Microsoft Word O'smirlik davri 4 soat


Agarda о‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi



Yüklə 317,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix18.04.2023
ölçüsü317,6 Kb.
#106076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
O\'smirlik davri 4 soat

Agarda о‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi
ular о‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bо‘lar edilar.
О‘smirlar, о‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bо‘lak


narsani kо‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlarga tomon 
yо‘llaganda о‘zlarini vaqtdda tо‘xtatib qola olmasliklari ham mumkin.
О‘quvchilarni о‘z xatgi-harakatlarining oqibatlarini oldindan kо‘ra bilishga va
о‘zlarini tuta bilishga о‘rgatish tarbiyachilarning asosiy vazifasidir,o‘smirlar
haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bо‘ladilar, ular uchun bekorchilik
juda og’irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan
qiziqmay qо‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga
kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, о‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya
berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga 
jalb qilish hamda, qiyinroq, lekin kuchlari yetadigan ishlar bilan
shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir. 
«О‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, о‘smir birmuncha 
faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bо‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski 
munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi. Har bir о‘smir
muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar о‘rtasida о‘z shaxsini 
tasdiqlashga intiladi. Kattalar о‘smirlarning foydali jamoa ishlarida 
muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning о‘z qadr-
qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda ular 
boshqalarning oldida о‘zlarini yuqori qо‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin.
Buni ular о‘zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga 
qarshi chiqib, salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin 
bо‘ladi. 
О‘smirlar nihoyatda taqlidchan bо‘lib, ularda hali aniq bir fikr
dunyoqarash shakllanmagan bо‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissyyotlarga
juda beriluvchan bо‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik
ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik о‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga
kelishiga sabab bо‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan
bо‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, 
ustozlarning tо‘g‘ri yо‘lni kо‘rsatish-lariga qaramay, о‘z fikrlarini о‘tkazishga 
harakat qiladilar. О‘smirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni
kо‘ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali yetishmaydi. Tengdoshlari,
shuningdek, sinfdoshlari guruhida о‘smir о‘zining kelishuvchanlik xususiyati
bilan namoyon bо‘ladi. О‘smir о‘z guruhiga bog‘liq va qaram bо‘lgani holda
shu guruhning umumiy fikriga qо‘shilishiga va uning qarorini doimo 
bajarishga tayyor bо‘ladi. Guruh kо‘pincha о‘smirda «biz» hissining 
shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. О‘smir
yoshdagi bola uchun dо‘st tanlash juda katta ahamiyatga ega. О‘smirlik davrida 
dо‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Dо‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin
bо‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj о‘smir dо‘stlarning hol- ahvol sо‘rashishi 
va kо‘rishishlarida (qо‘l berib, quchoq ochib kо‘rishish) birga о‘tirish va birga
yurishga harakat qilishlarida kо‘rinadi. Kо‘pgana ana shunday juda yaqin 
munosabatlar, 
о‘smirlarning 
shaxs 
bо‘lib 
shakllanishida, 
hamkorlikdagi
harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida byr umrga saqlanib qoladi.О‘smir
yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan о‘zlarining kuchlari
yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bо‘ladi. Asosiy qarama-qarshilik juda


kо‘p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy,
ma’naviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda
cheklangan hamda kо‘p jihatdan yetarli bо‘lmagan imkoniyatlari о‘rtasidagi
qarama-qarshilikdir. О‘smirning о‘z kuchiga tо‘la ishonmasligi uni butun 
vositalar bilan shunchaki о‘zini katta kishi bо‘lib qolganligini ta’kidlashga
majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik
holatini ham vujudga keltiradi. Bu о‘z navbatida kattalarga qо‘pol munosabatda 
bо‘lish va agressivlikni hamda ota- onalar bilan о‘qituvchilarning maslahat va 
talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib chiqaradi. 

Yüklə 317,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə