Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

1-rasm. Yaqin Sharq


7
og‘riq va lazzat, muhabbat va nafrat, qo‘rqinch va uyat – mana 
nimalar band qilgan Gomer xayolini. Uning qahramonlari aniq va 
ravshan tasvirlangan bo‘lib, ularning tashqi ko‘rinishlari o‘z ikir-
chikirlarigacha, hamda ijtimoiy butunligicha ham aniqlangan. Ular 
g‘oyaviy makon hududlarida harakat qilayotgan, qonuniylikka 
muvofiq tarzda sug‘orilgan va sababiy bog‘lanishlarga ega bo‘lgan 
yo‘nalgan gavdalar sifatida namoyon bo‘ladilar. Qadimgi dunyo 
qahramonlarining ruhiy dunyosi ham ochiq va oqilonadir: biror-bir 
xatti-harakat qilish oldidan ular o‘z nuqtai nazarlarini mufassal 
muhokama qilib, dalillar keltiradilar. Hikoyachilik vajlarni aql 
tarozisiga soladi, voqealar sabab-oqibat zanjirini aniqlaydi, so‘zlarda 
jismoniy va ruhiy harakatlarning ham to‘la ifodasini beradi. Bu 
shunday tarzda beriladiki, bunga o‘xshash holat Yevklid geometriyasi 
va Arastu metafizikasida ko‘rilgan edi: keltirib chiqarilayotgan 
qoidalarni aniq ifodalash, mantiqiy yemirilishsiz, batafsil xulosa, 
tajriba va sog‘lom aqlga muvofiq keladigan puxta dalillarga tayanish. 
Shunday qilib, yunon adabiyoti voqeylikning asosiy mazmunini 
beradi, uning mohiyatini aniqlab, uni ikkinchi darajali tafsilotlardan 
tozalaydi.
1
Ushbu mohiyat faqat aqliy jihat bilangina tugallanmasligi 
bu boshqa masala: qahramonlarning shakllanishi faqat ma’rifat bilan 
cheklanmasdan, balki xotira, iroda, jasoratni mashq qildirish va 
Koinot qonunlariga muvofiq ravishda jamiyatni qayta qurish va o‘z-
o‘zini tarbiyalashning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishni ham o‘z 
ichiga oladi. Shu bilan birgalikda bu yerda undan oldingi qadimgi 
jamiyatlarda rasm bo‘lgani singari yosh yigitlarni balog‘atga yetganligini aniqlash 
uchun o‘tqaziladigan sinovlar yo‘q. Garchi ijtimoiy xatti-harakatning qat’iy 
me’yoriy tizimini ishlab chiqishga intilish bo‘lmasa ham, ayni vaqtda ta’lim-tarbiya 
aqliy muhokama shaklida amalga oshiriladi, ya’ni bilimdon kishilar majlisida 
muhokama etilgan ustoz va shogirdning dalillari e’tiborga olinadi. Ikki kishi 
o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bunday aqliy muhokama bo‘lgan diskursning zamini 
musobaqa va saylovga asoslangan ruhdagi polisning demokratik tuzumidir. Bunga 
katta bilimdon ustozlar, o‘quvchilar va bilmaydiganlarni xo‘rlamasdan, balki 
o‘zlarining iqtidorlari, tajribalari, oqilona fikrlari bilan ularga namuna bo‘lib, ular 
tomonidan tan olinishlikka intilishlari lozim bo‘ladi.
Ko‘hna falsafiy matnlarni tushunish, ularning madaniy zamini 
1
Қаранг
: Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015. 
Р
. 31. 


8
bo‘lgan til, milliy o‘ziga xoslik va hayot shakllari bilan bog‘liq 
bo‘lgan jihatlarga ko‘ra katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Har qanday 
tarixiy davr faqat erishilgan bilimlar darajasi bilangina ifodalanmay, 
balki fikr taraqqiyoti yo‘nalishini belgilovchi qadriyatlar yo‘nalishi bilan 
ham o‘z ifodasini topadi. Yozuv stoli ustida amalga oshirilgan 
metafizikani dalillar tizimi sifatida tushunishga qarshi turgan M. 
Xaydegger uni dunyodagi borliq tajribasi bilan bog‘laydi.
Falsafiy tushunchalarning kelib chiqish ma’nosi ruhiy 
tarkiblarda ham, “ongsiz ravishdagi arxetiplarda” ham ildiz otgan. 
Masalan, qanday tajribaviy omillar yoki nazariy dalillar Falesga 
barcha borliqning birinchi ibtidosi sifatida suvni, Geraklitga esa – 
olovni olishga turtki bo‘lganligini bilish qiyin ish. Vaholanki, 
olamning ushbu tabIIy unsurlari barcha dunyo xalqlarining 
afsonalarida mavjud. Bu shundan guvohlik beradiki, ular inson 
ruhining kelib chiqish timsolining tasvirlari bo‘lib, o‘z navbatida ular 
falsafiy tushunchalar mazmunida ham saqlanadilar. Shuni hisobga 
olish lozimki, metafizikaning ruhiy tajriba majmuasining aqliy 
madaniyat sifatidagi shakliga ikki tomonlama ta’siri o‘z-o‘zini 
anglashdan tashqari xotira, iroda, his-tuyg‘u, baholash, e’tiqod va 
shunga o‘xshash jihatlarning ichki ruhiy omillari majmuasi 
shakllanishini ham o‘z ichiga oladi. Bir tomondan, aql ruhiy jazava va 
ehtiroslarni nazorat va tahlil qiluvchi vosita sifatida maydonga chiqsa, 
ikkinchi tomondan – u ularni buzishga xavf tug‘diradi. Hali yaxshi 
ma’lum emaski, xudoning borlig‘ini aqliy ravishda isbotlashga urinish 
nimaga ko‘proq qo‘l keldiykin – e’tiqodni mustahkamlashgami yoki 
buzishgami? 
Asosiy falsafiy muammolarda ham xuddi shunday holat 
kuzatiladi. Haqiqat, borliq, ezgulik va go‘zallik haqidagi masalalar 
shunday bir narsalar tug‘diradiki, kishini cho‘chitib yuboradi. Falsafa 
donishmandlik va xotirjamlik bag‘ishlovchi hayot san’ati bo‘lmay 
qoldi. Bizning hozirgi zamon madaniyatimiz kamchiliklari aybini, 
aqlni barcha borliqning asosi sifatida e’lon qilgan ilk yunon 
faylasuflariga to‘nkash adolatdan bo‘lmaydi. Aql g‘oyasining paydo 
bo‘lishi – insoniyat tarixida eng muhim hodisadir. Borliq va yo‘qlikni, 
haqiqat va fikr dunyosini bir-biridan ajratish aqliy tajribani nazorat 
qilish imkoniyatini beradi. U shuningdek, voqeylikdan ijodiy xayolni 
ajratishga, yashirin narsalarni muhokamaga olib chiqishga imkon 
beradi. Shayton, jin, ajina va safsataga qarshi kurashda aql 


9
metafizikasi insonni tabiat asirligidan sug‘urib olib, uni eskirgan 
illatlar va xurofotlardan ozod qiluvchi mutlaq qadriyatlar tomon 
boshlaydi. Ammo oliy narsa quyi narsani ezmasdan, uni saqlashi 
lozim. Uzoq vaqt yurak va aql bir-biridan ajralmagan holda 
yashadilar, birining kuch-quvvati va ikkinchisining aqliy boshqaruvi 
his-tuyg‘u bilan bezatilgan va ayni zamonda tartibga solingan hayotiy 
dunyoni vujudga keltirdiki, unda inson o‘zini ro‘yobga chiqara olar 
edi. Bugungi kunda yagona mantiqqa va tizimlilikka yo‘naltirilgan aql 
hokimiyat diskursini namoyon qiluvchi idrokka aylanmoqda. U 
borliqni buzib, uni dunyoning texnik manzarasiga aylantirmoqda.
Qadim dunyo va o‘rta asrlar falsafasida aql boshqaruv markazi 
sifatida maydonga chiqib, haqiqatni aniqlash masalalarida bosh 
hakam edi. Aql, ruh va tana tabaqalangan ravishda tushunilar edi: tana 
harakatining sababi ruh, deb tushunilsa, bu harakatni yo‘naltiruvchi 
aql hisoblanar edi. Biroq, shunday tabaqalashgan namunani aniq 
bayon qilgan Arastuda ham aql inson va jamoadan yuqori turuvchi 
kuch sifatida maydonga chiqib, borliqning o‘z hokimiyatining 
namoyondasi vazifasini bajaradiki, uning tartibiga muvofiq hayot va 
ma’rifatning har qanday shakllari tashkil topadilar. Aflotunda esa, 
borliq mohiyatini aqliy tushunish tarzi bilan bir qatorda, nazariyadan 
tashqarida turuvchi kuch borligi taxmin qilinadiki, u insonni rohat-
farog‘atga, eng yaxshi erosga boshlab boradi. Shuning uchun haqiqat, 
ezgulik va go‘zallik haqidagi masalalarni yagona butunlikka 
bog‘lashga urinish yunon mutafakkirlariga xos narsadir. Koinotga esa 
hamohang tovushlar jaranglayotgan nafis mutanosiblikdagi inshoot 
qiyofasi beriladi. O‘z qismlari bir-biriga muvofiq va odilona 
joylashganligi tufayli yaxshi qurilmaga ega bo‘lgan Koinot, o‘zining 
yetuk tartibda ekanligidan o‘z-o‘zini saqlaydi: unda bir joydan 
ikkinchisiga o‘tish yoki o‘zgarish uchun sabab yo‘q, negaki unda 
hamma narsa o‘z joyida. Faqat yetuk bo‘lmagan narsagina harakat 
qiladi va azob chekadi. Shuning uchun inson Koinotni yaxshi ko‘radi, 
unga mansublikka intiladi, u yetuklikka erishishga umid qiladi.
Arastu o‘zicha osmon gumbazi, Yer hamda barcha o‘simliklar 
va jonzotlarni sig‘dirgan borliq doirasi sifatida tabiatni (fyuzis) 
mohiyatini ochib beradi. Aynan ana shu tabIIy doira, sun’iyga qarshi 
o‘laroq (texne), bilim mavzusi (episteme) sifatida maydonga chiqib, 
paydo bo‘lish va zavol topish, borliqning bir butunligi, ayrim olingan 
ashyolarning ichki mohiyati, birinchi harakatlanuvchi kuch, ruh va 


10
shunga o‘xshash masalalar haqidagi qarashlarni o‘rtaga qo‘yadi. 
Voqeylik xayoliy g‘oyalar dunyosi yoki mutlaq shifr sifatida emas, balki 
mustahkam, o‘z-o‘zini saqlanishi uchun tashqi kuchlarga ehtiyoji 
bo‘lmagan, o‘rganilishi lozim bo‘lgan ob’ektiv tartib sifatida qaraladi. 
Aql ruhga yoki g‘oyalar saltanatiga qarab emas, balki aynan ungagina 
qaratilgan. Uning birinchi amali – ayrim ashyolarni qabul qilish bo‘lib, 
undan keyingina o‘zining tafakkur, xotira, ajablanish, tushuntirish va 
shunga o‘xshash mexanizmlarini ishga soladi.
Aflotunchilar nazarida ruh bevosita o‘z-o‘zini tushungan vaqtda, 
ruhning Arastucha talqini qoidasi tananing hissiy tajribasini, mantiqiy 
qonunlar va kategoriyalarni ham hisobga oladi. Ruh haqidagi barcha 
mulohazalar sabab-oqibat va ayni zamonda maqsadli qatorlarda harakat 
qiladilar. Aql masalasida Arastu uning faol va faoliyatsiz qismlarini bir-
biridan farq qiladiki, bu ustoz va shogird munosabatini eslatadi. Ana shu 
jihatdan Stagiritning risolalari Aflotunning dialoglaridan farq qiladi. 
Aflotunda o‘z-o‘zini bilish ham, shuningdek o‘rganish ham, suhbat 
qurish asosiga qo‘yilgan. Arastu asarlarida bahs yuritish unsurlari jonli bahs 
sifatida emas, balki ilmiy talqin va ob’ektiv naqlu qavl (sitata) va boshqalar 
aytgan fikrlar va nuqtai nazarlarni bir-biriga solishtirish sifatida mavjud. 
Aftidan, asarlarining ana shunday shakli o‘rta asr universitetlarida va Sharq 
mamlakatlarida g‘oyat darajada mashhur bo‘lib ketishiga sabab bo‘ldi.
Tafakkur Arastu tomonidan faol aqlning faoliyatsiziga nisbatan ta’siri sifatida 
tushuniladi. Birinchisi insonga taalluqli emas, u yagona va umumiy bo‘lganligidan, 
kimki fikr yuritsa, barcha uchun haqiqatni yagona tushunishni shart qilib qo‘yadi. 
Stagirit talqinicha, inson aqlli va haloq bo‘lishi muqarrar hayvon, insonga aloqador 
bo‘lgan aqlgina mangudir
2
.
Aql haqidagi bu ikki nazariya o‘rta asrlar falsafasida qaytadan jonlantirilib, 
diniy e’tiqodga bog‘liq ravishda ushbu an’ana rivojlantirildi. Shu jihatdan xudoni 
borligini isbot qilish bilan shug‘ullangan, e’tiqod asoslari va muqaddas Kitob tahlili 
bilan band bo‘lgan ilohiyotchilar aqliy yo‘nalish shakllanishiga katta hissa 
qo‘shdilar. Masalan, V.Okkamning xristiancha tabiat falsafasi va koinot haqidagi 
qarashlari Kopernik g‘oyalari va Impeto fizikasini oldindan payqaganligi 
ajablanarli emas.
Xuddi shu tarzda o‘rta asr sxolastlari trinitar va yevxarist 
muammolarini muhokamasi chog‘ida shunday diskursni ishlab 
2
Қаранг
: Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015. 
Р
. 31. 


11
chiqdilarki, u ko‘plab ilmiy tushunchalarni paydo bo‘lishini belgilab 
berdi: javhar va oraz muammosi, birlamchi va ikkilamchi sifatlar, 
imkoniyat va voqeylik. Bular Yangi davr falsafasi va ilm-fani uchun 
xos tushunchalar bo‘lib, aynan sxolastikada birinchi marta o‘rtaga 
qo‘yilgan va muhokama qilingan edi.
Aflotunning ruh haqidagi qoidasi xristianlik uchun ayniqsa 
yaqin edi. Tasodifiy emaski, Avgustin tan olib qayd etgan ediki, 
aynan Aflotun asarlarini o‘qish uni yagona xudo aqidasiga, ruh esa 
abadiy baxt-saodat manbai ekanligiga olib kelgan edi. Suqrot 
vasiyatlariga amal qilgan holda, u xudo va ruhni tushunishga intildi va 
bu bilan abadiy rohat-farog‘atni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Xudo – ruhda 
yashovchi haqiqatdir va shuning uchun barcha kuch-quvvatlar uni 
bilishga qaratilmog‘i lozim. Inson – bu tana qobig‘idagi ruh bo‘lib, unga 
ko‘proq yordam berishdan ko‘ra, haqiqatda unga halal beradi. Shuning 
uchun bilish qoidasi va ayni zamonda diniy tajriba shunday asosga 
quriladi: inson ruhni o‘rganishga chuqur kirishib boradi, negaki, unda 
abadiy g‘oyalar mavjud bo‘lib, ularga muvofiq ravishda xudo olamni 
yaratgan; bu g‘oyalarni ochiq bo‘lganligi tufayli voqeylikning qorong‘i 
va chigal hodisalariga kirib borishning imkoni borki, ular xudoning 
namoyon bo‘lishi sifatida talqin qilinib, bu bilan xristian 
dunyoqarashining timsollarini belgilaydi.
Sharqda o‘rta asrlar arastuchiligi boshqacharoq muhitda 
shakllanib bordi. XIII asrning boshida uning xristianlikka nisbatan 
dushmanligi anglab yetildi va u ta’qiqlandi. Shunday bo‘lsa ham 
uning tavsiyalari o‘rta asr universitetlarida faol amalga oshirildi, 
negaki, Arastuning asarlari shakl jihatdan ma’ruza o‘qish va doiratul 
maorif (ensiklopediya) ma’nolarini yo‘lga qo‘yishga juda ham foydali 
bo‘lib chiqdi. Arastuchilik, albatta, bilim va e’tiqodni birga qo‘shgan 
tomizm tomonidan mohiyat jihatdan zararsizlashtirilgan bo‘lsa ham, 
dunyoni tushunish sifatida tarqaldi. Ilmiy diskurs sezilarli darajada 
o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan bo‘lsa ham, ammo tabiiy ilmiy yo‘l-
yo‘riqning o‘zi saqlanib qoldi va tarqaldi.
Har qanday boshqa narsalar kabi inson shaxsiyatining o‘rta 
asrlardagi qurilmalari ijtimoiy va davlat muassasalari tomonidan 
o‘rtaga qo‘yilgan vazifalar bilan belgilanar edi. Hokimiyat 
ixtiyoridagi maxsus markazlar vositasida amalga oshiriladigan 
majburiy munosabatlar ijtimoiy tizimlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘rlik va 
jazolash bilan emas, balki xatti-harakat va munosabat yurgizishning 


12
ijtimoiy-zaruriy me’yorlarini qo‘llash orqali kishilarni boshqarish 
ko‘proq muhim ahamiyatga ega bo‘lib bordi. Fikr va zikr, 
mayllarning manbai sifatidagi ruh haqidagi g‘amxo‘rlik shundan kelib 
chiqqan edi. Ular biror sabab qo‘zg‘atuvchi emas, balki nazorat ostida 
bo‘lmoqlari zarur edi. Agar Arastu faol va majhul aql, ruhning 
oziqlantiruvchi, sezilarli, harakatlanuvchi va aqliy shakllarini bir-
biridan ajratgan bo‘lsa, o‘rta asr mualliflari ruhiy jarayonlar 
unsurlarini undan ko‘ra puxtaroq darajalarga va subordinatsiyalarga 
bo‘ldilar. Masalan, gunohga sabab bo‘ladigan o‘n ikki yo‘ldan 
ozdirish vositasini ajratib ko‘rsatib, ularni o‘z navbatida yetti jihatdan 
qarab chiqdilar; gunohga tortuvchi ruh zaifligining olti xilini joriy 
qildilar. Agar Arastuning aql haqidagi diskursi ilmiy qiziqish bilan 
sug‘orilgan bo‘lib, demokratik polisning ijtimoiy qadriyatlar 
adolatliligi, qonuniyligi, vatanparvarlikning ijtimoiy hissiyoti, ezgu 
shon-sharaf va shunga o‘xshashlar bilan to‘lib toshgan bo‘lib, 
polisning talablarini ifoda qilsa, o‘rta asrlardagi til uslubi, ya’ni ruhiy 
jarayonlarni gunoh va tavba istilohlarida bayon qilinishi juda ko‘p 
darajada hokimiyat manfaatlari bilan to‘lib toshgan edi. Inson tanlab 
olishga qodir bo‘lgan ozod shaxs sifatida namoyon bo‘ldi va shuning 
uchun o‘z-o‘zini nazorat qilishning shunday mexanizmi zarurki, toki 
u, bu tanlangan narsani jamiyat uchun kerakli bo‘lgan yo‘nalishga 
solib yubora olsin.
“Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar 
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib 
xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa 
qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy 
va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab 
qolishga muvaffaq bo‘ldi”
3
.
Musulmon Sharqida falsafiy tafakkurning paydo bo‘lish tarixi 
yozma ravishda VIII asrga taalluqli bo‘lib, ilk kalom vakillari bo‘lgan 
mo‘’taziliylarning faoliyati bilan bog‘liqdir. Ilohiyot bahslarida 
o‘zlarining qat’iy aqlga tayanishlari bilan alohida ajralib turgan 
ilohiyotchilar guruhi bo‘lgan mo‘’taziliylar Bag‘dodda xalifa Ma’mun 
saroyida katta nufuzga ega bo‘ldilar. Insonning iroda erkinligi va 
3
Каримов
И

А

Ўзбекистон
ХХ

аср
бўсағасида

хавфсизликка
таҳдид

барқарорлик
шартлари
ва
тараққиёт
кафолатлари
. –
Т
.: 
Ўзбекистон
, 1997. –
Б
.137.


13
ilohiy sifatlar masalasini muhokama qilishdan o‘z faoliyatlarini 
boshlagan mo‘’taziliylar shunday ta’limotni ishlab chiqdilarki, u diniy 
mavzudan chetga chiqish bilan cheklanmasdan, hatto musulmonchilik 
e’tiqodining ba’zi aqidalarini ichdan buzar edi
4
. Masalan, ularning 
qayd etishlaricha, tabiat qonunlarigagina muvofiq faoliyat ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan Allohga qarama-qarshi o‘laroq, inson o‘z irodasicha 
har qanday xatti-harakat ko‘rsatishi mumkin edi. Uning uchun ezgulik 
va yovuzlikning yagona mezoni sifatida uning aqli xizmat qilmog‘i 
lozim edi. Ular birinchi bo‘lib Xoliqni inson qiyofasida tasavvur 
etishga qarshi chiqib, unga majhul ilohiy g‘oyani qarama-qarshi 
qo‘ydilarki, o‘z mohiyatiga ko‘ra u iroda, qudrat, bilim va boshqa 
sifatlardan holi edi. Jumladan, xudoda nutq borligini inkor etib, 
Qur’onning abadiyligi haqidagi ta’limotni rad etdilar. Qur’onni 
bunday talqin qilish mo‘’taziliylarga va keyinchalik arastuchilarga uni 
ramziy ma’noda tushunishga imkon berib, o‘z qarashlarini unga 
muvofiqlashtirishga yo‘l ochdi.
Tabiat haqidagi ta’limotda mo‘’taziliylarning ko‘pchiligi 
atomistik nazariyadan kelib chiqib, shuni qayd etdilarki, har qanday 
jism izchil bo‘linish jarayonida bo‘y, rang, hid va boshqa sifatlarga 
ega bo‘lgan unsur parchalarga bo‘linadilar. Har bir shunday zarra 
bo‘yga ega bo‘lmagan muayyan miqdorda atom parchalaridan tashkil 
topgan bo‘lib, harakat qilish va sokin holatda bo‘lishdan boshqa har 
qanday xususiyatlardan holidir. Bunday nazariyadan quyidagicha xulosalarga kelish 
mumkin edi: borliqning shakllari abadiy bo‘lgan moddaning o‘zida imkoniyat 
darajasida mavjuddir, ammo, majhul qarashga ko‘ra, u qandaydir shakllanmagan va 
shuning uchun u yo‘qlik bilan ayniyatdadir; xoliqning yagona vazifasi barcha 
zaruriy sifatlarga ega bo‘lgan moddani yana bir sifat, ya’ni mavjudlik 
bilan siylashdir; moddiy dunyoda ko‘zga tashlanadigan barcha 
hodisalar sababiy shartlangan xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘z asoslarini 
tabiatdagi ashyolarda topadilar. Mo‘’taziliylarning barcha hodisalarni 
aqliy yo‘l bilan bilish mumkinligi haqidagi aqidalari ana shundan 
kelib chiqadi. Ular bilishni vahiy orqali idrok qilishga salbiy 
munosabatda bo‘ldilar. Ilk islom aqidalariga ishonishni ularning 
ko‘pchiligi faqat shuning uchun qabul qilish mumkin, deb bildilarki, 
ular axloqiy doirada ko‘pchilikka foyda yetkazishi mumkin.
4
Қаранг
: Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015. 
Р
. 20. 


14
Xalifa Ma’mun (813-833) hukmronligi yillarida mo‘’taziliylar 
ta’limoti Abbosiylar davlatining rasmiy mafkurasi deb e’lon qilindi. 
O‘zining siyosiy muxoliflari bilan ittifoqda bo‘lgan ilk islom 
aqidalaridagi ruhoniylarga qarshi kurashda Iroq savdogarlari va 
hunarmandlariga tayangan Ma’mun o‘z siyosiy faoliyatida Sharqda 
misli ko‘rilmagan ishni qilib, tabiatshunoslik va falsafa fanlarini 
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib berdi. Aynan, ana shu davrda 
tarjimachilik harakati keng quloch yozib, arablarni qadimgi davr ilmiy 
tabiatshunosligi va falsafiy merosi bilan tanishtirish jarayoni 
boshlandi.
Musulmonlarni qadimgi yunon mutafakkirlari asarlari bilan 
tanishtirish Suriya xristianlari orqali amalga oshirildi. Og‘ir mehnat 
bo‘lgan ikki tomonlama tarjima jarayoni, ya’ni yunon tilidan Suriya 
tiliga, undan arab tiliga qilingan ishlar avval boshda ko‘proq tabobat-
ga, tabIIy-ilmiy asarlarga qaratilgan edi. Ammo tez orada kitobxon 
ziyolilar va tarjimonlarning qiziqishi falsafiy adabiyotlarni ham 
qamrab oldi. Bu qonuniy jarayon edi. Chunki, Sharq xalifaligi deb 
atalgan Bag‘dod va unga tobe bo‘lgan musulmonlashish jarayoni 
boshlangan o‘lkalarda savdo-sotiq va hunarmandchilik gurkirab o‘sib, 
ular asosida matematika, mexanika, optika, kimyo, astronomiya, jug‘-
rofiya, tabobat va boshqa nazariy va amaliy fanlarga ehtiyoj katta edi.
Ma’rifatli doiralar diqqat markazida Arastu falsafasi turar edi. 
Biroq, uni musulmon dunyosida o‘zlashtirish shunday xususiyatga 
ega ediki, uning asarlari bilan tanishish keyingi davr arastuchilari va 
yangi aflotuncha sharhchilar vositasida, masalan, Aleksandr 
Afrodiziy, Femistiy, Porfiriy va boshqalar ijodining samarasi orqali 
amalga oshirilgan edi. Bir qancha uydirma asarlar ham keng tarqalgan 
bo‘lib, ulardan eng muhimi “Arastu ilohiyoti” deb atalgan asar edi. 
Ushbu asar aslida Plotinning “Enneadlar” asarining bir necha 
boblaridan iborat edi. Ana shunday “yangi aflotunchilikka 
aylantirilgan” arastuchilik musulmon sharqi arastuchilari tomonidan 
ishlab chiqilgan ta’limotga asos bo‘ld
5
i.
Musulmon Sharqi arastuchiligining asoschisi “arablar faylasufi” 
deb nom olgan Abu Ishoq al-Kindiy (800-870) edi. U arablardan 
birinchi bo‘lib, Arastu falsafasining asosiy qoidalarini ilmiy amaliyotga 
5
Қаранг
: Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015. 
Р
. 10. 


15
kiritdi. Al-Kindiy o‘z risolalarida tabiat hodisalarini sababiy 
bog‘lanishda ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qildi. Olamni zamonda 
yaratilganligini inkor etmasa ham, xudoni u “uzoqdagi sabab” sifatida 
ko‘rsatib, garchi u dunyoni yaratgan bo‘lsa-da, uning kelgusida o‘z 
qonunlariga muvofiq ravishda rivojlanishiga imkon beradi. Sharq 
arastuchiligi tarixida uning tomonidan oldinga surilgan aqlning to‘rt 
xili haqidagi ta’limot katta o‘rin tutadi; “faol aql”, ya’ni tashqi borliqqa 
ega bo‘lgan umumiy narsalar majmuasi; “imkoniyatdagi aql”, ya’ni 
ruhning tashqi umumiy narsalarni qabul qilishga qodirligi, ya’ni inson 
tomonidan yozish san’atini o‘rganishga o‘xshash; “kasb etilgan aql”, 
ya’ni yozish san’atiga o‘xshagan, ruhda faol ravishda mavjud bo‘lgan, 
ammo hali kotib tomonidan foydalanmagan qobiliyat; “o‘zini namoyon 
qiladigan aql”, ya’ni o‘sha kasb etilgan aql, ammo o‘zini yozish san’ati 
kabi tashqarida namoyon qilgan va kotib tomonidan yozish jarayonida 
idrok etilgan aql.
Sharq arastuchiligining bundan keyingi taraqqiyoti Abu Nasr 
Forobiy (870-950) va Ibn Sino (980-1037)lar nomi bilan bog‘liq. Al-
Kindiyga qarshi o‘laroq, bu ikki faylasuf xudo olamni yaratib qo‘yib, 
uning ishlariga aralashmaydi, degan aqidani rad etib, dunyoni xudo 
kabi abadiy ekanligini isbot qilib, “dunyoni yaratilganligi” istilohidan 
bosh tortmagan holda unga shunday ma’no baxsh etdilarki, xudo 
“vojibul vujud sifatida o‘z mohiyatidan kelib chiqib”, moddiy dunyo 
mavjudligini faqat himoya qiladi xolos. Moddiy dunyo esa “o‘zi tufayli 
mumkinul vujud” sifatida maydonga chiqadi. Ularning fikricha, xudo 
mutlaq birlik bo‘lganligidan qandaydir ko‘plikning sababi bo‘la 
olmaydi: yagonalikdan bevosita faqat yagonalik kelib chiqadi. 
Xudodan birlik mahsuli sifatida kelib chiqadigan o‘z-o‘zini bilish 
natijasi bo‘lgan “birinchi aql” maydonga chiqadi. “Birinchi aql” 
vojibul vujud bo‘lganligidan xudoni idrok etadi va undan “ikkinchi 
aql” kelib chiqadi, negaki, u ayni zamonda o‘z-o‘zini bilganligi uchun 
mumkinul vujud hamdir. Shuning uchun undan o‘z moddiyligi bilan va 
unga muvofiq keladigan shakl bo‘lgan ruh sifatida oliy samoviy doira 
kelib chiqadi. “Ikkinchi aql” o‘z navbatida kelgusida keladigan 
doiraning ruh va jismini, hamda undan ham pastki doirada joylashib 
o‘zini boshqarib turuvchi doira bo‘lgan “uchinchi aql”ni keltirib 
chiqaradi va hokazo. Shunday kelib chiqishlar tizimi bo‘lgan 
emanatsiya “faol aql” bilan tugallanadiki, u oy ostidagi dunyoda 
mavjud bo‘lgan insoniy ruh va to‘rt unsur borlig‘ining sababi – “paydo 


16
bo‘lish va zavol topish dunyosi” sifatida maydonga chiqadi.
Xudo Forobiy va Ibn Sino ta’limotida, al-Kindiy ta’limotida 
bo‘lgani kabi “uzoqdagi sabab” vazifasini bajaradi. Xudoning 
dunyoga bo‘lgan munosabatini bunday talqin qilish tabiatga mansub 
bo‘lgan g‘oyalarni rivojlantirishga keng imkon yaratadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə