97
adabiyotining eng qiziq va mashhur asari “Hayotdan hafsalasi pir
bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati”, deb nomlangan. Papirus
O‘rta saltanat davriga taalluqlidir. “Suhbat” savol-javob shaklida
bo‘lib, hayotdan to‘ygan va o‘zini o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxsning
o‘z ruhi bilan ichki muloqotidirki, unda ruh hayotni zarurligini
ta’kidlab, uni sohibini o‘z ra’yidan qaytarmoqchi bo‘lgan.
“Bugun men yuragimni kimga ochay?” “Hafsalasi pir bo‘lgan
kishi”ning javobi ham o‘ziga xos: “Yuraklar ochko‘zlik bilan to‘lib
toshgan, har kim birovning haqiga qo‘l cho‘zadi”; “Olijanob kishilar
yo‘qligidan, mushtumzo‘rlarga keng maydon ochiq”; “Behayo o‘z
qurbonini toptaydi, kishilarga esa, tomosha bo‘lsa-bas!”; “Ilgarigi
yaxshi zamonlarni hech kim eslamaydi. Yaxshilikka yaxshilik
qaytishini kutmaysan”; “Do‘stlar po‘panak bosib qoldilar,
birovlardangina rahm-shavqat kut”; “Adolatli kishilar yo‘q, yer
makkorlarga berilgan”; “Qabohat yer yuzini bosib ketgan, uning boshi
ham, oxiri ham yo‘q”.
“Hafsalasi pir bo‘lgan”ga e’tiroz bildirib, uning “ruhi” yer
yuzidagi tartiblarga to‘xtalmaydi, ammo o‘lim va narigi dunyo
to‘g‘risida butunlay boshqa nuqtai nazarni bayon qiladi. Uning
fikricha, o‘lim va narigi dunyo to‘g‘risida o‘ylashning hech keragi
yo‘q; ehromlar va maqbaralar qurishning ham zaruriyati yo‘q. Ular
baribir buziladilar va hech kimga yaroqsiz holatga tushadilar. Shuning
uchun hayotning lazzatlaridan foydalanish kerak.
Qarshimizda qadimgi Misr jamiyati ijtimoiy fikrining ikki bir-
biriga qarshi oqimi vakillarining savol-javoblari turganligi ayondir.
“Hafsalasi pir bo‘lgan kishi” muhofizakor (konservativ) yo‘nalish
vakili bo‘lib, an’anaviy ta’limot bo‘lgan o‘lim va narigi dunyodagi
hayotga qat’iy ishonadi va jamiyatdagi yangi munosabatlarni
shafqatsiz va chidab bo‘lmas, deb qoralaydi. Uning “ruhi” esa, bar aks,
hamma tomonidan qabul qilingan abadiy barhayotlik diniy aqidasini
tanqid qilib, qanday ko‘rinishda bo‘lmasin insonni o‘z hayoti bilan
murosaga kelishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: