Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


«Menga Rasululloh (s.a.v) dedilar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/217
tarix28.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#136939
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
«Menga Rasululloh (s.a.v) dedilar:
 
«Ey Abu Zar, mursal payg‘ambarlarning 
to‘rttasi suryoniylardandir. Ular: Odam, Shis, Nuh va Xanuxdirlar. Xanux (Idris) birinchi bo‘lib qalam 
bilan yozgan kishidir va Alloh taolo unga o‘ttiz sahifa nozil etgan»
 
.(Tarixi Tabariy. 1-jild. 116-bet.)
 
Idris (a.s.) har kuni namoz va ro‘zadan tashqari 12 ming marta Allohga tasbeh aytardilar. Ko‘p ibodat 
qilganlaridan Idris (a.s.)ga Alloh osmon sirlarini ochdi va u zot tiriklayin osmonga ko‘tarilib ketdilar.
 
Hilol ibn Yasof aytadilar: «Ibn Abbos (r.a.) Ka’bul-ahbordan so‘raganlarida men o‘sha yerda eshitib turdim. 
Ibn Abbos (r.a.): «Ey Ka’b, «
Biz Idrisni baland darajaga ko‘tardik» 
- degan oyatning ma’nosini qanday 
tushunamiz?» - deb so‘radilar. Ka’bul-ahbor shunday deb javob berdilar: «Alloh taolo Idris (a.s.)ga: «Men sizni 
har kuni barcha odamzodning amali darajasida ko‘taraman» - deb vahiy tushirdi. Idris (a.s.) yanada amallari 
ko‘payishini xohladilar. Shu payt Idris (a.s.)ning farishta do‘stlaridan biri yo‘liqib qoldi. Idris (a.s.) unga: «Alloh 
menga shunday vahiy tushirdi, shuning uchun o‘lim farishtasi bilan gaplashaylik, (menga tegmay tursa) men 
yanada ko‘proq amal qilaman» - dedilar. Farishta Idris (a.s.)ni qanotlari ustiga o‘tirg‘izib, to‘rtinchi osmonga 
ko‘tarildi. U yerda shoshib kelayotgan o‘lim farishtasini ko‘rishdi. Idrisning gaplari esga olinganda, o‘lim 
farishtasi: «Idris qaerda?» - deb so‘radi. Farishta o‘z ustidagi Idrisga ishora qildi. Shunda o‘lim farishtasi: 
«Taajjub, Alloh menga Idrisning jonini to‘rtinchi osmonda olishimni buyurgan edi. Men: «Yerdagi Idrisning 
jonini qanday qilib to‘rtinchi osmonda olar ekanman!» - deb kelayotgan edim» - dedi va Idris (a.s.)ning jonlarini 
qabz qildi»
.
(Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo. Qohira. 49-bet.)
Maryam surasining 56-57 oyati karimalarida Idris (a.s.) haqlarida:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə