|
Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com docgUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK
O’zbekiston prezidenti I. A. Karimov bu borada mustaqillikning dastlabki yillaridayoq jon kuydirib gapirgan
va xalqning tarbiyasi uchun muhim bo‘lgan «ma’naviyat» masalasini ko‘ndalang qo‘ygan edi. Ma’naviyatni esa
prezident shunday ta’riflagan:
«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni
tasavvur qilaman».
(M.Inomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. TIU nashriyoti. Toshkent. 2001. 3-bet.)
Mustaqillikka erishganimizga o‘n yildan ortib ketdi. Bu davrda mamlakatimiz siyosiy jihatdan ham, iqtisodiy
jihatdan ham juda katta muvaffaqiyatlarga erishdiki, ularni televidenie va radio orqali har kun kuzatib
bormoqdamiz, takrorga hojat yo‘q. Ammo ma’naviy jihatdan hali juda orqadamiz. Ma’naviyatning ham ba’zi
jihatlari, masalan ilmu fan, san’at, madaniyat va maorif masalalarida ancha ilgarilash bor. Ammo ta’lim-tarbiya,
odob-axloq masalalarida anchagina kamchilik mavjud. Yoshlar orasida aroqxo‘rlar, buzuq yo‘llarga kiruvchilar,
fohishalar, giyohvandlar, xiyonatchilar, guruhbozlar ko‘payib ketgan. Yoshlarning bu jihatlarini sozlashda
asosan diniy tarbiyaga kuch berilishi kerak. Chunki, xalq orasida:
«Xudodan qo‘rqmagandan qo‘rq
!» - degan
maqol bejiz aytilmagan. Insonni hamisha yaxshilikka chorlab turuvchi, hech kim «rahmat» demasa ham
yaxshiligini davom ettirishiga turtki bo‘luvchi narsa bu uning imonidir, xudo albatta uning yaxshiligini mukofotsiz
qoldirmasligiga chin qalbidan bo‘lgan ishonchidir. Bunday odam:
«Yaxshilikni daryoga qil, daryo bilmasa baliq
bilur, baliq bilmasa xoliq (yaratuvchi) bilur», -
degan maqolga amal qiladi va ezgu ishida davom etadi.
Yomonlikdan esa, birov uni uyaltirmasa yoki qo‘rqitmasa ham, o‘zining imoni unga: «
Alqasosu minal haq
(ekkaningni olasan!)» -
deb tanbeh
berib turadi va yomonlikdan, jinoyatdan saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|