Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
NIKOH VA TALOQQA OID HUKMLAR 
 
Uylanishning shariy hukmi 
 
Shariatda uylanishning hukmi, kishining jismoniy quvvati, oila mas’uliyatini uddalashi, uylanmasa, 
zinoga ketish xavfiga ko‘ra, besh xil bo‘ladi: 
1.
Uylanishi farz. Bu hukm uylanishga, oilani boqishga layoqatli va xotinga zulm qilmaydigan 
kishilar uchundir. Uylanmasa, zinoga ketishi aniq. Ular uylanmasalar, katta gunohkor bo‘ladilar. 
2.
Uylanishi vojib bo‘lgan kishi. Uylanmasa zinoga ketish xavfi bor, uylansa, xotinni boqa oladi, 
unga zulm qilmaydi. Bunday kishilar uylanmasalar, gunohkor bo‘ladilar. 
3.
Uylanishi sunnat. Uylanmasa ham, o‘zini zinodan saqlay oladi. Uylansa, xotinini boqishga va 
unga zulm qilmaslikka qodir. Bunday kishilar uylansalar savob bo‘ladi. 
4.
Uylanishi harom. Uylansa, xotinini boqa olmaydi, unga zulm qilishi aniq, jinsiy aloqaga qodir 
emas. Bunday kishilarning uylanishi harom. Jinsiy aloqaga qodir bo‘lib, uylanishga mablag‘i yo‘q 
kishilarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, mablag‘ topgunga qadar ro‘za tutishni tavsiya 
etganlar. 
5.
Uylanishi makruh. Bu hukm uylansa, xotinini boqa olmasligi yoki jinsiy aloqaga yaramasligi 
ehtimoli ko‘proq bo‘lgan kishi uchundir. 
 
Nikoh marosimi
 
Hanafiy mazhabimizda birovni birovga majburan nikoh qilish mumkin emas. Shunga ko‘ra, nikoh 
vaqtida qiz yo ayoldan: "Siz mana bu falonchiga turmushga chiqishga rozimisiz", erkakdan: "Mana bu 
falonchining o‘zingizga jufti halol bo‘lishiga rozimisiz" kabi iboralar bilan eng kamida ikki erkak yoki 
bir erkak va ikki ayol guvohligida so‘raladi. 
Nikohlanuvchilar bir-birlarining rozilik so‘zlarini, guvohlar har ikki tomonning rozi ekanini 
bildiruvchi zlarini eshitishlari lozim. 
Nikoh sahih bo‘lishi uchun har ikki tomonning nikohga roziligi, guvohlar bo‘lishi, ayol erkakka 
shar’an nikoh qilinishi mumkin bo‘lishi, ya’ni, unga mahram bo‘lmasligi shart. Nikohdan oldin 
mahrning hammasi yoki bir qismi berilishi lozim. 
Mahr shaxsan ayolning o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan ma’lum mablag‘dir. Mahrning miqdori ayol 
yashab turgan joy, u dagi urf-odatlar, jamiyatning iqtisodiy ahvoliga qarab belgilanadi. Mahr kelinning 
haqqi bo‘lib, undan zo‘rlab olishga kuyovning ham, otasining ham, haqlari yo‘q. Ammo kelin o‘z 
ixtiyori bilan otasiga yoki kuyovga qisman yoki hammasini berishi mumkin. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə