Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

5-rasm.Hinduiylik ramzi


47
Vedalarda qadimgi Hindiston aholisining Varnalarga (kastalarga) 
bo‘li-nishi haqida ham ta’limot bor. Shu ta’limot asosida qadimgi diniy 
e’tiqod, Braxmanizm paydo bo‘lgan. Braxmanizm qadimgi diniy 
e’tiqodlardan biri bo‘lib, mil. avv. IX-VIII asrlarda vujudga kelgan. Bu 
e’tiqodga ko‘ra, Xudo Braxma olamni va odamni yaratgan deb 
hisoblagan. Hind ruhoniylari brax-manlar deb atalganlar. Braxmanlarning 
ta’kidlashicha, xudo odamlarni o‘z tanasining turli qismlaridan yaratgan. 
Xususan, xudo o‘z og‘zidan brax-manlarni; qo‘llaridan kshatrilarni – 
jangchi, rojalarni; sonlaridan vayshoqlar – hunarmandlar, savdogarlar, 
dehqonlarni; loyga belangan oyoqlardan esa shudralar, ya’ni 
xizmatkorlarni yaratgan deb ta’lim beriladi. Shulardan ke-yin esa eng 
past toifa – hazar qilinadiganlar yaralgan. Shunday qilib, brax-manlar 
ta’limotiga ko‘ra, xudo odamlarni turli toifalarga – kastalarga bo‘lib, bola 
qaysi kastadan tug‘ilgan bo‘lsa, u umrbo‘yi o‘sha toifada qolishi kerak 
bo‘lgan. Toifalarni aralashib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan
17

Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddizm dini paydo bo‘ladi. Bu 
ta’-limotning asoschisi Gautama Shakyamuni. U shimoliy Hindistonda 
mil. avv. 566-476 yoki 563-473-yillari yashagan. Budda so‘zi sanskritcha 
oliy bilim-larni egallagan, haqiqatga erishgan ma’nosini beradi. 
Buddizm braxma-nizmdagi odamlarni kastalarga bo‘linishini qoralab, 
jamiyatdagi barcha kishilar teng bo‘lishini e’tirof etadi. 
Buddizm ta’limoti to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan: 
1.
Turmush azob-uqubatlardan iborat; 
2.
Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir: 
3.
Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslari-
ni tiyishlari kerak; 
4.
Azob-uqubatlardan xalos bo‘lish uchun Budda kashf etgan qoida-
larga amal qilishi kerak. 
Buddizm ta’limoti asosida boshqa odamlarga nisbatan yaxshi 
insoniy munosabatda bo‘lish, boshqa tirik mavjudodga nisbatan 
zo‘ravonlik ish-latmaslik, ayniqsa, o‘ldirishni man etish g‘oyasi yotadi. 
Demak, inson axlo-qida gumanizm asosiy o‘rin tutadi. 
Mil. avv. III asrda podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul 
qili-nishi bilan u davlat diniga aylandi. Buddizm dinining nodir bir 
tomoni bu, boshqa dinlarga nisbatan murosasizlik qilishdir. 
17
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 31. 


48
Eramizning I asrida Buddizm Markaziy Osiyo orqali Xitoyga, 
Xitoydan Koreya, Yaponiya, Mo‘g‘iliston va Tibetga tarqaladi. 
Mil. avv. III-II mingyilliklardayoq Hindistonda hisobning o‘nli 
tizimi tarkib topgan edi. Shuningdek, nolni bildiradigan belgi birinchi 
Hindistonda ishlatilgan. Bu yangilikni dunyoga ommalashtirgan siymo bu 
buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiydir. 
Tabobat olamida hind arboblari kasallikni aniqlash va uni 
davolashda katta yutuqlarga erishganlar. Davolashda ishlatiladigan dori-
darmonlar 1000 ga yaqin bo‘lib, silash, uqalash, vanna qilish, jarrohlik 
usullaridan keng foy-dalanganlar. Hind kimyogarlari bo‘yoq va turli 
kimyoviy moddalarni kashf etganlar. Hindiston shaxmat o‘yinining 
vatani hisoblanadi.
Me’morchilikda ham katta yutuqlarga erishilgan. Hind ustalari 
g‘isht va boshqa buyumlardan ajoyib imoratlar, saroylar qurganlar. Mil. 
av. II – mil. VII asrlarda Bombey yaqinida tog‘ni o‘yib, 29 ta budda 
ibodatxona, ya’ni Ajanta majmuasi bunyod etilgan. Bu dunyo 
madaniyatida arxitektura, hay-kaltaroshlik va tasviriy san’atning o‘ziga 
xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko‘rsatilgan 
san’at turlarining hammasidan foy-dalanilgan. Mil. avv. 950 va 
milodning 1050-yillari davomida Chandellas sulolasi davrida qurilgan 
Vxodjuraxo – ertaksifat sevgi bayrami ibodatxo-nasi o‘zining ajabtovur 
ko‘rinishi jihatidan qovunga o‘xshaydi. Hindlar o‘sha davrdayoq 
haykaltaroshlik sohasida o‘zining nozik did, ulug‘vorlik va 
insonparvarlikni tarannum etuvchi, kishini hayratga soluvchi asarlarni 
yarat-ganlar. Bularga xudo Vishna (Krishna) va Shiva timsolidagi 
haykallarni nis-bat berish mumkin. 
Hind madaniyati O‘rta Osiyo, Xitoy singari qo‘shni mamlakatlar 
xalqlari ma’naviy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan. 
Shunday qilib, qadimgi Hindiston madaniyati jahon 
sivilizatsiyasi-ning qadimgi beshiklaridan biri sifatida shuhrat topib, u 
jahon madani-yati rivojiga o‘z samarali ta’sirini ko‘rsata olgan. 
Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati 
kes-kin o‘zgaruvchan va mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib 
Tinch okeani havzalariga quyiladigan Xuanxe (Sariq daryo) va Yantszi 
daryolari Sharqiy Xitoy pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik 
vaqtlarida Xuanxe daryosi toshib, ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun 
unga xitoy-liklar «Tentak daryo», «Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat 
keltiruvchi dar-yo» deb nom berishgan. Shu daryolarning bo‘ylaridagi 


49
yerlar unumdor bo‘-lib, ilk dehqonchilik vujudga kelgan. Bu o‘lka 
qadimdan o‘simliklar va hay-vonot olamiga boy, yerosti qazilma 
boyliklari ham mashhur bo‘lgan. 
Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3-mingyillik oxirida shakllandi. 
Xitoy tarixini birinchi bo‘lib, tarixchi Sima Szyan 30 bobdan iborat 
«Tarixiy xotiralar» asarida yoritilgan sulolaviy davrlarga bo‘lgan. 
Qadimgi Xitoy-da ko‘hna Mesopotamiya va Misr singari qadimiy 
o‘ziga xos madaniyat yaratilgan. 
Xitoyliklar Shan sulolasi davrida (mil.avv. 2-minginchi yil 
o‘rtalarida) o‘z yozuvini yaratganlar. Bu yozuv bir necha o‘n ming belgi-
ierogliflardan iborat. Milodning I asrigacha bu ierogliflar hozirgi yozuv 
ko‘rinishiga ega bo‘ldi
18
. Qadimgi Xitoy yozuvi asosida keyinchalik 
Koreya, Vetnam va Ya-pon yozuvlari paydo bo‘ldi. 
Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta) 
muo-malaga chiqarildi. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan 
(uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi 
bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlardagi 
mushakbozlikda foydalanilgan. Artilleriya, miltiq, arbalet-miltiqlar ham 
dastlab Xitoyda yaratilgan. 
Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘stloq 
va bambuk aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, 
bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun 
qulay hisob-langan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, 
madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan. 
Buyuk Xitoy devori qurilishi mil. avv. IV asrda boshlanib, bir 
necha asrlar davomida shimoldagi Xunn qabilalarining hujumlaridan 
saqlanish va savdo-sotiq ishlarini ko‘zlab qurilgan. Devor Leodun 
qo‘ltig‘i qirg‘og‘idagi Shayxayguan shahridan boshlanib, g‘arbda 
Dunxuan qal’asigacha davom etgan. Devorning umumiy uzunligi 5.000-
6.000 km, uning balandligi joyi-ga qarab 6-10 metr, qalinligi 5,5-7 metr 
bo‘lib, soqchilar uchun har 100-200 metrda mustahkam baland burj va 
minoralar qurilgan. 
Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk 
ipak yo‘liga asos solinishidir. Imperator rafiqasi Si-Lingchi tomonidan mil. 
18
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 55. 


50
avv. 2600-yili ipakning kashf etilishi va mil. avv. 128-yili Xitoy 
sayyohi-dip-lomati Chjan-Szyan tomonidan Buyuk ipak yo‘liga asos 
solinishi katta tarixiy o‘zgarish bo‘lgan. 
Buyuk ipak yo‘li birgina savdo-sotiq bilan cheklanibgina 
qolmay u ayni paytda diplomatiya, diniy va ma’naviy qadriyatlarni 
tarqalish yo‘li ham edi. U Sharq va G‘arb sivilizatsiyasini bog‘lovchi yo‘l 
bo‘lib, unda Mar-kaziy Osiyo xalqlari vositachilik rolini o‘ynaganlar. 
Shuningdek, badIIy madaniyat Bobil, Misr, Hindistonda dinga 
tobelik xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyda badIIy asarlar ko‘proq 
dunyoviy yo‘nalishga ega bo‘lgan. Masalan, Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra 
«Shi szin»ga («Qo‘shiqlar kitobi»ga) madhiyalar, xulq va urf-odatlar 
masalalari kiritil-gan. She’riyat lirikasida va tasviriy san’atda tabiat 
go‘zalligi har bir kishiga tushunarli tarzda hayotiy, zavq beruvchi tarzda 
tasvirlangan. Haykaltarosh-lar dimog‘dor amaldor, laganbardor 
xizmatchi va holdan toygan qullarning og‘ir mehnatini mahorat bilan aks 
ettirganlar. 
Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda 
uqalash, igna sanchib davolashdan, o‘simlik va hayvonlardan hosil 
qilinadigan dori-lardan, xususan jenshen, kiyik shohidan olinadigan 
panti, choy va boshqa dori-darmonlardan keng foydalanganlar. O‘sha 
davrdayoq Xitoy tibbiyoti-da mingdan ortiq dorilar bo‘lgan. Qadimgi 
Xitoy tabiblari ichida Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur 
bo‘lgan. Van Shu tibbiyotga oid «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti»), 
Ban Sio esa «Qiyinchilik haqida kitob» kabi asarlar yozganlar. 
Mil. avv. XII-VI asrlarda Xitoyda dunyoni miflar orqali tasavvur 
qilish-dan falsafiy mushohada qilishga o‘tiladi. Falsafa o‘zining «oltin 
asr» deb nomlangan o‘sha davrning cho‘qqisiga chiqadi. Falsafiy 
qarashlar ichida ik-kitasi muhim ahamiyatga ega. 
Bulardan bittasi Konfutsiylik bo‘lib, uning asoschisi Kun Futszi 
yoki Kun-tszu edi. U mil. avv. 552-yilda zodagon oilada tug‘ilgan bo‘lib, 
15 yo-shidan o‘zi mutolaa qilib, ma’lumot olgan. Uning ta’limotida 
qadimgi urf-odatlar va ularga to‘la rioya qilish muhim o‘rin tutadi. 
Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib, uni 
gullab-yashnashiga olib ke-ladi deb uqtiriladi. Davlat to‘g‘risidagi 
ta’limotda «… agar podsho haqiqiy podsho o‘rnida bo‘lsa, fuqarolar – 
fuqaro o‘rnida, ota – ota, ona – ona o‘rni-da, bola – bola o‘rnida 
bo‘lsagina davlat gullab-yashnaydi» deyiladi. Agar davlat o‘z nomiga 


51
munosib bo‘lsa, unda yetarlicha oziq-ovqat, 
yetarlicha qo‘shinlar bo‘lishi va unga ishonch 
bo‘lishi zarurligi ko‘rsatiladi. 
Konfutsiylik ta’limoticha 
insonparvarlik, odob, yuksak fazilat tufayli ja-
miyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. 
Burchni ado etish tufayli inson ka-molotga 
erishadi. Uning negizida quyidagi hayotiy 
tamoyillar yotadi: 
1. «Sen o‘zing nimaga erishishni istasang, unga boshqalarning 
ham erishishiga ko‘maklash»; 
2.
«Sen nimani orzu qilmasang, uni boshqalarga ham ravo 
ko‘rma».
Konfutsiy mil. avv. 479-yili 72 yoshida vafot etgan. Uning 
ta’limoti Xitoyda va uning tashqarisida hozirgacha ham mashhurdir. 
Xitoyning Syuyfu shahrida dunyoga mashhur «Konfutsiy yodgorlik 
majmuyi» bunyod etilgan (mil. av. 56 – yil – 1911-yillar). 
Ikkinchisi, Daosizm ta’limoti, Dao – xitoycha aql bilan bilib bo‘l-maydigan hayotiy 
butunlik, «Qonun», «Yo‘l» ma’nosini bildiradi. Uning asoschisi – Lao-Szi (mil. av. VI-V 
asrlar) bo‘lib, uning taxallusi «Dono qari-ya» bo‘lgan. Daosizm ta’limotining markazida 
tabiat, koinot, inson tura-di. Dao – ko‘rinishlarga ega bo‘lmagan tanasiz, absolut kuch. Dao 
hamma narsalarni, shu jumladan dunyoni yaratgan. Dao bo‘yicha dunyo doim hara-katda, 
o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Daosizm «Dao»ga rioya qi-lish insonga «O‘z tabiatini 
butunlikda saqlab qolishga» imkon beradi, deb da’vat etadi
19

Qadimgi Xitoyda adabiyot ham ancha rivoj topgan. Avvalo, xalq 
og‘za-ki ijodi, keyinchalik yozuvning kelib chiqishi bilan yozma adabiyot 
ham rivojlangan. Jumladan, xalq qo‘shiqlari asosida «Shi-tszin» to‘plami, 
tarixiy, falsafiy «Chun-tsyu» (Bahor va kuz) kitoblari diqqatga sazovor. 
Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida mil. avv. 145-90-yillarda 
yashagan Si-ma Szyan mashhur bo‘lib, yuqorida qayd qilingan «Tarixiy 
xotiralar» asa-rini yozgan. Unda Xitoyning eng qadimgi davridan II 
asrgacha bo‘lgan dav-ri yoritilgan. Milodning 32-92-yillarida yashagan 
Ban Gu o‘zining «Xan podsholigi tarixi» asarini yozgan. 
Qadimgi Xitoyning kulolchilik mahsulotlari, ayniqsa, chinni 
buyum-lar hozirgacha o‘zining nafisligi, betakrorligi, pishiqligi bilan 
ajralib tu-radi. Ularda ishlatilgan rang, tanlangan manzaraning 
go‘zalligi kishini lol qoldiradi. 
19
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 60. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə