Usullari va tavsiyalar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#134338
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-muassasalarida-musiqa-o-qitish-usullari-va-tavsiyalar

Musiqa mashg‘ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan iborat: 
1. Musiqiy-ritmik harakatlami bajarish. 
2. Musiqa tinglash. 
3. Musiqa savodi. 
4. Qo‘shiq kuylash. 
5. Bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish. 
Endi har bir faoliyat turiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
- musiqiy-ritmik harakatlar. Milliy ruhni o‘zida aks ettirgan xalq qo‘shiqlari, 
laparlari bolalarning olamni badiiy his etishlariga, zavqlanishlariga yordam beradi. 
Musiqiy obrazlarga muvofiq turh xarakterdagi harakat va raqslarni, turli obrazlarni 
tasvirlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ritmik harakatlar musiqiy qobiliyatni 
shakllantirish va rivojlantirishda juda muhimdir. Musiqiy-ritmik harakatlar bolalar 
ruhiyatiga musiqiy asaming mazmuni va kayfiyatini singdiradi, bu bolalarning 
jismoniy sog‘lom bo‘lishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- musiqa tinglash - har bir bolaning musiqa tinglash madaniyatining shakllanishi 
va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola, avvalo, musiqani idrok etib, 
so‘ngra unga mos harakatlarni bajaradi; 
- musiqa savodi. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalar qo‘shiq kuylash, musiqa 
tingiash bilan birga qo‘shiqlar, musiqiy asarlarning tuzilishi, tempi, xarakteri, ladi, 
kuyi, ritmi, tovush balandligini ham ongli ravishda anglashlari lozim. Bu ulaming 
aqliy salohiyati, musiqiy uquvi, xotirasi, nutqi, ongi va bilimini oshiradi; 
- qo‘shiq kuylash. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalaming nutqi, musiqiy uquvi, 
musiqiy qobiliyati, xotirasi rivojlanadi. Jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash bolalami 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
466
http://oac.dsmi-qf.uz


do‘stlikka chorlaydi, ulaming o‘zaro hurmat, tabiatga va Ona-Vatanga muhabbat kabi 
tuyg‘ularini tarbiyalaydi; 
- bolalar musiqiy cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish - musiqa mashg‘ulotlarida eng 
qiziqarli, barcha bolalar sevib qatnashadigan faoliyat turidir. Bolalar musiqa cholg‘u 
asboblari orqali jonh ijro har qanday bolani o‘ziga jalb etadi. Ularning musiqaga 
bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, ritm tuyg‘usi, musiqiy uquvi, xotirasini 
mustahkamlaydi. Kichkintoylarda ajablanish, zavqlanish, hayratlanish, quvonish kabi 
ruhiy holatlami vujudga keltiradi. 
Musiqa mashg‘ulotlarining tarbiyaviv 
vuzifa va maqsadlar 
Musiqa mashg‘ulotlarining ta’limiy 
vazifo va maqsadlari 
Bolalarda harakat uyg‘unligini oshirish, 
ritmga mos qadam tashlash, yengil 
yugurish, oyoq to‘pillatish va qo‘llar 
bilan m&shqlar bajarishga o‘rgatish. 
Bolalaming musiqiy-ritmik 
ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Asarni mazmuniga ko‘ra qismlarga 
ajrata olish hamda harakatda ifodalash 
malakalarini oshirish 
Musiqa ohangini his etish va musiqa 
tingiash madaniyatini shakllantirish. 
Quvnoq va g‘amgin musiqa ohanglarini 
farqlashga, ketmaket tovushlami 
kuylashga o‘rgatish. 
Bolalarda musiqani his etish, kuylash va 
tingiash qobiliyatlarini rivojlantirish 
Davr bilan hamohang, faslga mos 
qo‘shiqlami kuylashga o‘rgatish. 
Musiqa jo‘rligida ovozning sof va 
jarangdorligini rivojlantirish. 
O‘zbekxalq raqs elemenUarini musiqa 
jo‘rligida o‘rgatish va ijodiy 
qobiliyatlarini tarbiyalash. 
Raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishni 
oshirish. 
Bolalami milliy cholg u asboblari bilan 
tanishtirish. Zarbli va torii asboblarda 
ijroga o‘rgatish. 
O‘zbek milliy cholg‘ulariga bo‘lgan 
qiziqishlarini oshirish 
O‘yin davomida harakat ijodkorligini 
oshirish. 
Bolalar faolligi hamda jamoaviyligini 
oshirish 
Musiqa mashg‘ulotlari
kichik guruhda - 15-20; 
o‘rta guruhda - 20-25; 
katta guruhda -25-30; 
tayyorlov guruhida - 30-35 daqiqa davomida olib boriladi. 
Bu mashg‘ulotlar o‘quv mazmunidan kelib chiqib, dastur asosida tuzilishi lozim. 
Bunda musiqiy asarlarning badiiy mazmuni, bolalar yoshiga mosligi, ilg‘or 
pedagogik texnologiyalardan foydalanilganligi hisohga olinadi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
467
http://oac.dsmi-qf.uz


bolalar bog‘chalarida qo‘shiq kuylashni o‘rgatishga doir metodik tavsiyalar: 
Qo‘shiq kuylash musiqa mashg‘ulotining asosini tashkil etadi. Har bir qo‘shiq 
ma’lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutib tanlanadi. 
Qo‘shiqlarni ma’lum bir tizimga solishda oddiydan murakkabga qarab borishga rioya 
qilish kerak. Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga muvofiq tanlash tavsiya etiladi: 
- tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va xarakteri;
- qo‘shiq matnini yod olish osonligi, badiiy yuksakligi va bolalarning lug‘at 
boyligiga mosligi;
- ohangning xarakteri, intonatsiya ifodasi, kuyning o‘lchovi, tessiturasi va 
diapazonining bolalar ovoziga mosligi; 
- qo‘shiqning musiqa cholg‘u asboblari (fortepiano) jo‘rligi uchun klaviri: badiiy 
xususiyati va ifodaviyligi, bolalar yoshiga mosligi
- qo‘shiqning shakli, necha nahorat, qismdan iboratligi (bir, ikki qismli yoki 
ko‘plik shaklida tuzilganligi), nahoratning mavjudligi. 
Yalla, lapar, alla kabi qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari, shuningdek, terma qo‘shiqlar 
milly musiqiy- ritmik harakatlari bilan o‘rgatiladi. Musiqa rahbari qo‘shiqlarni 
bolalarga yoqimli ovozda ifodali aytib berib tanishtiradi. Mazmunini obrazli, qiziqarli 
tarzda bolalar ongiga yetkazlishiga harakat qiladi. Bunda u ko‘rgazmali qurollar, 
musiqiy-ritmik harakatlardan foydalanadi. Qo‘shiq mazmuni va xarakterini bolalar 
yaxshi anglab olganlaridan so‘ng o‘rgatishga kirishadi. Bolalar toliqib qolmasliklari 
uchun qo‘shiq o‘rgatish uslubi vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turiladi. Bolalar qo‘shiqni 
stulchalarga suyanib o‘tirgan holda kuylaydilar. Bu paytda ular qomatlarini to‘g‘ri 
tutishlari lozim. Stulchalar bolalarning bo‘ylariga mos bo‘lishi kerak, ya’ni 
suyanadigan qismiga yengil tayanib turish mumkin bo‘lsin. Qo‘shiq kuylanayotganda 
qo‘llar tizzaga qo‘yilgan bo‘lishi shart. Qo‘shiq mazmuniga mos musiqiy-ritmik 
harakatlami bajarish bolalarning ko‘krak qafasi va nafas yo‘llarini yaxshi 
rivojlanishiga yordam beradi. Qo‘shiq kuylash engil va oson amalga oshirilishi 
tufayli bolalar diqqatini tez jalb etadi. Musiqa ijrochiligida ovoz eng qulay vositadir, 
chunki qo‘shiq kuylashni turli sharoitlarda tez va oson tashkil etish mumkin. Musiqiy 
taibiya ishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng bolalarga ulaming yoshi va ovoziga 
mos qo‘shiqlarni kuylatish natijasida tarbiyalanuvchilarning ovoz apparati yaxshi 
rivojlanadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə