Usullari va tavsiyalar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#134338
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-muassasalarida-musiqa-o-qitish-usullari-va-tavsiyalar

Kichkintoylaming musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat
:
- musiqiy uquvi (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyati); 
- tembr uquvi (musiqiy tovushlami bir-biridan farq qilish);
- ritm tuyg‘usi (musiqaga mos harakat bajarish, qadam tashlab, chapak chalib 
musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash). Bolalarning musiqiy qobiliyatlari 
musiqiy mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida 
muntazam ravishda rivojlanib boradi.
Bolalar bog‘chalarida olib boriladigan musiqa ta’lim-tarbiyasining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat:
- kichkintoylami musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish;
- musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional his-
tuyg‘ulami hosil qilish yo‘li bilan ulaming musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
464
http://oac.dsmi-qf.uz


- bolalami musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa ostida ritmik harakatlarnii 
bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy 
qobiliyatlarini shakllantirib borish;
- bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, tabiiy va 
ifodali kuylashga o‘rgatish va odatlantirish;
- musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy fikr 
yuritishni rivojlantirish;
- musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlami o‘yin va 
raqs shaklida ifoda etishga o‘rgatish;
- musiqa mashg‘ulotlarida bolalarni milliy qadriyatlarimiz bilan tanishtirish
milliy cholg‘u sozlarimiz jo‘rligida milliy musiqiy-ritmik harakatlami bajarishga 
o‘rgatish;
- musiqa mashg‘ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, bog‘chada 
o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli 
ertaliklar, konsertlar tashkil etish. 
Musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar orqali 
idrok etib boradi. Bog‘chada musiqiy tarbiya ishlari badiiy adabiyot va tasviriy san’at 
bilan uzviy ravishda bog‘langan holda amalga oshiriladi. Turli metodlardan 
foydalanib o‘tkaziladigan musiqa mashg‘uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq 
uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati va nuqtini 
o‘stiradi. Bundan tashqari musiqiy o‘yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg‘usi, 
chaqqonlik va harakatchanik malakalarini shakllantirib, qomatning to‘g‘ri o‘sishiga 
yordam beradi. Bu bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb 
etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta’lim, 
tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan shakllantirishda 
nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. “Musiqa rahbari tomonidan 
yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalami barkamol inson bo‘lib yetishishlariga 
ijobiy ta’sir etadi. Bu ishda bolalar bog‘chasi pedagogik jamoasining ishtiroki va 
faolligi juda muhimdir”
2

Bolalar bog‘chalarida musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan 
asosiy maqsad, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg‘otish, ularni barkamol 
inson qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda milliy 
musiqa ohanglari yordamida zaruriy bilim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi. Bu 
mashg‘ulotlardagi har bir faoliyat turi bolalarning musiqiy didini rivojlantiradi. 
Musiqiy mashg‘ulotlar oldiga qo‘yilgan har qanday maqsad va vazifalarni 
amalga oshirish, avvalo, musiqa rahbarining pedagogik tayyorgarligiga bog‘liq. 
2
G. Sharipova , SH. Yakubova. Maktabgacha ta’lim muas sasalarida musiqa 0 ‘qitish metodikasi o‘quv qo‘llanma. 
Toshkent - 2007 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 2 / April 2023
465
http://oac.dsmi-qf.uz


Musiqiy mashg‘ulotlar bog‘chada o‘tiladigan boshqa mashg‘ulotlardan ancha 
farq qiladi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
- musiqa mashg‘ulotlari musiqa savodi va ijrochilikka doir bir necha faoliyat 
turlaridan (qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqiy-ritmik harakatlami bajarish, 
musiqa savodi, bolalar musiqa cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish) tashkil topadi;
- bu mashg‘ulotlar boshqa mashg‘ulotlardan o‘zining ifoda vositalari, ya’ni “tili” 
bilan farq qiladi. Tasviriy san’at ranglar bilan, adabiyot so‘z bilan, musiqa esa 
tovushlar orqali vujudga keladigan ohanglar vositasida insonga ta’sir etadi;
- musiqa mashg‘ulotlari bolalarning ruhiyatiga, emotsiyasiga faol ta’sir 
ko‘rsatib, ularni quvontiradi, ijodiy kechinmalar hosil qilib, ma’naviy ozuqa beradi;
- musiqa mashg‘ulotlari jismoniy tarbiya, rasm, odobnoma, atrofimizdagi olam 
kabi mashg‘ulotlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Musiqiy mashg‘ulotlami olib 
borishda musiqa rahbari kichkintoylaming yoshi va qiziqishlarini e’tiborga olishi 
lozim. Mashg‘ulotning tuzilishi o‘quv materiallarining mazmunidan kelib chiqishi 
kerak. Bunda asarlaming ta’lim, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy saviyasi, bolalar 
yoshiga mosligining hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə