Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Ulug‘ sahobalardan Abu Zar (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: «Payg‘ambarlarning eng avvali kim?»
- deb
so‘radilar. Rasululloh (s.a.v):
«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal inson qilib
yaratdi
»(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)
.
Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey
Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?»-deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v):
«Albatta, Odam birinchi
bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar»
- deb javob berdilar
».(Abu Ja’far Muhammad ibn
Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)
Dostları ilə paylaş: