Microsoft Word psix2kt uzl doc



Yüklə 89,18 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.09.2017
ölçüsü89,18 Kb.
#2122


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 



"RO’YXATGA OLINDI" 

№ VM-343-51409-3.02 

"1" iyul 2003 y. 

"TASDIQLANDI" 

O’zbekiston Respublikasi 

Oliy va o’rta maxsus 

ta’lim vazirligi 

____________________ 

"8" iyul 2003 y. 

 

 



 

PSIXOLOGIYa 

fanidan 

DASTUR 

 

 



Oliy ta’limning 140000 - "O’kituvchilar 

tayyorlash va pedagogika" ta’lim sohasidagi 

5140900 - "Kasb ta’limi" bakalavriat yo’nalishi uchun 

 

 



 

 

 



 

 

 

Toshkent - 2003 


Tuzuvchilar: 

dots. Primov M., 

o’q. Xolyigitova N. 

Taqrizchilar: 

dots. Haydarov F., 

dots. Babashev F. 

 

"Psixologiya" fani bo’yicha tuzilgan ushbu dasturda mustaqillikning bizga bergan 



ijodiy va mustaqil tafakkur qilishdan iborat cheksiz imkoniyatlari asos bo’lib xizmat 

qiladi. Dasturda psixologik bilim asoslari muxtasar tarzda bayon etilgan bo’lib, u yoshlar 

o’zini, o’zgalarni bilishi, turli psixologik vaziyatlar va guruhlarda muomala qilish 

sirlarini, erkin, mustaqil fikrlash omillarini, psixik hodisalarning qonuniyatlarini bilishlari 

uchun muhim bo’lgan ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan. 

Shu bilan birga Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta’lim tizimi oldiga 

qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri-malakali mutaxassislarning o’zligini, o’z 

qobiliyatlarini, individualligini, shaxsiy fazilatlari hamda xislatlarini bilgan holda 

atrofdagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha 

sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko’rsatishni ta’minlashdir. 

Благодаря  независимости  нашей  Республики  перед  нами  открылись 

безграничные  возможности  в  области  науки  и  свободного  мышления.  Данная 

программа  по  предмету " Психология"  составлена  на  основе  требований 

Национальной программы по подготовке кадров. 

В ней предоставлены важные теоретические и практические знания по основам 

психологии.  Особое  внимание  уделено  на  познание  самого  себя  и  других,  как 

мыслить свободно и вести себя в различных ситуациях, в коллективе, в обществе. 

В этой программе отражена одна из важных задач, поставленных национальной 

программой  по  подготовке  кадров,  перед  высшем  образованием-  как  воспитать 

свои  возможности,  индивидуальность,  зная  свои  достоинства,  разумно  оценивать 

труд  окружающих,  правильно  организовывать  социально  полезную  деятельность 

профессионалов. 

We are open boundless possibilities in the field of sciences and free thinking due to 

independence of our Republic. To example provided to students a program on subject 

"Psychology". In this program are afford important data and rules on bases of psychology 

and their regulation, for instance cognition itself and other how to behave in different 

situations and group in society, liberally in different psychological situations. Needed to 

emphasize purposes put (deliver) before formation a personnel (frames) by national 

program of preparing a personnel (frames). As their own possibilities, knowing their own 



value, value labour surround, correctly organizine ocial labor profit of capable and 

experienced professionals their own action. 

Dastur Toshkent Moliya instituti Ilmiy Kengashida muhokama qilingan va nashrga 

tavsiya etilgan (2003 yil 25 aprel 9-sonli bayonnoma). 

Dastur O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi oliy o’quv 

yurtlariaro ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash majlisida 

muhokama qilingan hamda nashrga tavsiya etilgan (2003 yil 1 iyul 37-sonli majlis 

bayoni). 



1. SO’Z BOShI 

Ushbu fanni o’qitishning maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi 

Iqtisodiyot oliy o’quv yurtlarida bugungi kun talablariga javob beradigan iqtisodchi-

bakalavrlarni tayyorlashda "Psixologiya" fanini o’rganish o’ta muhim ahamiyatga ega. 

Chunki iqtisodchi-bakalavrlar etuk malakali mutaxassis bo’lib etishishlari uchun 

psixologiya sohasida muayyan bilimlarga ega bo’lishlari kerak. 

"Psixologiya"da fanning predmeti, umumiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, 

pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, oila va oilaviy 

munosabatlar psixologiyasining nazariy jihatlari o’rganiladi. 

Fanni o’qitishning asosiy maqsadi-bo’lg’usi iqtisodchi-bakalavrlarga o’quvchi, 

talaba psixologiyasi va iqtisodiy jarayonlardagi psixologik xususiyatlar, psixologik 

jarayonlar to’g’risida bilimlar berishdan iboratdir. Psixologiya fanini samarali o’rganish 

uchun talaba iqtisodiyot nazariyasi, pedagogika, falsafa, sotsiologiya kabi fanlarni yaxshi 

o’zlashtirgan bo’lishi lozim. 

"Psixologiya" fani iqtisodiy faoliyat sohasiga oid referatlar, mustaqil ishlar yozishda, 

ushbu sohalardagi zaruriy psixologik xususiyatlarni o’rganishda katta ahamiyat kasb 

etadi. 


O’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va mahoratga qo’yiladigan talablar 

Iqtisodchi-bakalavrlar ta’lim jarayoni va iqtisodiy faoliyat jarayonidagi o’ziga xos 

psixologik xususiyatlarni bilishlari zarurdir. 

Talabalar psixologik kuzatish, psixologik diagnostika va psixologik testlar vositasida 

voqe’likni tahlil qilish asosida tegishli xulosalar chiqarish ko’nikmasini egallashlari 

lozim. 


Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlarning minimal miqdoriga talablar 

Iqtisodchi-bakalavrlarning amaliy mashg’ulot darslari bahs, munozara, 

breynshtorming va treninglar orqali amalga oshiriladi. Talabalar oldiga qo’yiladigan 



asosiy talablar ularning turli qobiliyatlarini ayniqsa, mustaqil fikrlash ko’nikmasini 

rivojlantirish, mashg’ulot mavzusini shaxsiy tajriba va vaziyatlarga bog’liq holda 

o’zlashtirishga erishishdan iborat. 

Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi bo’yicha tavsiyalar 

"Kasb ta’limi" yo’nalishida "Psixologiya" fani bo’yicha namunaviy o’quv rejasiga 

ko’ra jami 135 soat ajratilgan bo’lib, ulardan ma’ruza darslari uchun 36 soat, amaliy 

mashg’ulotlar uchun 54 soat, mustaqil ta’lim uchun 45 soat mo’ljallangan. 



Bakalavrlar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori 

Bakalavrlar bilimini baholash uchun ma’ruza darsida oraliq baholash to’rt marta, 

seminar mashg’ulotida joriy baholash to’rt marta, yakuniy baholash ikki marta 

o’tkaziladi. 

Semestrlar oxirida esa yakuniy baholash birinchi marta og’zaki va ikkinchi marta esa 

yozma tarzda o’tkaziladi. Yozma ishdagi so’zlar miqdori 1200 dan kam bo’lmasligi 

lozim. 

Har bir semestrda barcha nazorat turlari (JB, OB, YaB) umumlashtirilib, o’rtacha ball 



qo’yiladi. 

Kompyuter, informatsion va boshqa zamonaviy o’qitish texnologiyalarini qo’llash 

Bakalavrlarga bilim berish mobaynida kompyuter sinflaridan, multimediadan hamda 

bahs-munozara, breynshtorming va treninglar, monolog, dialog, polilog va muammoli 

vaziyatlardan chiqish kabi usullardan foydalaniladi. 



O’quv dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar 

"Kasb ta’limi" yo’nalishida "Psixologiya" fani namunaviy o’quv rejasi bo’yicha 3-4-

semestrda o’qitiladi. 

2. FAN DASTURI 

"Psixologiya" fanining predmeti va vazifalari 

Yangi davr va psixologiya. Inson omili. Psixologiyaning predmeti. Psixika. 

Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi. Psixologiyaning 

fanlar tizimidagi o’rni. Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va h.k. 

bog’liqligi. Kibernetika fani. Psixologiyaning texnika fanlari, iqtisodiyot bilan aloqasi. 

Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning vazifalari. 

Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish 



Psixologiyaning asosiy usullari. Kuzatish usuli. So’roq usuli. Testlar usuli. 

Eksperiment. Modellashtirish. Psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. Amaliy 

psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. Sanoat va ishlab chiqarish sohasi. Siyosat 

sohasidagi psixologiya. Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar. Maorif sohasidagi 

amaliy ishlar. Huquqbuzarlikning oldini olish. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida 

psixologik bilimlarning ahamiyati. Psixologiyaning tadbiqiy yo’nalishlari. Psixologik 



testlar va ularning imkoniyatlari. 

Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi 

Shaxs-ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida. Nativizm yo’nalishi. Empirizm tarafdorlari. 

Musiqiy qobiliyatlardagi irsiy xususiyatlar. Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo 

munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo’lmish individdir. Sanktsiyalar 

va shaxs. Rollar. O’spirinlik davrida shaxsning ijtimoiylashuvi. Shaxs autodialogining 

muhim belgilari. Ijtimoiy institutlar. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining 

shakllanishi. Mas’uliyat tushunchasi. Maqsadlar va ideallar. Qiziqishlar va dunyoqarash. 

Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar. Milliy va ma’naviy qadriyatlar. 

Ma’naviyat va ma’rifat. Oila. Mafkura. Ijtimoiy ustanovkalar. 

Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish. Ijtimoiy hulq 

motivatsiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar 

Shaxs va uning faolligi. Tashqi faollik. Ichki faollik. Jismoniy va aqliy harakatlar. 

Malaka. Ko’nikmalar. Faoliyat turlari: muloqot, o’yin, o’qish, mehnat. Ijtimoiy xulq 

motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motivlarning turlari. Motivlarning anglanganlik 

darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish muammosi. Inson faoliyatining o’ziga 

xosligi. Professional malaka va ko’nikmalarning shakllanishi. Motivatsion nazariyalar va 



ularning qisqacha ta’rifi. Muvaffaqiyatga erishish motivlarini shaxsda o’rganish. 

Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi. 

Bilish jarayonlari va professional faoliyat: idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, 

iroda va hissiyotlar. Idrok va idrok qilish qonunlari. Figura va fonning ilgariligi harakatga 

bog’liqligi qonuni. Idrokning konstantligi qonuni. Kutishlar va tahminlarning idrokka 

ta’siri. O’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Anglanganlik qonuni. 

Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Xotira va shaxs tajribasining boyligi. 

Idrokning inson hatti-harakatlari bilan aloqasi. Idrok obrazlarining shakllanishiga olib 

keluvchi omillar. Idrokning anglanganligi. Idrok va tafakkur. Xotiradagi individual 

farqlar. Psixologiyadagi xotira nazariyalari. Xotirani o’stiruvchi psixologik omillar. 

Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari. Ijodiy va mantiqiy fikrlash-sog’lom 

ma’naviyat va e’tiqodni tarbiyalash omili sifatida 



Tafakkur turlari. Tafakkur shakllari va operatsiyalari. Tushunchalar. Xulosalar. 

Mustaqil fikrlash-sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida. Tafakkurni rivojlantirish. 

Tafakkurning boshqa psixik jarayonlar bilan aloqasi. Tafakkur xususiyatlari: autistik va 

realistik tafakkur. Tafakkur va fikrlashdagi individual farqlar. Mustaqil fikrlashning 

tabiiy asoslari. 

Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish. Xarakter, temperament va 

qobiliyatlarni bilishning ahamiyati 

Individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi: qobiliyatlar, temperament, 

xarakter, irodaviy sifatlar, emotsiyalar va motivatsiya. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar 

diagnostikasi. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar. Layoqat, iqtidor, iste’dod. 

Qobiliyatlarning psixologik tarkibi. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi. 

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. 



Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar 

O’zbekiston Respublikasining suveren, demokratik taraqqiyot yo’lini tanlanganligi 

natijasida chet el psixologiyasidagi nazariy va amaliy maktablar g’oyalariga nisbatan 

munosabatning o’zgarishi. 

Funtsional psixologiya nazariy qarashlarning umumiy mazmuni. Funktsional 

psixologiya vujudga kelishining ijtimoiy va nazariy asoslari. Bixeviorizm oqimi vujudga 

kelishidagi asosiy ehtiyojlar. Bixeviorizm oqimining ong tushunchasi va introspektsiya 

usuliga qarshi chiqishi, uning o’rniga hulq-atvor tushunchasini ilgari surishi. Geshtalt 

psixologiya oqimi to’g’risida umumiy tushuncha. Geshtalt psixologiyada idrok 

jarayonlarida konstantlik (doimiylik), tarkibiy tuzilishga egalik, predmet obrazining uni 

o’rab turgan atrof-muhit bilan bog’liqlik qonunlarini kashf etilishi. Geshtalt psixologiya 

oqimi asosiy vakillari M. Vertxeymer, V. Kyoler, Xoffko va "Fi-fenomen" maktabining 

qarashlaridagi nazariy g’oyalar. Freydizm oqimining mohiyati. Inson ongidan siqib 

chiqarilgan affektlarning xulq-atvorga ta’siri o’rganilishi. Gumanizm psixologiyasida 



insonlarga "ochiq imkoniyatlarga ega va o’z-o’zini takomilga etkaza oluvchi , noyob 

tizim" sifatida qaralishi. Gumanizm psixologiyasi vakillari G. Olport, A. Maslou, K. 

Rodjers qarashlarining mazmuni. 

K. Yung ongsizlik tabiati to’g’risida 

Pedagogik faoliyat psixologiyasi 

Jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy 

sifatlar va milliy fazilatlarni shakllantirish. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi munosabat. 

Bilim berish-bilim olish. O’rgatish-o’rganish maylida kechadigan munosabatlar. Ta’lim-

tarbiya berishning muayyan usul va uslublari, ta’lim-tarbiya beruvchining ma’rifiy 



tamoyillari. Shaxsning har tomonlama kamolga etishi, ta’lim va tarbiyaning insoniyligi, 

ta’lim-tarbiya bilan bog’liq muloqot. Kasbga yo’naltirish. Ta’limda engillik va faollik 

tamoyillariningpsixologik  xususiyatlari, o’qituvchi shaxsiga nisbatan kasbiy va insoniy 

talablar.  Pedagogik faoliyatni shakllantiruvchi omillar. Pedagogik faoliyatni yuritishda 

Imom Buxoriy, Iso-at-Termiziy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad 

Yassaviy, Naqshbandiy, Behbudiy, Avloniylar xizmatlarining psixologik tahlili. 



Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari 

O’qitishning mohiyati va uning qonuniyatlari. Ta’lim tizimini boshqarish. 

O’zlashtirishning psixologik komponentlari. Ta’lim olishda bilish jarayonlarining roli. 

Individual psixologik xususiyatlarning ta’lim jarayonlari bilan bog’liqligi. Ta’lim olishda 

ongning roli. Aqliy rivojlanishning mezonlari. Ta’limni intensivlashtirish. Aktiv, 

mustaqil fikr, ijodiy tafakkur, mustaqil bilish faoliyatini tarkib toptirish. Ta’limni 

indiviluallashtirishda qobiliyatning ahamiyati. 

Psixologik xususiyatlarning ta’limni rivojlantirishdagi o’rni. Matematik hamda 

adabiy qobiliyatlarni tadqiq qilish usullari. 



 

 

Tarbiya psixologiyasi asoslari. Jamoa va uning tarbiyaviy ta’siri 

Shaxsni tarkib toptirishning umumiy psixologik qonuniyatlari. Bolalik va maktab 

yoshida tarbiyaning shaxsga ta’siri. Bilimlarni ma’naviy xulq-atvor amaliyotisiz 

o’zlashtirib olishning mohiyati. Ma’naviy bilim va ma’naviy hulq-atvorning bog’liqligi. 

Tarbiyaning motivlarga bog’liqligi. Tarbiyaviy ish uslublari. Bilimlar ahloqiy tasavvurlar 

va tushunchalar sifatida. Jamoadagi tarbiyaviy ta’sir. 



Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari 

psixologiyasi 

Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotip omillar. Shaxs taraqqiyotini davrlarga 

bo’lish. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi. 

O’smirlik davri. O’spirinlik davri. Yoshlardagi attraktsiya va yuksak his-tuyg’ular. 

Insoniy fazilatlar. Yosh davrlar psixologiyasida shaxs va taraqqiyot muammosi. Turli 

yosh davrlarni o’rganish usullari. Attraktsiyaning psixologik tahlili. O’spirinlardagi sevgi 

va sadoqat mezonlari. Yoshlarni yuksak ahloqiy munosabatlarga tayyorlash va ularda 

Vatan tuyg’usini tarbiyalash masalasi. 

Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir 

sirlari 



Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi 

o’rni. Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. Psixologik ta’sirning uch 

vositasi: verbal ta’sir, paralingvistik ta’sir, noverbal ta’sir. Muloqot va uni o’rganish 

muammolari. Professional tinglash texnikasi. Ijtimoiy -psixologik trening. Inson va 

hayvon muloqotining o’ziga xos tomonlari. Bolalar va kattalar muloqotining o’ziga 

xosligi. Amaliy muloqot texnikasi va strategiyasi. Ta’sirchan muomala sirlari. Sharq 

allomalari muloqot etikasi va mahorati haqida. Bozor munosabatlari sharoitida 

shaxslararo munosabatlarni takomillashtirish muammosi. 

Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish. Guruhiy o’zaro moslik, liderlik va 

konformizm hodisalari 

Shaxs va guruh. Guruhlarning turlari. Referent guruh. Normativ guruh. Qiyoslash 

guruhlari. Negativ guruhlar. Guruh o’lchamlari va uning tizimi. Jamoalarda psixologik 

o’zaro moslik. Gruppaviy qarorlar qabul qilishda o’zaro ta’sir masalasi. Guruhdagi 

psixologik muhit va uni o’rganish. Jamoa faoliyatining samaradorligi. Jamoalarda ro’y 

beradigan psixologik hodisalar. Jamoaning shaxsga ijobiy va salbiy ta’sirlari. Jamoani 

boshqarishning samarali usullari. Mehnat jamoalarining konkret shaxsga ijobiy ta’siri. 

Jamoadagi ma’naviy muhitni shakllantiruvchi omillar. 

Menejerlik psixologiyasi 

Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha. Boshqaruv faoliyati muammolari. 

Boshqaruv muammolari haqida falsafa, tarix, iqtisod, xuquqshunoslik fanlarining talqini. 

Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti. Boshqaruvning qoida va usullari. Guruhlarda rahbarlik va 

etakchilik. Etakchilik uslublari haqida tushuncha. Avtoritar, demokratik va liberal 

uslublar. Rahbarlik sifatlari. Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoaning rivojlanish 

bosqichlari. Rahbarlarga qo’yiladigan talablar. Rahbarlarning muammoli vaziyatni 

bartaraf qilishi. 

Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari 

Tadbirkorlik va biznes faoliyati psixologiyasi haqida. Tadbirkorlik va biznes 

faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy -psixologik (ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy, siyosiy va 

psixologik) omillari. 

Tadbirkorlik faoliyatida shaxs psixologiyasi. Layoqat, iste’dod va qobiliyatlar. 

Muomala psixologiyasi va tadbirkorlik faoliyati. Tadbirkorlik faoliyatida nizolar va 

ularning oldini olishning psixologik yo’llari. Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirish. 

Tadbirkorlik va tashabbuskorlik. Tadbirkorlik va biznes faoliyatida reklama va 

marketingning o’rni. Tadbirkorlik va biznes faoliyatida shaxsning ma’naviy qiyofasi. 

Tadbirkorlik va biznes faoliyatini boshqarish. 




Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi 

Oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari. Oilaning shaxsni shakllanishidagi 

roli. Oilaning ijtimoiy-tarixiy kelib chiqishi. Oilaviy hayotda bo’ladigan o’zgarishlar, 

muammolar, qonuniyatlar. Oilaviy hayotning o’ziga xos xususiyatlari. Oila muloqoti. 

Oilani rejalashtirish. Oilaning asosiy funktsiyalari. Nikohga etuklik xususiyatlari. Nikoh 

yoshi xususiyatlari. Oilaviy nizolar. Ota-onalar obro’si va shaxsiy namunasi tarbiya 

samaradorligini oshiruvchi omil sifatida. Oilaviy tarbiyani takomillashtirish vazifalari. 

Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari 

Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari. Monolog. Dialog. Polilog. 

Faol o’qitish usullari va ularni tashkil etish. Darsda munozara, breynshtorming va 

treninglar o’tkazish texnologiyasi. Bahs turlari. Yozma bahs o’tkazish usullari. Ta’lim 

jarayonida pedagogik muloqotning o’ziga xos jihatlari. Munozara usullarining ijtimoiy-

psixologik ahamiyati. Katta va kichik guruhlarda munozaralarni tashkil etish qoidalari. 

Bahsda samarali ishtirok etish tamoyillari. 



3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI 

Psixologiya fanining predmeti va vazifalari 

Yangicha tafakkur va milliy mafkura shakllanishi sharoitida psixologik bilimlarning 

jamiyatdagi o’rni. 

Psixologiya fanining fanlar tizimidagi o’rni. Psixologiya fanining tarmoqlari va 

ularning vazifalari. Psixologiya rivojlanayotgan fanlar tizimida. Markaziy Osiyo 

mutafakkirlari ta’limotida psixologik qarashlarning o’rni.* Psixologiya fanining 

vazifalari. 

Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish. 

Psixologiyaning asosiy usullari: kuzatish, so’roq, test, eksperiment, modellashtirish. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda psixologiya fanining ahamiyati 

va uning vazifalari. Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari. 

O’zbekistonda demokratik jamiyat barpo etilishda faol ishtirok etuvchi shaxsning 

ma’naviy kamolotida psixologiyaning o’rni. 



Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi. 

Shaxs tushunchasi. Shaxs va shaxsga ta’sir etuvchi kuchlar. Shaxsning o’z-o’zini 

anglashi va "men" obrazi. Turli taraqqiyot davrlarida shaxsning ijtimoiylashuvi. 

Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs yo’nalishining shakllanishi. Shaxsda e’tiqod, 

dunyoqarash, qiziqishning rivojlanishi. 



Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish 

Faoliyat haqida umumiy tushuncha. Shaxs faoliyati va uning psixologik tuzilishi. 

Faoliyat va psixik jarayonlar. Ish-harakatlar inson faoliyatidan biri ekanligi. Tashqi 

(amaliy), ichki (aqliy) ish-harakatlar. Ko’nikma va malakalar, ularning asosiy turlari. 

Etakchi faoliyat haqida tushuncha. 

Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi 

Diqqatning inson hayoti va faoliyatidagi o’rni va xususiyatlari. Ta’lim jarayonida 

diqqatning roli. 

Sezgilar va ular to’g’risidagi nazariyalar. Sezgi turlari. Sezgilarning Ch. Sherington 

klassifikatsiyasi Angliyalik nevrolog X. Xedning sezgilar to’g’risidagi genetik 

klassifikatsiyasi xususiyatlari. 

Idrok jarayonlari. Idrokning fiziologik va psixologik xususiyalari. 

Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari 

Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkur jarayon sifatida. 

Tafakkurni tadqiq etishning ijtimoiy ahamiyati. Yoshlarda yangicha tafakkur yuritishni 

shakllantirish. Tafakkur motivatsiyasi va fikrlash operatsiyalari Mustaqil fikrlashning 

tabiiy asoslari. 

Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish 

Temperament shaxsning emotsional qo’zg’aluvchanligi va harakatchanligidagi 

individual xususiyatlar yig’indisi sifatida. 

Xarakter to’g’risida tushuncha. Xarakterning faoliyat va muomala jarayonida 

shakllanishi. 

Qobiliyat turlari. Qobiliyatlar shakllanishida senzitiv davrlar. 



Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar 

Funktsional psixologiya vujudga kelishining ijtimoiy va nazariy asoslari. Funktsional 

psixologiyada ongga munosabat masalalari. 

Bixeviorizm oqimi vujudga kelishidagi asosiy omillar. 

Bixeviorizm oqimida ongga va xulq-atvorga munosabat. 

Geshtalt psixologiya oqimi to’g’risida umumiy tushuncha. Geshtalt psixologiyada 

predmet va fazo munosabatlarini idrok etish masalalari. 

Freydizm oqimining mohiyati. Freydizmda nevrozlar kelib chiqish manbaiga 

munosabat. 



Z. Freyd klassifikatsiyasiga ko’ra ruhiyatning uch xil tuzilishi darajasi. Shaxsning 

tarkibiy tuzilishi. Gumanizm psixologiyasida inson va inson resurslariga yangicha 

munosabat. 

Pedagogik faoliyat psixologiyasi 

O’qituvchi va talaba hamkorligi ta’lim samaradorligining muhim omili. Bo’lg’usi 

o’qituvchining o’quv faoliyatini boshqarishi. O’qituvchining psixologik xususiyatlari. 

O’z-o’zini nazorat qilish. Keng ko’lamdagi bilimlar, ta’lim usullarini sistemalashtirish. 



 

Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari 

Umumiy ta’lim masalalarini hal qilishda va shaxsni ma’naviy tomondan kamol 

toptirishda pedagogik psixologiyaning tutgan o’rni. Ta’limni individullashtirishda 

qobiliyatning ahamiyati. Aqliy rivojlanish mezonlari. Psixologik xususiyatlarni ta’limni 

rivojlanitirishdagi o’rni. 

Tarbiya psixologiyasi asoslari. Jamoa va uning tarbiyaviy ta’siri. 

Shaxs tarkib topishining umumiy psixologik qonuniyatlari. Ta’lim jarayonida fikr 

yuritish operatsiyalarining ahamiyati. Ma’naviy bilim va ma’naviy xulq-atvorning tarbiya 

motivlarga bog’liqligi. 

Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari 

psixologiyasi 

Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari. Talabalar psixologiyasi va o’quv 

faoliyati. Psixologlar M. G. Davletshin, I. I. Ilyasov, A. V. Dmitrieva, V. A. Tokareva, E. 

G’. G’ozievlarning talabalik davriga doir psixologik qarashlari. 



Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir sirlari 

Shaxs-ijtimoiy munosabatlar mahsuli. Muloqot turi va shakllari. Insoniy 

munosabatlarning o’zaro ta’sir jarayonlari. Psixologik ta’sir vositalari: verbal, 

paralingvistik, noverbal. Professional tinglash texnikasi. 



Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish 

Shaxslararo munosabatlarning yuzaga kelishi. Shaxs taraqqiyotida odamlar 

guruhining o’rni. Referent guruh. Referent guruhlar turlari: normativ, qiyoslash, negativ. 

Psixologik moslik mezonlari. 



Menejerlik psixologiyasi 


Boshqaruv psixologiyasi haqida tushuncha. Boshqaruv ob’ekti va sub’ekti. 

Boshqaruv qoidalari va usullari. Boshqaruvda avtoritar, demokratik va liberal uslublar. 

Rahbarning axloqiy tamoyillari. Ustuvor iqtisodiy boshqaruv usullaring axloqiylik kasb 

etishi. 


Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari* 

Tadbirkorlik va biznes faoliyati psixologiyasi haqida. Tadbirkorlik faoliyatida shaxs 

psixologiyasi xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatida muloqot jarayonining ahamiyati. 

Tadbirkorlik faoliyatida nizolar va ularni oldini olishning psixologik usullari. 



Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi* 

Oilada shaxs shakllanishi va rivojlanishi. Oilada shaxslararo munosabat. Oilaviy 

nizolarning bola ruhiyatiga ta’siri. Nikohga etuklik xususiyatlari. Oila-ijtimoiylashuvning 

asosiy va muhim o’chog’i. Yurtimizda oila davlat himoyasida. 



Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari 

Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari. Monolog. Dialog. Polilog. 

Faol o’qitish usullari va ularni tashkil etish. Darsda munozara, breynshtorming va 

treninglar o’tkazish texnologiyasi. Bahs turlari. Yozma bahsni o’tkazish usuli. Ta’lim 

jarayonida pedagogik muloqotning o’ziga xos xususiyatlari. Munozara usullarining 

ijtimoiy psixologik ahamiyati. Katta va kichik guruhlarda munozaralarni tashkil etish 

qoidalari. Bahsda samarali ishtirok etish tamoyillari. 

4. INFORMATsION-TEXNIK VOSITALAR 

Aqliy taraqqiyot testi, Raven testi, Burdon jadvali, Kettel testi, Ayzenk 

so’rovnomasi, K. Yungning xarakter tipini aniqlash usulikasi, differentsial-diagnostik 

so’rovnoma. 

Bakalavriatlarga internent tarmog’i orqali quyidagi saytlardan o’quv filmlari olinadi: 

1. e-mail: 

sales@piter-press.ru

  

2. e-mail: 



piter-t@lincom.kharko.ua

  

3. e-mail: 



root@top-book.nsk.su

  

4. e-mail: 



postbook@piter-press.ru

 

Ma’ruza va seminar mavzulari bo’yicha tarqatma materiallar. 



5. O’ZLAShTIRIShNING NAZORATI 


Fanga ajratilgan maksimal ball-90, bundan joriy baholash 37,8, oraliq baholashga 

25,2 yakuniy baholashga 27,0 ball ajratilgan. Joriy, oraliq va yakuniy baholashlar 

talabalar bilimini og’zaki, yozma shakllarda nazorat qilish hamda referatlarni tekshirish 

usulida o’tkaziladi. Saralash ball – 49,5 ball. 

O’quv yili davomida "Psixologiya" fanidan 56-70% to’plaganlar "qoniqarli", 71-85% 

to’plaganlar "yaxshi", 86-100% to’plaganlar "a’lo" baholar bilan baholanadi. 



6. ADABIYoTLAR 

Asosiy adabiyotlar 

1.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 1992.  

2. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: 

O’zbekiston, 1996.  

3.  Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O’zbekiston, 1996.  

4.  Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O’zbekiston, 1996.  

5.  Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. T. 4. – T.: O’zbekiston, 1996.  

6.  Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: O’zbekiston, 

1997.  

7.  Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. - T.: O’zbekiston, 1998.  



8. Karimov I.A. Biz o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. – T.: 

O’zbekiston, 1999.  

9.  Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T. 

8. – T.: O’zbekiston, 2000.  

10. Karimov I. A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T. 9. – T.: O’zbekiston, 

2001.  


11. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – T.: O’zbekiston, 

2002.  


12. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: Sharq, 1997.  

13. Karimova V. M, Akramova F. A Psixologiya. Ma’ruzalar matni. - T.: O’qituvchi, 

2001.  

14. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. -T.: O’qituvchi, 1998.  



15. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.-T.: O’zbekiston, 2000.  

16. G’oziev E. Psixologiya.-T.: O’qituvchi, 1999. 



Qo’shimcha adabiyotlar 

1.  Anikeeva N. P. Jamoada ruhiy muhit. -T.: O’qituvchi, 1997.  

2.  Andreeva G. M. Sotsialnaya psixologiya. -M.: 2000.  



3.  Adizova T. M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi.-T.: 2000.  

4.  Bodalev A. A. Myagkost i obshchenie. -M.: Nauka,1998.  

5.  Vigotskiy A.S. Voprosi teorii i istorii psixologii.- M.: Misl, 1996.  

6. Do’stmuxammedova Sh. A. O’quvchilarga o’quv faoliyatlarini boshqarish 

psixologiyasi.- T.: 2000.  

7.  Karimova V. M. Sotsial psixologiya. - Farg’ona, Farg’ona davlat universiteti, 1996.  

8.  Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya. -T.: O’qituvchi, 1996.  

9.  Kvinn V. Prikladnaya psixologiya. Perev. s angl.-Sankt-Peterburg, izd-vo Piter Kom, 

1998.  

10. Leontev A.N. Problemi razvitiya psixiki. -M.: MGU, 2000.  



11. Munavvarov A. Q. Oila pedagogikasi.-T.: O’qituvchi, 1997.  

12. Mayers D. Sotsialnaya psixologiya. Perev. s angl.-Sankt-Peterburg.: Piter Kom, 1998.  

13. Psixologiya. Qisqacha izohli lug’at.-T.: 1998.  

14. Pod. red. Krilova A. Psixologiya. Uchebnik.-M.:1998.  

15. Prakticheskaya  psixodiagnostika. Usulika i testi.-M.: 1999.  

16. Prikladnaya  sotsialnaya psixologiya.-M.: 1999.  

17. Safaev N.S, G’afforov B. T. Muomala sirlari. Deyl Karnegi tizimi asosida tuzilgan 

maslahatlar.-T.: O’qituvchi, 1997.  

18. Sotsialnaya psixologiya. Istoriya. Teoriya. Empiricheskie issledovaniya.- L.: 1999.  

19. Strelyats Ya. Rol temperamenta v psixologicheskom razvitii.-M.: 2000.  

20. 

Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati. -T.: 



O’qituvchi, 1999.  

21. Toshimov R, Mamatov M, G’oziev E. G’. Aqliy kamolingizni aniqlay olasizmi? -T.: 

1997.  

22. Teoreticheskaya i prikladnaya sotsialnaya psixologiya.  



23. Otv. red. A.I. Uledov.-M.: Misl, 1998.  

24. Umumiy  psixologiya.-  T.: O’qituvchi, 1999.  

25. Xell L, Zigler D. Teorii lichnosti. Perev. s angl.-Sankt-Peterburg.: Piter Kom, 1998.  

26. Shoumarov G’. B. Oila psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 2000.  

27. Shpalinskiy V. A. Psixologiya menejmenta. Ucheb. Posobie. –M.: Izd. vo URAO, 

2000.  


28. Chaldini R. Psixologiya vliyaniya. -M.: 1999.  

29. Eydmiller E. G, Yustitskiy V. V. Psixologiya i psixoterapiya semi. Perev. s angl. -

Sankt-Peterburg.: Piter Kom, 1998.  

30. Yaroshevskiy M.T. Istoriya psixologii.-M.: Misl, 1999.  

31. G’oziev E. G’. Tafakkur psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 1997.  



32. G’oziev E. G’., Azimov N, Usmonova E. Diqqat psixologiyasi. Universitet talabalari 

uchun o’quv qo’llanma.-ToshDU.: 1998.  

33. G’oziev E. G’., Usmonova Sh. Intellekt psixologiyasi.-T.: 2000.  

34. G’oziev E. G’., Xasanov B. Psixologiya nazariyasi.-T.: 1998.  

35. G’oziev E. G’. Inson psixologiyasining rivojlanishi.-T.: 1999.  

36. G’oziev E. G’. Oliy maktab psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 1999.  



37. G’oziev E. Muomala psixologiyasi.-T.: O’qituvchi, 2001. 

 

Document Outline

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
    • "RO’YXATGA OLINDI" 
    • № VM-343-51409-3.02 "1" iyul 2003 y.
    • "TASDIQLANDI" O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
    • ____________________ "8" iyul 2003 y.
    •  
    • PSIXOLOGIYa fanidan DASTUR 
      • Oliy ta’limning 140000 - "O’kituvchilar tayyorlash va pedagogika" ta’lim sohasidagi 5140900 - "Kasb ta’limi" bakalavriat yo’nalishi uchun 
        •  
        •  
        •  
        • Toshkent - 2003 
      • 1. SO’Z BOShI 
        • Ushbu fanni o’qitishning maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi 
        • O’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va mahoratga qo’yiladigan talablar 
        • Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlarning minimal miqdoriga talablar 
        • Auditoriya mashg’uloti turlarining soatlar hajmi bo’yicha tavsiyalar 
        • Bakalavrlar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori 
        • Kompyuter, informatsion va boshqa zamonaviy o’qitish texnologiyalarini qo’llash 
        • O’quv dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar 
      • 2. FAN DASTURI 
        • "Psixologiya" fanining predmeti va vazifalari 
        • Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish 
        • Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi 
        • Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish. Ijtimoiy hulq motivatsiyasi. Anglangan va anglanmagan motivlar 
        • Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi. 
        • Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish. Xarakter, temperament va qobiliyatlarni bilishning ahamiyati 
        • Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar 
        • Pedagogik faoliyat psixologiyasi 
        • Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari 
        •  
        •  
        • Tarbiya psixologiyasi asoslari. Jamoa va uning tarbiyaviy ta’siri 
        • Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari psixologiyasi 
        • Shaxs insoniy munosabatlar tizimida. Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir sirlari 
        • Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish. Guruhiy o’zaro moslik, liderlik va konformizm hodisalari 
        • Menejerlik psixologiyasi 
        • Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari 
        • Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi 
        • Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari 
      • 3. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI 
        • Psixologiya fanining predmeti va vazifalari 
        • Psixologiyaning zamonaviy usullari va ularni amaliyotga tadbiq etish. 
        • Psixologiyada shaxs va jamiyat muammosi. 
        • Shaxsning faolligi. Faoliyat turlari, motivatsiyasi va ularni boshqarish 
        • Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Bilish mezonlari va uning adekvatligi 
        • Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari 
        • Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish 
        • Hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy yo’nalishlar 
        • Pedagogik faoliyat psixologiyasi 
        •  
        • Ta’lim psixologiyasining asoslari, mohiyati va qonuniyatlari 
        • Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. O’spirinlik va etuklik davrlari psixologiyasi 
        • Muomala texnikasi va strategiyasi. Samarali ta’sir sirlari 
        • Guruhlarda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish 
        • Menejerlik psixologiyasi 
        • Tadbirkorlik va biznes psixologiyasi asoslari* 
        • Oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi* 
        • Guruh sharoitida zamonaviy o’qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari 
      • 4. INFORMATsION-TEXNIK VOSITALAR 
      • 5. O’ZLAShTIRIShNING NAZORATI 
      • 6. ADABIYoTLAR 
        • Asosiy adabiyotlar 
        • Qo’shimcha adabiyotlar 

Yüklə 89,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə