77
qaysiki, mahalliy xudomandlarni
hurmatlash, Osiris va Isidalarga sajda
qilish, quyosh xudosi Amon Raga
topinish kabi diniy qarashlar mavjud
bo‘lgan. Ular mamlakatda hokimiyat va
jamiyat hayotini belgilagan. Shu bois
me’morchilik yodgorliklarining
talaygina qismini diniy inshootlar —
ibodatxonalar va maqbaralar tashkil
etgan. Dehqonchilikning rivojlanishida
Nilda bo‘ladigan va davriylikka
asoslangan bahorgi va kuzgi suv
toshqini, ketidan keladigan qurg‘oqchilik
va ularning yana takrorlanishi
misrliklarda tabiatning rivojlanishi,
o‘lishi va yana rivojlanishi
tushunchasini shakllantirgai. Bu esa inson hayoti, xudo Osirisning
o‘lishi va yana tirilishi haqidagi diniy ishonchning paydo bo‘lishiga
olib kelgan.
Haqiqatan ham qadimgi misrliklar inson hayotini va tabiatdagi
takroriy o‘zgarishlarni xudolar boshqaradilar deb ishonganlar. Ammo
negadir xudolarni hayvon boshli odam qiyofasida tasavvur etganlar.
Fikrimizcha, bu tushuncha misrliklarda avlodlari ovchilik bilan hayot
kechirgan vaqtdan buyon saqlanib qolgan bo‘lishi ehtimoldan holi
emas. Albatta, biz bu yerda Qadimgi Misr dinining o‘rta
murakkabligini hisobga olgan holda, fikrimizni chuqurlashtirmay,
me’morchilik san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xudolarga nazar
tashlaymiz.
Qadimgi Misrliklarning xudolari podshosi bu lochin boshli
quyosh xudosi Ra hisoblangan. U suratlarda doimo podsholik ramzi
sifatida dumaloq shar shaklida tasvirlangan. Misrliklar fir’avn Raning
yerdagi farzandi, u har kuni oltin qayiqda osmonda sayr qiladi va
yerga tushadi deb ishonganlar.
Fir’avnning xudosi bu lochin qush ko‘rinishidagi «Xorus»
bo‘lgan. Demak, Narmer podsholik qilgan poytaxt Memfisning
xudosi Ra Narmerning xudosi esa Xorusdir. Buni Xierakopolis degan
joydan topilgan Narmerning mashhur toshtaxta politrasida ko‘rish
mumkin. Unda shoh va uning atrofidagilar tantanavor qadam tashlab,
Dostları ilə paylaş: