75
Nil daryosi faqat hayot va
madaniyat manbai emas, balki tashqi
dunyo bilan asosiy aloqa qilish yo‘li
ham bo‘lgan. Unda turli xildagi
kemalar, ayniqsa, savdo kemalari doimo
ko‘p bo‘lgan. Kemalardan ba’zilari
hatto O‘rta dengizga chiqishga ham
jur’at etganlar.
Misr o‘zida o‘rmon bo‘lmaganligi
sababli tashqaridan kedr daraxti,
keyinchalik esa tayyor holda yelkanli
hamda eshkakli harbiy kemalarni sotib
olgan. Bunday qayiqlar arxeologik
qazilmalar vaqtida ehromlarda
ko‘milgan holda topilgan. Bu texnik
rivojlanish o‘z navbatida oliy
muhandislar, riyoziyotchilar va olimlarni
yuzaga chiqardi. Xuddi qadimgi
rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi Misrda ham bunday
kishilarning deyarli barchasi dindorlardan iborat bo‘lgan va ular
avliyo hisoblanib, o‘sha davr fir’avnlariga katta ta’sir ko‘rsata
olganlar.
2.
Yozuv san’ati Misrda Narmer davrida, balki undan ham ilgari
yaratildi. Misrda yozuv majburiy ravishda arxivlarni saqlash, ayniqsa,
xalqdan soliq olish jarayonida dunyoga keldi. Dastlabki yozuvlar
faqat rasmlarda ifodalanib, ular erkakni, ayolni, sigirni, qo‘shni va
boshqa buyumlarni aks ettirgai. Sonlar esa chiziqlarda ko‘rsatilgan.
Keyinchalik rasmlar yoki belgilar buyum yoki narsalarni emas, balki
so‘z, ovozni ham bildirgan. Misrliklar yozuvda fonetikani
qo‘llaganlar. Demak, aytiladigan so‘zlar ana shu belgilarga qarab ijro
etilgan. Yunonlar bu belgilarni ierogliflar, ya’ni «muqaddas belgilar»
deb ataganlar, chunki ular bu belgilarni mutlaqo tushunmaganlar.
Kizig‘i shundaki, misrliklar undosh tovushlarnigina ishlatganlar.
Maktubning umumiy shakli o‘quvchiga uning mazmunini aniqlab
bergan
26
.
26
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 18.
Dostları ilə paylaş: