Reja: "Umumiy pedagogika" fanining maqsad va mazmuni



Yüklə 45,06 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#159323
”Umumiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari


Mavzu:”Umumiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari
Reja:
1.”Umumiy pedagogika” fanining maqsad va mazmuni.
2.Pedagogika nazarya haqida tushuncha
3.Pedagogika nazaryasi asoslari
4.Pedagogika nazaryasini o’rganish zarurati.

Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib paidagogos “bola” va”yetaklayman”) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari ,muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning moxiyati va muammolarini o’rganadigan fan.Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jixati –uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazaryasi) va tarbiya nazaryasi fanning muhim tarkibiy qismlari xisoblanadi.


Didaktika (ta’lim nazaryasi ,yunocha didaktikos “o’rgatuvchi” ,didasko”o’rganuvchi”) ta’limning nazariy jixatlari ,ta’lim jarayonining moxiyati , tamoyillari ,qonuniyaylari ,o’quvchi vao’qtuvchi faoliyatlari ta’limning maqsadi , mazmuni ,shakl , metod , vositalari , natijasi , ta’lim jarayonini takamillashtirish yo’llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Talim o’z moxiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi .Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni berishga yo’naltiriladi .Umumiy ta’lim asosida o’zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus talim olishi uchun asos bo’ladi .Maxsus ta’lim- o’zida mutaxasislik xususiyatlarini namoyon qilib ,shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni b
erish asosida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi
Respublikamiz mustaqillik yillarida ta’lim –tarbiya tiziminitubdan islox qilish maqsadida bir qator asoslarni ishlab chiqdi.”Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinish “Qadirlar tayyorlash Milliy Dasturi” ning yaratilishi vaamaliyotga tadbiq etilishi xalq ta’limi sohasida ham buyuk burilishlar yasadi. Milliy pedagogikamizning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi ,ta’lim-tarbiya jarayonida Al-Buxoriy,At- Termiziy ,Abu Rayxon Beruniy ,Az-Zamaxshariy ,Alisher Navoiy ,Zahiriddin Muhammad Bobur ,Ogohiy , Abdulla Avloniy , singariulug’ olim –u adiblar , merosidan foydalanish imkoniyati yaratildi .Ular ta’limdagi milliy xususiyatga alohida e’tibot berishgan .Tarixdan ma’lumki Sharq pedagogikasi nihoyatda gullab –yashnagan. Olmon olimiXerler”Sharq Yevro’paning muallimidir”deganida ana shu rivojlanish davrlarini ko’zda tutgsndir ehtimol.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga chex pedagog olimi Yan Amos Komeniskiyning hissasi katta bo’ladi .Uning “Buyuk didaktika” asari haqli ravishda pedagogika sohasidayaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi .
Pedagogika fanini mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud .Ayniqsa maqollar , ertaklar , dostonlar , ashulalar ,udumlar vatopishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan.=
Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari.
“Maktabgacha pedagogika” fani maktabgacha ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Pedagogika fanining maqsadi:mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy muammolarni va ularni hal etish yo’llarini tadqiq qilish .
O’zbekiston Respublikasida demakratik ,insonparvar hamda huquqiy jamiytni barpo etish sharoitidamazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash ,
Tizimini ishlab chiqish , milliy istiqlolg’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazaryasini ijodiy rivojlantirih vazifasini hal etadi .
Mazkur jarayonda quydagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi :
1)Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali qadrni tarbiyalashgayo’naltirilgan pedagogic jarayonning mohiyatini o’rganish .
2)Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash .
3)Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda ,rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish .
4)Ta’lim muassasalari hamda ,ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash .
5)Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish .
5)Pedagoglarni pedagogika nazaryasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish .
6)Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogic shart –sharoitlarni yaratish .
7)O’qitish hamda tarbiyalash jarayoninig samarali texnologiyalarini yaratish .
8)Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy metodik dasturlarni ishlab chiqish .

  • Pedagogikaning eng muhim kategoriyalari :

  • Shaxs

  • Tarbiya

  • Ta’lim

  • Bilim

  • Ko’nikma

  • Malaka

  • Ma’lumot

  • Rivojlanish

Pedagogik ilmiy –tatqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash ,unga muayyan yo’nalishlarda chuqur ,puxta imiy bilimlarniberish tamoyillari,ob’yektiva sub’yektiv omillarni aniqlovchi pedagogic jarayonningichki mohiyati ,aloqa va qonuniyatlarinimaxxsus tekshirish va bilish usullari.
-Pedagogik kuzatish metodi .
-Suhbat metodi .
-Anketa metodi .
-Interyu metodi .
Ta’lim muassasi hujatlarini tahlil qilish
-Test metodi .
-Pedagogik tahlil metodi .
-Bolalar ijodinio’rganish metodi .
-Pedagogik tajriba metodi .
-Matematik –statistik metodi.
“Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va MTT sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi.
U maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi.
Mazkur fan “Umumiy pedagogika”ning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. “Maktabgacha pedagogika” fani maktabgacha yoshdagi bolalarga yaxlit tarbiya berishni ko‘zlangan maqsadni, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligini, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaydi.
“Maktabgacha pedagogika” fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihatini, ya’ni, shu yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (yunon. “didaktikos” – o‘rgatuvchi, didasko – o‘rganuvchi) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanining ob’ekti – maktabgacha pedagogik faoliyat jarayoni sanaladi.
“Maktabgacha pedagogika” fanining predmeti – maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalaridan iborat.
“Maktabgacha pedagogika” fani bola shaxsini shakllantirishdek, ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi.
Fanining maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli hal etadi. Bu jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:


1. Bola shaxsini har tomonlama uyg‘un rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.


2. Bolani har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida ta’lim tizimini takomillashtirish.
4. MTT, ularda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar faoliyati mazmunini asoslash.
5. Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim pedagogikagasi oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
8. O‘qitish, tarbiyalashning samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining asosiy kategoriyalari maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi shaxsi kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi.

Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: ta’lim (o‘qitish, o‘qish), tarbiya, ma’lumot, shakllanish va rivojlanish.
Ta’lim – tarbiyalanuvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Ta’lim o‘zida uch asosiy elementni aks ettiradi: bilim, ko‘nikma va malaka.
Bilim – tarbiyalanuvchining ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ta’lim ikki tomonlama tavsifga ega bo‘lib, o‘qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi.
O‘qitish – pedagogik faoliyat bo‘lib, u bilim, ko‘nikma, malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
O‘qish – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir.
Tarbiya – muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
“Tarbiya” tushunchasi “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”ning asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi.
Tor ma’noda tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma, malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Shakllanish – pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lib, ko‘pincha “shaxsning shakllanishi” tarzida ishlatiladi. Jumladan, pedagog olim Yu.K.Babanskiy shaxsning shakllanishi “muhit, irsiyat, tarbiya ta’sirida uning rivojlanishi jarayoni va natijasi” ekanligini ta’kidlaydi. V.A.Slastenin, I.F.Isayev, Ye.N.Shiyanovlarning fikricha, shakllanish – hayotiy faoliyat jarayoni va maxsus tarbiyaviy xatti-harakatlar ta’sirida inson rivojlanishining muhim shakli. Shaxsning shakllanishi – ijtimoiylashuv, tarbiya va o‘zini-o‘zi rivojlantirish jarayoni va natijasi. Shakllantirish – “aniq shaklga kiritish, tugallanganlik” ma’nolarini bildiradi.
Bizningcha, shakllanish pedagogik tushuncha sifatida zamonaviy yondashuv asosida I.P.Podlasiy tomonidan to‘liqroq ochib berilgan: “Shakllanish – hech qanday istisnosiz omillar – ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik va b.ning ta’sirida insonning rivojlanish jarayoni. Shakllanish – undan keng foydalanilayotganligiga qaramay, hali to‘liq o‘zlashtirilmagan pedagogik kategoriya. Shakllanishning mazmuni ba’zi holatlarda juda qisqarib ketadi, ba’zan esa, haddan tashqari kengaytirib yuboriladi. Avval nashr etilgan pedagogik adabiyotlarda shakllanish atamasi ba’zan boshqarilmaydigan, shaxsga ta’sir ko‘rsatuvchi tasodiflarni aniqlash uchun qo‘llanilgan. M: pedagogika qo‘llanmasining taniqli muallifi P.N.Gruzdev shakllanishni stixiyali tarbiya – “ongli faoliyatdan mustaqil tarzda insonlarga ta’sir etuvchi turli shart-sharoitlar” deb nomlashni taklif etgan”.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Boshqacha aytganda, rivojlanish deganda tarbiyalanuvchining psixikasi va jismoniy taraqqiyotida bosqichma-bosqich va qonuniy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga aytiladi. Rivojlanish – yangi sifat holatiga o‘tish, harakat va o‘zgarishlar jarayoni. Maktabgacha ta’lim pedagogikasida rivojlanish haqida gap ketganda yoshga doir (maktabgacha yosh davrlari bilan bog‘liqlikda rivojlanishning o‘ziga xosliklari va qonuniyatlari), individual (rivojlanishning individual o‘ziga xosliklari), shaxsiy (bolada shaxsiy sifatlarning yuzaga kelishi va ularning o‘ziga xosliklari) rivojlanishni alohida ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika – bola shaxsi ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena – bolalarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha ,qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinining bolalarini sayr qildirgan , ehtiyot qilgan ,harbiy mohoratni o’rgatgan yarbiyachini ya’ni qullarni “pedagog” (bola yetaklovchi ) deb atashgan .Keyinchalik esa, maxsus o’qitilgan va pedagoglikni o’ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan .
20 –asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani pedagogikaning aiohida tarmog’ sifatida dunyoga keldi .Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogic qarashlari va ta’lim- tarbiya tizimi qiyosiy –genetik yo’sinda bir –biriga solishtirilgan holda o’rganildi .Pedagogikaning bu tarmog’i ta’lim –tarbiya borasidagi eng ilg’or usul va yondashuvlarni solishtirish ,maqsadga muofiqlarini muayyan milliy pedagogik fan vaamaliyotga tatbiqqilish imkonini beradi .
Bir qancha mamlakatlarning rivojiga ham ,boshqalarning esa qoloqliklariga ham ko’pincha o’sha mamlakatdagi pedagogikaning holati sabab bo’lgan .Xususan ,Sharq xalqlari o’z vaqtida eng qadimiy va ilg’or pedagogik qarashlar tizimini yaratgan bo’lishlariga qaramay ,shu tizimni zamona talablariga muofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatdan qoloq holga tushib qoldilar .
O’zbek pedagogikasi juda qadim tarixga ega bo’lib uning dastlabki ildizlari Avesto ,Urxun-Yenisey ,bitiklariga ,Selung’ur madaniyatiga borib taqaladi
.Avestodagi ezgu fikr ,ezgu so’z va ezgu amal haqidagi, kishilarga ko’gil ma’rifati berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogic qarashlar ning dastlabki namunasi bo’lib ,yetuk insonni shakillanturishga yonaltirilgan .Milliy pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf ta’limoti hal qiluvchi o’rin tutadi .Chunki Qur’oni karim ,Xadisi sharif va tasavvuf ta’lomotining markazida , axloq ,komil inson ma’naviyatini shakillantirish turadi .
17-asrdan boshlab ,milliy pedagogikada ta’lim-tarbiyaning mohiyatiga emas ,balki tashqi jihatlariga e’tibor kuchaydi ,turmush talablarini hisobga olmay ,hayotiy zamindan uzilish bo’ldi .Natijada ,jamiyat taraqqiyoti susaydi ,ijtimoiy –siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi .
Rassiya bosqini va sho’ralar zamonida milliy pedagogika kuchli tanazzulni boshdan kechirdi .To’g’ri ,ayni shu davrda u limning alohida sohasi sifatida tarkib topdi .Lekin sho’ro davridagi o’zbek pedagogikasi to’lig’icha g’arbiy asoslarga qurilgan ,begona tamoyillarga tayangan fan bo’ldi.Unda millat ma’naviy tajribasi ,uning asrlar mobaynids shakillangan an’analari ,ruhiy to’gamlari hisobga olinmagan
O’zbekistonning mustaqillikga erishishi natijasida millat ong bo’g’uvdan , mafkuraviy qolibdan ,buyruqqa muvofiq firlash zug’umidan qutildi .Bu hol pedagogikaning sog’lom aql ,milliy ruhiyat va an’analarga mone tarzda yo’lga qo’yilishiga imkon yaratdi .Bugungi o’zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi engso’ngi yutuqlarga tayan gan holda taraqqiy etmoqda .Zamonaviy o’zbek pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan .Bu pedagogik ta’ lim –tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etisharini ko’zda tutadi .Bolalar , yoshlar opedagogik jarayonning ob’yektigina emas ,balki sub’yekti , ya’ni ijrochisi ham ekanligiga alohida alohida e’tibor qaratilmoqda .Ayni vaqtda ,barcha pedagogik tadbirlar ta’lim –tarbiya oluvchilarning mustaqil fikrlashlarini ta’minlash ,ularda tarbiyalanish va o’qishga ehtiyoj uyg’otishgayo’naltirilgan holda tashkil etilmoqda .Bugungi o’zbek pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yig’indisi emas balki bola shaxsi bosh qadiryatga aylangan .Shuning uchun ham milliy pedagogikada faqat bilimli o’quvchilar tayyorlashga emas balki izlanuvchan ,tashabbuskor shaxsni shakllantirishga asosiy etibor qaratilmoqda .
Zamonaviy o’zbek pedagogikasi rivojida E. Qodirov ,S.Dolimov ,Q.Ahmedov .D.Shodiyev ,A.Zunnunov, F.Musayev ,J.Ikramov ,K.Hoshimov . J.Yo’ldashev ,Y.Abdullayev N.Shodiyev . M Quronov ,L. Mo’minova ,B. Qodirov singari olimlar tomonidan olibborilgan ilmiy tatqiqot ishlari muhim o’rin olgan .
Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə