Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar
1.
2.
3.
4.
5.
 
4-guruh topshirig‘i 
1-bosqich. Sharq falsafasi va madaniyatining jahon falsafasi va 
madaniyati, ilm-fani va sivilizatsiya rivojida tutgan o‘rni va 
ahamiyatini gapirib berish. 5 daqiqa. 
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa. 
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10 
daqiqa 
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa 
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash. 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar
1.
2.
3.
4.
5.
 


35
Guruh bo‘yicha baholash mezonlari 
Har bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Har bir talab bo‘yicha 2 ball: 
Guruh 

 
Tushunarli 
va aniq 
javob (0,5) 
Ko‘rgazma-
lilik 
(0,5) 
Reglament
ga amal 
qilish (0,5)
Guruh 
faolligi 
(0,5) 
Jami 
ball 
1. 
2. 
3. 
4. 
Hisob natijasi 
Guruhlar 

 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
1.
2.
3.
4.
Umumiy 
hisob 
Ballari 
Baho
Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim uchun 
 tavsiya etilgan adabiyotlar: 
1.
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
2.
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004. 
3.
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
4.
Victoria S. Harrison. Eastern Philosophy. The Basics. New York. 
2013 
5.
Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. 
O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.
6.
Sharq falsafasi. Mas’ul muharrirlar: Ibrohimov N.I., Ahmedova 
M.A.–T.: TDShI, 2006 


36
3 mavzu. 
Qadimgi Sharq xalqlari madaniyati 
 
Reja 
1.
Jahon xalqlari madaniyatini o‘rganishda «Sharq» va «G‘arb» 
tushunchalarining mazmuni va mohiyati. 
2.
Sharq va G‘arb madaniyati tiplari.
3.
Sharq mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlari.
4.
Qadimgi Sharq xalqlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan 
hissasi.
5.
Sharqda ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi.
6.
«Daryo sivilizatsiyalari».
Tayanch tushunchalar: 
Sharq, Sharq falsafasi, Sharq madaniyati, G‘arb, G‘arb falsafasi, 
G‘arb madaniyati,falsafa, Fales, Yunon madaniyati, falsafiy matnlar, 
ong va tafakkur rivoji, Sharq va G‘arb madaniyatlari tiplari, Sharqda 
ilk davlatchilik tarixi, Danilevskiy, “Daryo sivilizatsiyalari”.
 
Insoniyat tarixida ilk sivilizatsiyalar paydo bo‘lganiga 6 ming 
yildan oshdi. Shunday sivilizatsiyalarning eng qadimgilari Misr va 
ikki daryo oralig‘i Mesopotamiyada vujudga kelgan. Avvalo, bular 
ibtidoiy jamoa tuzumida yaratilgan moddiy va madaniy madaniyat 
yutuqlarini o‘zida aks ettirgan tarzda taraqqiyotning davomi bo‘lgan. 
Ikkinchi tomondan, bu yerlarda iqlimi qulay, yeri unumdor bo‘lganligidan 
sug‘orma dehqonchilik tez rivojlanib borgan.
Qadimgi Misr madaniyati er.avv. IV mingyillikdan er.avv. 332-
yil-gacha davrni o‘z ichiga oladi. U o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni 
yozuvi, adabiyoti, san’ati, arxitektura qurilishi bilan ajralib turadi. 
Tigr va Efrat daryolari oralig‘idagi yerlarning asosiy aholisi 
shumerlar, akkadlar, vavilonlar, xaldeylar, ossuriyaliklar, xurritlar va 
arameylardan iborat bo‘lgan. Bular orasida Shumer, Bobil, Ossuriya 
madaniyatlari ancha yuk-salgan. 
Qadimgi Hindiston va Xitoy madaniyatlarining vujudga kelishi
rivojlanishi ham antik dunyo tarixida o‘ziga xos jihatlari bilan ko‘zga 
tashlanib turadi. 
Qadimgi Misr ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan biri sifatida o‘ziga 
xos betakrorligi bilan ajralib turadi. U Afrikaning shimoli-sharqida 
joylash-gan. Nil –dunyodagi eng katta daryolaridan biri bo‘lib, u 


37
Markaziy Afri-kadan boshlanib, Misrni kesib o‘tib, O‘rta yer 
dengiziga quyiladi. Misr-da ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi ham, 
eng avvalo, shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimdan Misrda tabiati 
issiq, hayvonot, o‘simlik dunyosi va yerosti boyliklari ko‘p 
bo‘lganligi bois, bu yerda moddiy va ma’naviy madaniyat juda erta 
vujudga kelib rivojlangan. Misrda davlatning paydo bo‘lishi mil. avv. 
IV mingyillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrlarda Nil daryosining 
shimolida va janubida 40 dan ortiq shahar davlatlari – nomlar paydo 
bo‘lgan. Nomlarni nomarxlar boshqarib, ular deh-qonchilik, 
chorvachilik, sug‘orish, harbiy va diniy ishlarni boshqargan-lar. Bular 
ilk quldorlik davlatlari edilar. Bu davlatchalarning shimoliy va 
janubiy birlashmalari vujudga keladi. Mil. avv. III minginchi yil bosh-
larida Janub podshosi Minaning Shimoliy uyushma ustidan g‘alaba 
qili-shi natijasida yagona Misr davlatiga asos solinadi. Uning poytaxti 
Memfis shahri bo‘lgan
10

O‘zining Vatani tarixini yozgan kohin Manefon Qadimgi Misr 
tari-xini to‘rtga bo‘lib: Qadimgi (mil. avv. III minginchi yil), O‘rta 
(mil. avv. III minginchi yil oxiri – II minginchi yil boshlari), Yangi (mil. 
avv. 1580-1070-yillar), So‘nggi (mil. avv. I 1070-332-yillar) podsholik 
davrlariga bo‘-ladi. Bu davrlar jami 30 ta fir’avnlar sulolalarini o‘z 
ichiga oladi. 
Qadimgi Misr dunyo sivilizatsiyasining tom ma’nodagi klassik 
na-munasi bo‘ldi. Shuning uchun ham, qadimgi yunon tarixchisi 
Gerodot bu mamlakatni «Nilning in’omi» deb bejiz aytmagan. Bahor 
oylarida Nil toshqini natijasida daryo bo‘ylaridagi yerlarda hosil 
bo‘lgan qora mine-ralga boy qoldiqlar dehqonchilik uchun «tekin ozuqa» bo‘lib 
xizmat qil-gan. Daryo bo‘ylarida turli xil granit, marmar kabi toshlarning bo‘lishi esa 
qurilishga yaxshi material hisoblangan. 
Misr tarixining barcha davrlarida hayvonlar, tabiat hodisalari va 
ota-bobolar ruhiga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Shu bilan birga, 
Misrda ya-gona davlatning vujudga kelishi bilan fir’avn – 
podsholarga e’tiqod qi-lish va ularni ilohiylashtirish paydo bo‘lgan. 
Birinchi o‘rinda qarchig‘ay boshli Quyosh xudosi – Ra yoki Amon-Ra bo‘lib, u har 
kuni oltin qayiq-chasida osmonni kezib chiqadi va g‘arbga tushadi (misrliklar 
tasavvuri-da). Misrliklar Quyosh xudosiga atab ibodatxonalar qurganlar. 
10
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 26. 


38
Xudolar ichida Osiris alohida o‘rin tutadi. U avval dehqonchilik 
ho-miysi bo‘lib, eshak boshli, qizil ko‘zli yovuz xudo Set tomonidan 
o‘ldi-rilgan. Osiris narigi dunyodagi podshohlikda shoh va sudya 
bo‘lib oladi. Xudolar misrliklar uchun birgina dunyoni yaratuvchi 
bo‘libgina qolmay, hunarmandchilik, san’at, yozuv, hisob, sehrgarlik 
va ilm-fanning yara-tuvchilari ham hisoblanganlar. Ular ieroglif 
yozuvini «Xudoning so‘zi» deb tushunar edilar. Bunda so‘z va hisob 
hukmroni, yozuvni yaratuv-chisi, adabiyot va yozuvchilarning, 
sehrgarlar va tabiblarning homiysi Totu hisoblangan. 
Misrda xudolarga sig‘inish bilan birga podshoh – fir’avnlarga 
sig‘i-nish ham alohida o‘rin tutgan. Misrliklar Fir’avnni yerdagi xudo 
deb hi-soblashar, shuning uchun ularga atab Piramidalar qurishgan, 
ularning nomlarini abadiylashtirganlar. 
Qadimgi podsholik davrida papirus qog‘ozining tayyorlanishi 
yoz-ma madaniyatni rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, Misrda mis 
davrida birinchi bo‘lib asalarichilikning kashf qilinishi va yoyilishi 
ham dunyo-viy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, shu davrda 
dehqonchilik, bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik rivojlangan. 
Qadimgi Misr podsholigi davrida yetakchi madaniyat yo‘nalishi 
– bu arxitektura bo‘lib, u boshqa madaniyat turlari bilan uyg‘unlikda 
rivoj-landi. Birinchi piramida arxitektor Imxoteb loyihasi asosida Fiza 
va Jo-serga atab Sakkarada (mil. avv. III mingyillikda) qurilgan bo‘lib, u 
bo‘yi 60 metr, pillapoya shaklida qurilgan. Imxoteb birinchi arxitektor 
bo‘libgina qolmay, ayni chog‘da olim, yozuvchi, tabib ham edi. 
Vafotidan keyin un-ga atab ibodatxona qurilgan. 
Ikkinchisi Dashurda qurilgan Snofru piramidasi to‘rt burchakli 
shaklda bo‘lib, uning bo‘yi 100 metr edi. Gizadagi fir’avn Xufu 
maqba-rasi-piramidasi o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. Mil. avv. 
XXVII asr boshlaridagi Misr fir’avni Xufu (yunoncha Xeops) 
maqbarasining bo‘yi 150 metr (hozir 146 metr, asosi 233-233 m.) 
bo‘lib, uning qurilishiga og‘irligi 2-15 tonnalik 2 mln. 300 mingta 
tarashlangan tosh ishlatilgan. Piramida 30 yil ichida qurilgan. Xufu 
piramidasi olamning yetti mo‘jiza-sining biri hisoblanadi. Gizaga 
yaqin tog‘ cho‘qqisini o‘yib tanasi sher-ni, kallasi odamnikiga 
o‘xshash bo‘lgan afsonaviy mahluq haykali, (ba-landligi 57 metr) 
yasalgan. U o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Hammasi bo‘lib 


39
80 ga yaqin piramidalar qurilgan. Piramidalar Qadimgi Misrning 
o‘ziga xos ramziga aylangan
11

Piramidalar qurilishi qadimgi Misr uchun juda qimmatga 
tushgan va Misr iqtisodini izdan chiqara boshlagan. Shu sababli 
fir’avnlar mil. avv. XVII asrdan e’tiboran piramidalar qurishdan voz 
kechganlar. 
Arxitektura bilan birgalikda haykaltaroshlik namunalari ham 
yaratil-gan. Bular jumlasiga fir’avn Narmer (bo‘yi – 64 sm), «Qishloq 
oqsoqoli», «Mirzo Kan», «Shahzoda Raxotep va uning rafiqasi 
Nofret» kabi tosh-dan yasalgan haykalchalarni nisbat berish mumkin. 
O‘rta podsholik, yoki boshqacha qilib aytganda, klassik davrda 
qu-rollar yasashda bronzadan keng foydalana boshlangan. Oyna 
ishlab chi-qarish yo‘lga qo‘yiladi. Qadimgi, ayniqsa, o‘rta podsholik 
davrida mate-matika sohasida katta yutuqlarga erishilgan. Jumladan, 
sanoq tizimi kashf etilgan. Misr yozuvida 1, 10, 100, 1000, 10000, 
100000, hatto millionni ham bildiruvchi alohida belgilar bo‘lgan. Misr 
astronomlari yulduzlar, sayyoralar harakatini o‘rganib, birinchi yulduzlar 
osmoni xaritasini tuzganlar. Shunday xaritalar Senmut maqbarasi, Edfu va 
Dendir ibodatxonalarining shiplarida saqlanib qolgan. Misr 
astronomlari dunyoda birinchi bo‘lib alohida taqvim tuzganlar. Unga 
ko‘ra, bir yil 365 kunni tashkil qilib, u 12 oyga bo‘linadi. Har oy 30 
kundan iborat bo‘lgan. Qolgan 5 kunni esa bay-ram qilishgan. Qum va 
suv soatlari ham dastlab Misrda kashf etilgan. 
Misrda tibbiyot ham erta rivojlangan. Mil.avv. 3600-yilda 
Memfisda afsonaviy tabib Imxoteb sharafiga maxsus ibodatxona qurilib, 
u yerda be-morlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Geliopolis va Sais 
shaharlarida tabib-lar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo‘lgan. 
Tibbiyotga bag‘ishlangan asarlar yaratilgan. Tabiblar mumiyolash 
jarayonida inson a’zolarining ichki tuzilishini yaxshi bilganlar. Ular 
bemorlarni davolashda terapiya, jarrohlik, ruhiy ta’sir etish usullarini 
qo‘llashgan. Misrda Georg, Zbers, Zdvin, Smit, Brugsha, Zrazistrat, 
Xerofil kabi mashhur hakimlar shuhrat topgan
12

11
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 26. 
12
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 27.


40
Qadimgi misrliklar geografiya fani sohasida ham dastlabki 
ma’lumot-larga ega bo‘lganlar. Qadimgi Misr geograflari o‘z o‘lkalari va 
Arabiston yarimorolining xaritasini chizganlar. Ularning Arabiston 
cho‘llaridagi oltin konlari joylashgan rayonning xaritasi hozirgacha 
saqlanib qolgan. 
O‘rta podsholik davrida adabiyot juda rivojlangan. Bu davrda juda 
ko‘p qo‘shiq, ertak va maqollar yaratilgan. O‘sha davrda «Ikki og‘a-ini 
haqida», «To‘g‘ri va egri haqida», «Izida va Osiris haqida» ertaklar, 
«Sor va Set janjali» nomli afsonalar juda mashhur bo‘lgan. 
Dunyoda birinchi bo‘lib Misrda teatr kashf qilingan. 
Ibodatxonalar-da diniy dramalar qo‘yilgan. Xususan, teatrlarda 
Osirisning o‘limi va qayta tirilishi ko‘rinishlari ijro etilgan. 
Yangi podsholik davri Qadimgi Misr tarixida moddiy va 
ma’naviy rivojlanishning eng cho‘qqisi hisoblanadi. Bu davrda 
misrliklar temirdan foydalanishga o‘tganlar, to‘qimachilik dastgohini 
kashf qilingan, yilqi-chilikni (otlar) o‘zlashtirganlar. Chig‘iriqni va 
sharufni kashf etilishi po-lizchilik va bog‘dorchilikning rivojlanishiga 
olib kelgan. Xullas, bu davrda mamlakat iqtisodi tez o‘sadi. Bu esa 
jamiyatning boy tabaqasining yanada boyishiga va san’atning 
rivojlanishiga olib keldi.
Yangi podsholik davrida Misrda fir’avn Tutmos I davridan 
boshlab «Podsholar vodiysida» fir’avnlar o‘zlariga mahobatli va 
labirintli maq-baralarni, haykallarni qurdiradilar. Bularga Amenxotep 
III va Abusim-bedagi Ramzes II g‘orli maqbaralari haykallari misol 
bo‘la oladi. Ayniqsa, Fivada qurilgan Karnak va Luksor maqbaralari 
arxitektor Ineni bosh-chiligida qurilgan bo‘lib, bu yirik arxitektura 
majmuyi qurilishida baland ustunlar ishlatilgan
13

Bu davrda ko‘p janrli adabiyot ham rivojlanadi. Diniy 
«Marhumlar kitobi», realizm ruhidagi «Ikki og‘a-ini haqida ertak», 
sevgi haqida «Yurakni rohatlantiruvchi qo‘shiq» kabi asarlar yuzaga 
keldi. 
Tasviriy san’at va haykaltaroshlikda fir’avnlarning turmush 
tarzini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. Haykaltarosh Tutmos 
tomonidan yaratil-gan fir’avn Exnaton va uning rafiqasi Nefertiti 
asarlari o‘zining betak-rorligi, go‘zalligi bilan kishilarni hayratga 
13
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 27 


41
soladi. 1922-yili topilgan Tutanxamon maqbarasidagi (yagona 
to‘la saqlanib qolgan) Misr ma-daniyatiga taalluqli ko‘plab qimmatli 
yodgorliklar ichida fir’avnning mash-hur oltindan qilingan niqobi ham 
bor. 
So‘nggi Misr podsholigi davrida Misr inqiroz jarayonini 
boshidan kechirdi. Yagona Misr avval ikkiga, so‘ngra mayda 
nomlarga (davlat-chalarga) bo‘linib ketadi. Misr avval Numibiya, 
Ossuriya, Eron ta’siriga tushib qoladi va nihoyat, mil.avv. 332-yili 
Aleksandr Makedonskiy to-monidan egallanadi. Shu bilan Misrning 
qadimgi davri tugaydi. 
Qadimgi Misr madaniyatiga kelsak, u hozirga qadar ham yashab 
kel-moqda. Bu madaniyat jahon madaniyati rivojiga ham katta hissa 
qo‘shdi. Shuning uchun ham, Yunon faylasufi Aflotun Misr 
madaniyatini «Jami sivilizatsiyalarning onasi»deb bejiz aytmagan.
Shumerlar iqtisodining asosini dehqonchilik tashkil qilgan 
bo‘lib, u sug‘orma dehqonchilik tizimi bilan bog‘liq edi. Shu bilan 
birga, chorva-chilik ham muhim ahamiyatga ega edi. Unda 
metallsozlik ham yuqori darajaga erishgan. Er.avv. III minginchi yil 
boshlariga kelib shumerlik-lar bronzadan mehnat qurollarini yasay 
boshlaydilar, er.avv. II minginchi yil oxirlariga kelib esa temir davri 
boshlanadi. 
Mesopotamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro 
qili-nishi edi. Ilk yozuv mil. avv. IV mingyillikda Janubiy 
Mesopotamiyada kashf qilingan. Bu yerga ko‘chib kelgan shumerlar 
ham ushbu yozuvni qabul qilganlar. U suratli yozuv bo‘lib, so‘z 
suratli rasm orqali ifoda etil-gan. Bu fanda 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə