazkur farmoyish ijrosining nazorati tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi V.Qahhorov

2
Yüklə 125,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə