Microsoft Word реферат Матанов Санжар



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118417
  1   2
buxgalteriya balansi va uning tuzilishi 45



 
O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Al-Хоrazmiy nоmidagi Urganch Davlat univеrsitеti 
Turizm va iqtisodiyot fakulteti 201- Kasb ta’limi (Buxgalteriya hisobi va audit) guruhi 
talabasi Matanov Sanjarning “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” fanidan 
Mavzu:
Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi 
BAJARDI: Matanov S 
QABUL QILDI: 
Sultonov B. 
Urganch – 2014 yil 
 


Reja: 
1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha 
2. Balansning tuzilishi va uning moddalari 
3. Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar 
4. Xulosa 
5. Foydalanilgan adabiyotlar 


1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha 
Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat 
jihatidan o`zgarib turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish 
uchun korxona qanday mablag`larga ega, ularning tarkibi va qaerda joylashganligi 
hamda bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq 
ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va 
ularning kelib chiqish manbalaridagi o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir 
sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim 
elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi. 
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va 
tashkil topish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan 
faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan 
rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. 
Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p 
fanlarda qo`llaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi. 
Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va 
joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib, 
balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor 
qilinadi. Korxona xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu 
mablag`larning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil 
qiladi. 
Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish 
manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan 
keyingi oyning birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida 
sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga 
asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik 
schyotlariga tarqatiladi. Hisobot davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma


vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri boshidagi har qaysi sintetik schyotning
boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan aylanma summasi va hisobot 
davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi. 
Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining 
kundalik xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib 
bo`lmaydi. Darhaqiqat, kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish 
uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi 
usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining harakatini
ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir sanaga to`plab aks ettirish talab 
qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik mablag`larining, bir 
tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, 
ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u 
xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur hulosalar olish uchun 
muhim material hisoblanadi.
2.Balansning tuzilishi va uning moddalari 
Bunday to`plash buxgalteriya hisobi usulining balans usuli yordamida amalga 
oshiriladi. Shunday qilib, buxgalteriya balansi korxonaning xo`jalik mablag`larini, bir 
tomondan, tarkibi, holati, joylanishi bo`yicha, ikkinchi tomondan, qanday manbadan 
paydo bo`lishiga qarab ma’lum bir sanaga pul o`lchovida yig`ib aks ettirish usulidir. 
Buxgalteriya hisobi bo`yicha xalqaro buxgalteriya standartlarida buxgalteriya balansi 
balans hisoboti deb yuritiladi. Balans hisoboti korxonaning ma’lum sanaga bo`lgan 
moliyaviy holatini ko`rsatadi. Balans hisoboti korxonaning aktivlari, korxonaning 
boshqa huquqiy shaxslar va fuqarolarga bo`lgan majburiyatlari hamda aksiyali jamiyat 
shaklida faoliyat qiladigan korxonaning aksiyali kapitalining tafsiloti bilan berilgan 
ro`yhatini ko`rsatadi. Buxgalteriya balansini balans hisoboti deb atalishiga sabab, bu 
balansda korxona aktivlarining qiymatini, korxonaning boshqa huquqiy shaxslar va 
fuqarolarga bo`lgan majburiyatlarining umumiy qiymati bilan korxonaning kapitalini 
umumiy qiymatiga teng kelishidir.
Korxona kapitali – bu korxona o`z aktivlariga egaligidir. Korxona majburiyatlari esa


muayyan korxona aktivlariga uning kreditorlari tomonidan egaligidir. Balans hisoboti 
bo`yicha korxona aktivining qiymati uning kapitali qiymati bilan majburiyatlarining 
summasini yig`indisiga teng keladi. Yagona buxgalteriya balansining aktivida ham, 
passivida ham ikkitadan bo`lim bor: 
Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko`rinishga ega bo`lib, uning chap 
tomoni aktiv, o`ng tamoni esa passiv deb nomlanadi. Aktiv tomonida xo`jalik 
mablag`larining turlari, joylanishi ko`rsatilsa, passiv tomonida esa shu mablag`larning 
paydo bo`lish manbalari va qanday maqsadga ishlatilishi aks ettiriladi. Buxgalteriya 
balansining ikkala tomoni ham bir qancha moddalarga bo`linadi. 
Demak, buxgalteriya balansi moddasi deb iqtisodiy jihatdan bir xil bo`lgan xo`jalik 
mablag`larining ma’lum bir turi yoki xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbaini 
balansda alohida aks ettiruvchi ko`rsatkichga aytiladi. Aktiv tomonidagi balans 
moddalarining yig`indi summasi passiv tomonidagi balans moddalarining yig`indi 
summasiga teng bo`lishi shart. Chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik 
mablag`lari va shu mablag`larning tashkil topish manbalari ikki tomonlama aks 
ettiriladi. Balans moddalarini guruhlashtirish xo`jalik mablag`larining maqsadga 
muvofiq foydalanishini to`la nazorat qilish va korxonaning faoliyatini tahlil qilish 
uchun imkoniyat yaratadi. Buxgalteriya balansini tuzishda oldingi bobda ko`rsatib 
o`tilgan xo`jalik mablag`lari va manbalarining guruhlanishi asos bo`lib xizmat qiladi. 
Shunga asoslanib korxonalar yagona buxgalteriya balansining shakli umuqabul 
qilingan. Aktiv moddalarining hususiyati shundaki, ular xo`jalik mablag`larining 
tarkibi, holati va joylanishini ko`rsatadi. Masalan asosiy vositalarning tarkibini har bir 
turi bo`yicha moddiy qiymatliklarni, pul mablag`larini va haqazo. Passiv moddalarida 
esa xo`jalik mablag`larining paydo bo`lish manbalari va ularning qanday maqsadga 
mo`ljallanganligi aks ettiriladi. Masalan, hamma fondlar, korxonaning turli xil qarzlari, 
joriy yilda olingan foyda va h.k.lar aks ettiriladi. 
Balanslar o`zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki
hisobot va tugatish balanslariga bo`linadi: 
Korxona o`z faoliyatini boshlashda dastlabki yoki boshlang`ich balans tuziladi. Bu 
balans aktivida korxonani tashkil qilish paytida mavjud xo`jalik mablag`lari,


passivida bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi ko`rsatiladi; 
Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi. 
Korxonalar oylik, chorak va yillik hisobot balanslarini tuzishlari mumkin. Bu 
balanslar, odatda, hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga bo`lgan xo`jalik 
mablag`lari ularning joylanishi va tashkil topish manbalarini guruhlashtirgan holda 
ko`rsatadi; 
Tugatish balansi korxona tugatilayotgan bo`lsa, shu tugatish kuniga bo`lgan uning 
mablag`larini, ularning joylanishi va tashkil topish manbalarining holatini ko`rsatish 
uchun tuziladi. 
3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar 
Korxonaning xo`jalik mablag`lari va manbalari xo`jalik jarayonida doimo harakatda 
bo`ladi. Sodir bo`layotgan jarayonlarning har birini o`z vaqtida hisobga olib borish 
zarurdir. Chunki har bir jarayonda ko`plab xo`jalik muomalalari amalga oshiriladi, 
ularning ta’sirida xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish 
manbalari o`zgarishi mumkin. Bu o`zgarish oqibati buxgalteriya balansining 
o`zgarishiga sabab bo`ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonida xo`jalik 
mablag`lari va ularning paydo bo`lish manbalari aks ettiriladi. Buxgalteriya balansini 
xo`jalik muomalalari ta’siri ostida o`zgarishini yakqolroq tasavvur qilish uchun 
korxonada sodir bo`lgan bir necha xo`jalik muomalalarini misol tariqasida keltiramiz. 
Masalan, korxonada qo`yidagi xo`jalik muomalalari sodir bo`ldi: 
Birinchi muomala. Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to`lash uchun korxonaning 
bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1.173.000 so`m naqd pul olindi. Bu muomala 
balansining aktiv qismidagi «Kassa» moddasidagi pul mablag`ining ko`payishiga va 
«hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`ining kamayishiga sabab bo`ladi. 
Ikkinchi muomala. Asosiy ishlab chiqarishga korxona ta’minot bo`limining omboridan 
123.500 so`mlik hom-ashyo xarajat qilindi. Bu muomala natijasida balansning aktiv 
qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasidagi xarajatlar ko`payib, «Ishlab 
chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar summasi kamayadi. 


Uchinchi muomala. Korxona omboridan mol sotib oluvchi xaridorlarga 586.000 
so`mlik tayyor mahsulot jo`natildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv qismidagi 
«Debitorlar bilan hisob-kitoblar (mollar, ishlar va xizmatlar)» moddasida ko`payish va 
«Tayyor mahsulot» moddasida kamayish sodir bo`ldi. 
Ko`rinib turibdiki, bunday xo`jalik muomalalari buxgalteriya balansining faqat aktiv 
tomonidagi moddalarda o`zgarish sodir qildi yoki xo`jalik muomalasi ta’siri bilan 
balansning aktiv tomonida bir modda summasi ko`payib, ikkinchi modda summasi 
kamaydi. Bunday xo`jalik muomalalari ta’sirida balansning faqat aktiv qismida 
tegishli moddalari summalarda o`zgarish sodir bo`ladi, lekin balansning passiv 
tomonia va umumiy summasiga ta’sir qilmaydi. 
Demak, xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir bo`ladigan birinchi 
xil o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, 
balansning aktiv tomondagi tegishli moddalarda o`zgarishga sabab bo`ladigan, lekin 
balansning umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o`zgarishga aytiladi. Oyning 
ikkinchi kunida qo`yidagi xo`jalik muomalalari amalga oshiriladi. 
To`rtinchi muomala. Xodimlarga hisoblangan mehnat haqidan 116.000 so`m daromad 
solig`i ushlandi. Bu muomala ta’sirida buxgalteriya balansining passiv tomonidagi 
«Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» satrining «Budjet bilan» moddasidagi summasi 
ko`payib, shu moddaning «Mehnatga haq to`lashga doir» moddasiga summa kamaydi. 
Beshinchi muomala. O`z vaqtida talab qilib olinmagan kreditorlarning 151.200 
so`mlik ish haqi davlat budjetiga hisoblab qo`yildi. Bu muomala natijasida 
buxgalteriya balansining passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» 
satrining «Budjet bilan» moddasi summasi ko`payishi va «Mollar va xarajatlar uchun» 
moddasining summasi kamayishi sodir bo`ldi. 
Oltinchi muomala. Ta’tilga chiqqan ishlab chiqarish xodimiga 120.000 so`m ta’til haqi 
kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar zahiralari hisobidan hisoblanadi. 
«Kelgusida qilinadigan xarajatlar va to`lovlar» moddasi summasini kamaytiradi.
Ko`rinib turibdiki, sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari balansning faqat passiv 


tomonida o`zgarishga olib keldi yoki passiv tomondagi bir modda summasi ko`payib, 
ikkinchisi esa kamaydi. Shu turdagi xo`jalik muomalalarining hammasida ham 
balansning passiv tomonidagi moddalarda o`zgarish bo`ladi, ammo balansning 
umumiy summasiga ta’sir qilmaydi. 
Xo`jalik muomalalari ta’sirida balansda ro`y beradigan ikkinchi xil o`zgarish deb, 
xo`jalik mablag`larining tashkil topish manbalarini aks ettiradigan balansning passiv 
tomonidagi tegishli moddalarda o`zgarishga sabab bo`ladigan, lekin balansning aktiv 
tomoni va umumiy summasiga ta’sir qilmaydigan o`zgarishg aytiladi.
Ettinchi muomala. Korxona ta’minot bo`limining omboriga mol yetkazib 
beruvchilardan 1.138.600 so`mlik asosiy materiallar qabul qilindi. Bu materiallar 
uchun hali pul o`tkazib berilgani yo`q. Bu xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya 
balansi aktiv tomonidagi «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasidagi materiallar 
summasida ko`payish va passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» 
moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik moddasidagi korxonaning qarzida 
ham ko`payish sodir bo`ldi. 
Sakkizinchi muomala. Korxonadagi asosiy vositalardan foydalanish davomida eskirish 
summasi aniqlanib, amortizatsiya ajratmasi sifatida xarajatga 836.000 so`m qo`shildi. 
Bu summaga balansning aktiv qismidagi «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasida 
xarajatlar ko`paydi va passiv qismidagi «Asosiy vositalarning eskirishi» moddasida 
manba summasi ham ko`paydi. 
To`qqizinchi muomala. Bankdan 2.850.000 so`m qisqa muddatli ssuda olindi va 
korxonaning hisob-kitob schyotiga o`tkazildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv 
qismidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`ida ko`payish va passiv 
qismidagi «Banklarning qisqa muddatli kreditlari» moddasidagi korxonaning bankdan 
qarzida ham ko`payish sodir bo`ldi.
Sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari natijasida buxgalteriya balansining ham aktiv 
qismidagi va ham passiv qismidagi mos moddalarda ko`payishga olib keldi. 


Ko`rinib turibdiki, buxgalteriya balansining ham aktiv, ham passiv tomonida ko`payish 
sodir bo`ldi, shuningdek, balansning umumiy summasi ham ko`paydi. Ammo aktiv va 
passiv tomonlar yig`indisining tengligi hamma vaqt buzilmaydi. 
Xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida ro`y beradigan uchinchi xil 
o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylanishini aks ettiradigan, 
balansning aktiv tomonidagi tegishli moddasida va shu mablag`larning manbalarini 
aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddasida bir vaqtda, bir xil 
summaga ko`payish sodir qiladigan, shuningdek, balansning umumiy summasini ham 
ko`paytiradigan o`zgarishga aytiladi. 
O`ninchi muomala. Korxona xodimlariga 1.074.000 so`mlik ish haqi kassadan 
to`landi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi «Kassa» moddasidagi 
mablag`lar qoldig`i hamda passiv tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» 
moddasining «Mehnatga haq to`lashga doir» kichik moddasidagi korxonaning 
ishchilardan qarzi kamayadi. 
O`n birinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan 351.120 so`mlik budjetga 
bo`lgan qarzi o`tkazib berildi. Bu xo`jalik muomalasi natijasida balansning aktiv 
tomonidagi «Hisob-kitob schyoti» moddasidagi pul mablag`i va balansning passiv 
tomonidagi «Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Budjet bilan» kichik 
moddasidagi budjetga bo`lgan qarz summasi kamayadi. 
O`n ikkinchi muomala. Korxonaning hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilar 
uchun 315.480 so`m pul berildi. Bu muomala ta’sirida balansning aktiv tomonidagi 
«Hisob-kitob schyoti» moddasida pul mablag`i va balansning passiv tomonidagi 
«Kreditorlar bilan hisob-kitoblar» moddasining «Mollar va xarajatlar uchun» kichik 
moddasidagi korxonaning kreditor qarzi summasi kamaydi. 
Keltirilgan xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansining ham aktiv 
qismidagi moddalarda, ham passiv qismidagi moddalarda kamayishga olib keldi. Bu 
yerda ko`p hollarda uchinchi xil o`zgarishlardagi xo`jalik muomalalarining teskarisi 
sodir bo`ladi. Balansning aktivida ham, passivida ham muomalalar ta’sirida kamayish


sodir bo`lmoqda, shuningdek, tegishli summaga balansning umumiy summasida ham 
kamayish sodir bo`lmoqda. Bu yerda ham yuqoridagilardek aktiv va passivning 
tengligi buzilgani yo`q. 
Xo`jalik muomalalari ta’sirida buxgalteriya balansida sodir bo`ladigan to`rtinchi xil 
o`zgarish deb, xo`jalik mablag`larining tarkibi va joylashganligini aks ettiradigan 
balansning aktiv tomonidagi tegishli moddalarda va shu mablag`larning manbalarini 
aks ettiradigan balansning passiv tomonidagi tegishli moddalarda bir vaqtda kamayish 
sodir qiladigan shuningdek, balansning umumiy summasini kamaytiradigan 
o`zgarishga aytiladi. Binobarin, yuqorida keltirilgan misol hamda izohlarga ko`ra 
xo`jalik muomalalari ta’sirida birinchi va ikkinchi xil o`zgarishlarda o`zgarish faqat 
balansning aktiv qismidagi moddalar ichida yoki passiv qismidagi moddalar ichida 
alohida ko`payib, ikkinchisining kamayishiga olib kelib, shu bilan birga balansning 
aktiv va passiv qismilarida umumiy summa o`zgarishsiz qoladi. Uchinchi va turtinchi 
xil o`zgarishlarda esa o`zgarish balansning aktiv qismidagi tegishli moddalarni ham, 
uning passiv qismidagi tegishli moddalarini ham bir vaqtda ko`paytiradi yoki 
kamaytiradi, shu bilan birga balansning umumiy summasiga ham ta’sir qiladi, ya’ni 
yoki ko`paytiradi yoki kamaytiradi. 
Demak, har qanday xo`jalik muomalasi balansda ko`rsatilgan to`rt xil o`zgarishdan 
birining bo`lishiga sabab bo`ladi. Har bir xo`jalik muomalasi balansda ikkita bir-biriga 
teng o`zgarish sodir qiladi, bu narsa xo`jalik mablag`larining aylanishidagi 
hususiyatidan kelib chiqadi, chunki takror ishlab chiqarish jarayonida ikki tamonlama 
o`zgarish, ya’ni yoki xo`jalik mablag`larida, yoki uning manbaida, yoki bir vaqtda 
ham mablag`da, ham manbada sodir bo`ladi. Lekin har qanday xo`jalik muomalasidan 
keyin ham balansning aktiv va passiv tamonlarining jami summasidagi tenglik 
saqlanib qolishi shartdir. Korxona xo`jalik mablag`larini, uning paydo bo`lish 
manbalarini, shuningdek, jarayonlarini joriy hisobga olish amaliyoti bir xo`jalik 
muomalasidan keyin buxgalteriya balansi tuzish imkoniyatini bermaydi. Chunki bir 
kunda 
bir 
necha 
yuzlab 
xo`jalik 
muomalalari 
amalga 
oshirilishi 
mumkin.


2.1-chizma. Balansdagi o’zgarishlarning turlari 
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har 
qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech qachon aktiv 
bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olishuchun zarurdir. 
Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlashning hech qanday 
aloqasi yo’q. 
Aktiv
Passiv
Ko‘payish
Kamayish
Ko‘payish
Kamayish

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə