Usullari va tavsiyalar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#134338
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-muassasalarida-musiqa-o-qitish-usullari-va-tavsiyalar

Qo‘shiq repertuarini tanlashda bolalarning quyidagi ovoz diapazoni 
qoidalariga rioya etish tavsiya etiladi:
- ikki-uch yoshli guruhlarda ovoz diapazoni mi
1
-lya
1
;
- uch-to‘rt yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re
1
-lya
1

- to‘rt-besh yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re
1
-si
1

- besh-olti yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re
1
-do
1
;
- olti-yetti yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re
1
-re
2
.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
468
http://oac.dsmi-qf.uz


Barcha guruh bolalari uchun (fa
1
-si
1
) engil primar registr hisoblanadi. Shuning 
uchun kichik diapazonli qo‘shiqlar, turli vokal-xor mashqlarini ko‘pincha mazkur 
registrda kuylatish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalarda musiqiy qobiliyatning har 
tomonlama rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolaning 
fikrlash qobiliyati, nutqi, idroki o‘sadi. Bolalar ovozini asrab tarbiyalashning zarur 
shartlaridan biri qo‘shiqlarni ularning yoshiga va ovoz diapazoniga qat’iy rioya etib 
tanlashdan iboratdir. 
Musiqa tinglashga doir metodik tavsiyalar: Insonlarda musiqa tinglash 
madaniyati yoshlikdan shakllanadi. MTM larda bolalar musiqa tinglash 
ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradilar. Musiqashunos olimlar bolalarni musiqiy 
tarbiyalashda musiqa tinglash faoliyatiga alohida e’tibor bermoqdalar. Musiqa 
mashg‘ulotlarida bolalarning musiqa tinglash ko‘nikmasini shakllantirish uchun 
quyidagi vazifalami amalga oshirish lozim:
- bolalarni yoshiga mos xalq, mumtoz va zamonaviy musiqa namunaiari bilan 
tanishtirish;
- bolalarning musiqiy asarlarda tasvir etilgan badiiylikni his qilsh qobiliyatlarini 
rivojlantirish;
- musiqa haqidagi boshlang‘ich ma’lumot (asar nomi, bastakor va shoirlarning 
nom)larini, asar mazmunini ko‘rgazmali qurollar yordamida ochib berish;
- tinglagan asariga baho bera olish, uning xarakteri, janrini aniqlashga o‘rgatish;
- tinglagan asariga mos rasmlar chizish, hikoyalar tuzish, musiqiy-ritmik 
harakatlar bajarishni o‘rgatish. Musiqa tinglash uchun tavsiya etilgan va repertuarga 
kiritilgan musiqiy asarlar musiqiy obrazlar orqali bolalarda jonajon vatanga 
muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e’zozlash, hamjihatlik, rahm-shafqat kabi 
xislatlarni shakllantirishga qaratilgan. Bu tarbiyaviy maqsadga erishishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Musiqa haqida boshlang‘ich ma’lumotlar berish bolalarni 
o‘rganilgan asarlar nomini eslashga, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarini 
farqlash hamda asarlarga ma’lum ma’noda baho bera olishga o‘rgatadi. Bolalar 
diqqati uncha barqaror bo‘lmaganligi tufayli ular yorqin yangraydigan musiqiy 
asarlarni idrok etishga qodir bo‘ladilar. Kichkintoylar, ayniqsa, so‘zli asar 
(qo‘shiq)larni yaxshi idrok etadilar, chunki so‘z va ohang birlgi musiqiy asar 
mazmuning oson idrok etishga yordam beradi. Xususan, musiqa rahbari kuy-
qo‘shiqlarni ijro etganda uning tanish ovozi va ifodali intonatsiyasi, mimikasi va 
ishoralari bolalarni maftun etadi. Shu vaqtda bolalarda musiqa ohanglari orqali hosil 
bo‘lgan zavqlanish, quvonish, ajablanish kabi holatlarni kuzatish mumkin. Yangi 
musiqiy asar bilan tanishtirishda musiqa rahbarining jonli, ifodali ijrosi va qisqa, 
qiziqarli kirish so‘zi katta rol o‘ynaydi. Bolalar musiqiy asarning mazmunini bilib 
olganlaridan so‘ng ularda o‘z taassurotlarini hikoya qilib berishga ishtiyoq paydo 
bo‘ladi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
469
http://oac.dsmi-qf.uz



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə