Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Hind falsafasidagi karma



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

4-rasm. Hind falsafasidagi karma 
ramzi 


46
kanalizatsiya ham bo‘lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek, ibodatxonalar 2-
3 qavatli qilib pishiq g‘ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan
16

Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar 
topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda 
me’morchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, 
qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o‘zlarining ieroglif 
yozuvlariga ham ega bo‘lgan. Ikkala shaharda ham yirik g‘alla omborlari 
topilgan bo‘lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko‘rsatadi. 
Hindlar dunyoda birinchi bo‘lib paxtadan mato to‘qib, kiyimlar tikkanlar, 
chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. 
Xarappa suv yo‘li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib 
borgan ilk quldorlik davlati edi. 
Mil. avv. II mingyillik o‘rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali 
Hindistonga ko‘chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. 
Ular Gang va Panjob daryo vohalarining 
unumdor yerlariga kelib o‘rnash-ganlar va 
keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib 
ketganlar. Oriylar bi-lan mahalliy xalq 
o‘rtasidagi qonli janglar hindlarning xalq 
og‘zaki ijo-diyoti namunalari bo‘lgan 
«Mahabxarat» va «Ramayana» dostonla-
rida ham aks ettirilgan. 
Hindlar o‘zlarining qadimiy yozuvlariga ega 
bo‘lganlar. Ularda astro-nomiya va matematika ham 
ancha rivoj topgan. Hindlar quyosh va suv soat-laridan 
foydalanganlar, o‘zlarining taqvimlarini tuzganlar. 
Xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi – Vedalar, gimnlar, qo‘shiqlar, afsunkor va 
diniy duolardan iborat to‘plam tuzilgan. Vedalarda hayot va o‘lim masa-lalari 
bo‘yicha fikr yuritiladi. Bu ta’limotga ko‘ra jon doimo bo‘ladi va u 
kishi vafotidan keyin boshqa tanaga o‘tadi. Hindlarning Veda 
ta’limoti inson mutlaq jon bilan qo‘shilishi, o‘z jonini boshqara 
olmasligi, bu juda qiyin bo‘lishiga qaramay uning mumkinligi 
to‘g‘risida fikr-mushohada yuritiladi. Ana shu ta’limot asosida yoga 
harakati kelib chiqqan. 
16
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 30. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə